Kaypov Daryabay Jaksıbaevich | ||
Маnzil: | Nukus shahri G'arezsizlik ko'chasi 50 uy | |
Теlefon: | 0 (361) 2224600 | |
E-хат: | d.kaypov@exat.uz | |
E-mail: |
| |
Qabul kunlari: | Juma, saat 16:00 - 18:00 | |
Таржимаи ҳол |
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining
o`rinbosari – Qishloq va suv xo`jaligi masalalari kompleksi rahbarining
funktsional vazifalari to`g`risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Qoraqalpog`iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari – Qishloq va suv xo`jaligi masalalari
bo`yicha kompleks rahbarining (keyingi o`rinlarda Kompleks rahbari deb ataladi)
funktsional vazifalarini belgilaydi.
2. Kompleks rahbari
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi va Vazirlar Kengashi
Raisiga hisobot beradi.
3. Kompleks rahbari o`z
faoliyatida O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi
Konstitutsiyalari va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining
qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i
Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga
amal qiladi.
4. Kompleks rahbari
kompleksda ishlarning holati uchun javob beradi, tegishli davlat va xo`jalik
boshqaruvi organlari, tashkilotlarning faoliyati muvofiqlashtirilishi va
nazorat qilinishini, Kompleksning faoliyatiga kiradigan masalalar bo`yicha
Vazirlar Kengashiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har
tomonlama ko`rib chiqilishini ta`minlaydi.
5. Kompleks rahbari
faoliyati Respublika bo`yicha qishloq ho`jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada
chuqurlashtirish borasidagi dasturni amalga oshirishni ta`minlashga, qishloq
xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlab chiqarishga, chet el investitsiyalarini
jalb qilishga, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini jahon bozorida
raqobatdosh bo`lishiga erishishga, ishlab chiqarishda iste`mol bozori orqali
aholiga zarur bo`lgan barcha xizmatlarni joriy qilishga yo`naltirilgan.
6. Kompleks rahbari
maqomiga ko`ra Qoraqalpog`iston Respublikasi Hukumatining a`zosi hisoblanadi.
Kompleks rahbari
Vazirlar Kengashi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
2-bob.
Kompleks rahbarining vazifalari va funktsiyalari
7. Quyidagilar Kompleks
rahbarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Qishloq xo`jaligida
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish
ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo`jaligi ishlab
chiqarishini tarkibiy o`zgartirishni ta`minlash;
dehqonchilik va
agrotexnologiyalarning ilg`or usullarini joriy etish chora-tadbirlarini
ko`rish, qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarga bozor tamoyillari va
mexanizmlari asosida xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlar, bo`g`inlar va
tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
suv resurslaridan
oqilona foydalanish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish,
suvdan foydalanish va suv iste`molining bozor tamoyillari va mexanizmlarini
joriy etish, suv xo`jaligi ob`ektlaridan foydalanish ishlarining va
sug`oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining
bajarilishini muvofiqlashtirish;
qishloq xo`jaligini, suv
xo`jaligini va o`rmon xo`jaligini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab
chiqish ishlarini tashkil etish, ushbu sohalarga tashqi va mahalliy
investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlarini ko`rish;
chorvachilik,
parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik
ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun`iy urug`lantirish xizmatlarini
kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko`rsatish tarmog`ini rivojlantirish
ishlarini tashkil etish;
ipakchilikning ozuqa
bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak qurtini
etishtirish, tirik pilla etishtirishni ko`paytirish;
tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish va ularning saqlanishi ta`minlash chora-tadbirlarini amalga
oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish;
qishloq xo`jaligi
mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini
tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek, qishloqda ishlab
chiqarish va bozor infratuzilmasi ob`ektlarini rivojlantirish
chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
8. Kompleks rahbari o`z
zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq:
O`zbekiston Respublikasi
Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, Vazirlar Mahkamasi va
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tegishli xizmatlari bilan
qishloq va suv xo`jaligi, chorvachilik sohasi, o`rmon xo`jaligi, ekologiya va
atrof muhitni muhofaza qilish masalalari bo`yicha o`zaro hamkorlik qiladi;
Qoraqalpog`iston
Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi va Vazirlar Kengashi Raisining
topshiriqlariga binoan respublikaning tegishli hududlarida qishloq xo`jaligini
rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlari
bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
Vazirlar Kengashi Raisi
qarori va farmoyishlari loyihalarini kelishish uchun imzolaydi.
O`z vakolati doirasida
O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi hukumat organlarida
Vazirlar Kengashidan vakillik qiladi.
