20.09.2019, Juma

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali


Ataniyazova

Oral

Aminovna

 Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali direktori

 Manzil:

  230105, Nukus shahri, A.Dosnazarov 108 uy

 Telefon:

 0 (361) 222-84-32

 E-mail:

 o.ataniyazova@umail.uz

 Qabul kunlari:

 Chorchanba kuni soat 16:00 - 17:00

 

 


Xakimov

Daryabay

Perdebaevich

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali o'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari v.v.b.

 Manzil:

  230105, Nukus shahri, A.Dosnazarov 108 uy

 Telefon:

 0 (361) 222-84-28

E-mail:

d.xakimov1973@umail.uz

 Qabul kunlari:

 Juma 15:00 - 17:00

 

 


Narimbetova

Roza

Janabaevna

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari

 Manzil::

 230105, Nukus shahri, A.Dosnazarov 108 uy

 Telefon:

 0 (361) 222-84-06

E-mail:

 roza_n@list.ru

 Qabul kunlari:

  Payshanba 15:00 - 17:00

 

 

Ermekbaeva

Akbal

Urdabaevna

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali ma'naviyat va ma'rifat ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari

 Manzil:

 230105, Nukus shahri, A.Dosnazarov 108 uy

 Telefon:

 0 (361) 222-84-07

 E-mail:

aqbal62@ mail.ru

 Qabul kunlari:

 Dushanba 15:00 - 17:00

 

 

 Inyatov

 Kushkinbay

Reymbaevich

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali moliya va iqtisod ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari

 Manzil:

230105, Nukus shahri, A.Dosnazarov 108 uy

 Telefon:

 0 (361) 222-84-19

 E-mail:

 kushkinbay.inyatov.79@ mail.ru

 Qabul kunlari:

 Seshanba 15:00 - 17:00

 

 


Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali direktori lavozim vazifalari:


 

· O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy majlis va Vazirlar Mahkamasining ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

· Yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo'lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan yuqori ma'lumotli malakali kadrlar tayyorlashni ta'minlash;

 


· Davlat ta'lim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;

· Filialda O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalar bajarilishini ta'minlash;

· Filial tarkibiy                          tuzilmasidagi barcha bo'linmalar vakolatlarini belgilab berish,


faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, oliy ta'lim muassasasining boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;


 


· Xodimlarni moddiy va ma'naviy rag'batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta'minlash, intizomiy jazo choralarini qo'llash;


 


·  Filial daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;


 


     Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta'lim, fan va ishlab chiqarishning o'zaro integratsiyasini ta'minlash;


 


     Uzluksiz ta'lim tizimi uchun yangi avlod o'quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o'quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;


 


      O'quv-tarbiya jarayonida o'qitishning ilg'or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o'qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;


 


      Ma'naviy-ma'rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik etish, xodimlar va talabalarda milliy g'oyani shakllantirish;


 


      Talabalikka, magistratura va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi-izlanuvchilar institutiga qabul qilish, o'qishdan chetlatish, tiklash, ichki tartibga rioya etilishini ta'minlash;


 


      Professor-o'qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta'minlash;


 


      Talabalar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat ko'rsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta'minlash;


 


      Fakultetlar va kafedralar faoliyati, o'quv jarayoni, ma'ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari, o'quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg'ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta'minlash;


 


      Ta'lim muassasasida mutaxassislar tayyorlanadigan yo'nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferensiyalar o'tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informatsion materiallarni keltirish), buning asosida davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari, o'quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta'minlash, ilmiy izlanishlarni yo'naltirib borish;


 


      Marketing xizmatini rivojlantirib, ta'lim yo'nalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni o'rganishni, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil etish;


 


     Filial moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, oliy ta'lim muassasasi Ilmiy Kengashiga rahbarlik qilish, oliy ta'lim muassasasining tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo'linmalarini tashkil etish, tugatish, o'zgartirish;


 


      Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta'minlash, qo'shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;

 


      Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;

 


      Ta'lim jarayonini boshqarish bo'yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta'minlash.


 


Filial direktori o'rinbosari lavozim vazifalari:



     O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

 


     Davlat ta'lim standartlari asosida o'quv, ilmiy, moliyaviy va ma'naviy-tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta'minlash;

     Davlat ta'lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo'limlar, kafedra mudirlari va pedagog o'qituvchilarning to'liq bilishini ta'minlash;


 


     Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko'rsatmalarini, o'quv – tarbiya jarayonlariga oid masalalar bo'yicha OTMsi Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;


 


     Ilg'or mamlakatlar ta'lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o'rganish, “Ta'lim to'g'risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta'limga oid qonunlar ko'rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta'minlash;


 


     O'quv-tarbiya jarayonida o'qitishning ilg'or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o'qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;


 


     Faoliyat yo'nalishi bo'yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;


 


     O'quv jarayonini ta'minlaydigan bo'limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;


 


     Bo'limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;


 


     O'tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o'qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta'minlash;


 


     O'quv va ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, OTMsi uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg'or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;


 


     O'quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to'plamlarini OTM xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda OTMning barcha ta'lim va ilmiy faoliyat yo'nalishlari bo'yicha o'quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to'ldirib turish bo'yicha umumiy rahbarlikni olib borish;


 


     Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko'maklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug'bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;


     Professor-o'qituvchilar va o'quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo'yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo'limlarni malakali kadrlar bilan ta'minlash ishlarini tashkil etish;


 


     Bo'sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi-izlanuvchilar va ordinatrlarni ishga olib qolish bo'yicha takliflar tayyorlash, professor-o'qituvchilar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;


 


     O'quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni


texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;


 


     Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko'rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha takliflar tayyorlash;


 


     Ta'lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta'minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo'yicha takliflar tayyorlash;


 


     Kafedralar, fakultet va bo'limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o'tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o'qituvchilarning o'quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;


 


     Oliy ta'lim muassasalari bilan o'quv-uslubiy yo'nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o'qituvchilarning faol ishtirokini ta'minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;


 


     O'rnatilgan tartibda oliy ta'lim muassasasining yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;


 


     Oliy ta'lim muassasasini o'rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o'tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o'tkazishda faol ishtirok etish.