Vazirlar Kengashining
Qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha kotibiyat boshlig`i va bosh
mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni
rag`batlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo`llash
to`g`risida Vazirlar Kengashi Raisiga takliflar kiritadi.
9. Vazirlar Kengashi
Raisi va Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari boshchilik qiladigan
komissiyalar (kengashlar) faoliyatini, shuningdek, ularning qarorlari bajarilishini
tashkil etish yuzasidan nazoratni ta`minlaydi.
3-bob.
Kompleks rahbarining huquqlari va javobgarligi
10. Kompleks rahbari
o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga
ega:
Vazirlar Kengashida
ko`rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo`lgan
materiallar va ma`lumotlarni davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy
ijro etuvchi hokimiyat organlaridan hamda boshqa organlar va tashkilotlardan
belgilangan tartibda so`rash va olish;
davlat va xo`jalik
boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa
organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yig`ilishlar
o`tkazish;
mutasaddilik qilinadigan
vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralar, davlat va xo`jalik boshqaruvi
organlari kollegial organlarining majlislarida, shuningdek, Qoraqalpog`iston
Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi va Vazirlar Kengashi Raisining
topshiriqlari bo`yicha – davlat boshqarish organlarining, nodavlat notijorat
tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning Kompleks boshqaradigan sohaga
kiruvchi masalalar bo`yicha o`tkaziladigan majlislari va yig`ilishlarida
qatnashish;
davlat va xo`jalik
boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari va
vakillarini Vazirlar Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish
uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo`yicha vaqtinchalik
ishchi guruhlar tuzish;
«Qoraqalpog`iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi to`g`risida»gi Qoraqalpog`iston Respublikasi
Qonuni talablari buzilgan holda tushadigan hujjatlarni qaytarish.
Kompleks rahbarining
zarur materiallar, ma`lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O`zbekiston
Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar
Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlari, Vazirlar Kengashining
qarorlari va farmoyishlari loyihalarini puxta ishlab chiqish bo`yicha talablari
va topshiriqlari belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Kompleks rahbarining
o`zi boshqaradigan masalalar bo`yicha vazirliklar, davlat qo`mitalari,
idoralar, xo`jalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga
topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.
11. Kompleks rahbari:
zimmasiga yuklangan
vazifalarning zarur darajada va sifatli bajarilishi uchun;
O`zbekiston Respublikasi
va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlarining, O`zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlarning, O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va
topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i
Kengesi va Vazirlar Kengashi rahbariyatining topshiriqlarining qishloq va suv
xo`jaligi kompleksi tarkibiga kiradigan davlat va xo`jalik boshqaruvi
organlari, tashkilotlar tomonidan o`z vaqtida va sifatli bajarilishini
ta`minlash uchun;
Vazirlar Mahkamasining
«Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi 1999 yil 12
yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomining mustahkamlanishi uchun
javob beradi.
4-bob.
Kompleks rahbari faoliyatini tashkil etish
12. Kompleks rahbarining
ishlari «Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi to`g`risida»gi
Qoraqalpog`iston Respublikasi Qonuniga, ushbu Nizomga, O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining, O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashi Raislarining topshiriqlariga muvofiq,
shuningdek, Vazirlar Kengashining ish rejalari hamda qishloq va suv xo`jaligi
masalalari kompleksining ish rejasi asosida tashkil etiladi.
Kompleksning ish rejasi
kompleks rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
13. Kompleks rahbarining
O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlarining,
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining,
Hukumat qarorlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xo`jalik boshqaruvi
organlarida, tashkilotlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga
oshirilishi tizimli monitoringini ta`minlash bo`yicha faoliyati Vazirlar
Kengashining ish rejasiga, shuningdek, Vazirlar Kengashi Raisining topshiriqlariga
muvofiq kompleks o`rganishlarni amalga oshirish yo`li bilan, Vazirlar Kengashi,
Vazirlar Kengashining Rayosati majlislarida qishloq va suv xo`jaligi
masalalari kompleksi hisobotlarini eshitgan holda tashkil etiladi.
5-bob.
Kompleks rahbari tomonidan ishlari tashkil qilinadigan komissiyalar va
kengashlar
Qishloq xo`jaligida
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo`yicha Respublika komissiyasi;
Suv xo`jaligi Kengashi;
Qishloq va o`rmon
xo`jaliklari korxonalaridagi suv xo`jaligi ob`ektlarini qabul qilib olish
bo`yicha davlat komissiyasi;
Baliqchilik tabiiy suv saqlagichlarini baliq ovlovchi korxonalariga ijaraga berish bo`yicha maxsus tanlov komissiyasi.