13.11.2019, Chorshanba

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

  

Jumamuratov Mirzamurat Ajimuratovich

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti o`quv ishlari bo`yicha prorektor

Manzil:

230100, Nukus shahri, P.Seytov ko`chasi raqamsiz uy

Telefon:

E-mail:

0(361) 229-40-68

Nukdpi_uquv@edu.uz

Qabul kunlari:

Har seshanba va juma

soat 15-00-18-00 gacha

 

Qadirov Quvondiq Aytbaevich

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti ma`naviy va ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektor

Manzil:

230100, Nukus shahri, P.Seytov ko`chasi raqamsiz uy

Telefon:

E-mail:

0(361) 229-40-93

nukdpi_manaviyat

Qabul kunlari:

Har dushanba va payshanba

soat 15-00-18-00 gacha

 

Jalelov Moyatdin Asanovich

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti ilmiy ishlar bo`yicha prorektor

Manzil:

230105, Nukus shahri, e.Alako`z ko`chasi 54-uy

Telefon:

E-mail:

0(361) 224-14-63

moyatdin@mail.ru

Qabul kunlari:

Har chorshanba va shanba

soat 15-00-18-00 gacha

 

 Ibadullaev Rashid Qurbanbaevich

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti ma`naviy va ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektor

Manzil:

230100, Nukus shahri, P.Seytov ko`chasi raqamsiz uy

Telefon:

E-mail:

0(361) 229-40-95

NukDPI@edu.uz

Qabul kunlari:

Har seshanba, payshanba va shanba

soat 15-00-18-00 gacha




AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING USTAVI

 

I. Umumiy qoidalar

1.1 Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti (matnda keyingi o`rinlarda “Institut” deb beriladi) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (o`sha davrdagi O`zbekiston SSJ Vazirlar Kengashi) ning 1990 yil 20 avgustidagi “Nukus shahrida davlat pedagogika institutini tashkil etish to`g`risida” gi 297-sonli Qarori va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (o`sha davrdagi Qoraqalpog`iston ASSR Ministrlar Soveti) ning 1990 yil 14 sentyabrdagi “Nukus davlat pedagogika institutini Nukus davlat universiteti bazasida tashkil etish to`g`risida” gi 227/9-sonli qarori asosida tashkil qilingan. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash, xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3289-sonli Qarori bilan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Xalq ta`limi vazirligi tasarrufidan chiqarilib, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiritilgan.

1.2. Institut davlat oliy ta`lim muassasasi hisoblanib, oliy ta`limning asosiy va qo`shimcha ta`lim dasturlarini bajarish bo`yicha ta`lim faoliyati bilan shug`ullanadi. Institut oliy ta`limning pedagogika yo`nalishlari bo`yicha pedagog kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida respublikaning oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq o`quv, ilmiy-metodik va boshqa faoliyatni amalga oshiradi hamda ta`lim xizmatlarini ko`rsatadi.

1.3. Institut o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari va ko`rsatmalari, shuningdek, institutning ichki tartib va odob-ahloq qoidalari, jamoa shartnomasi hamda mazkur Ustavga amal qiladi.

1.4. Institut yuridik shaxs hisoblanib, operativ boshqaruvida o`ziga xos maxsus mol-mulkka ega va ushbu mol-mulk bo`yicha o`z majburiyatlariga muvofiq javob beradi, o`z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirish, zimmasiga majburiyat olishi, sudda da`vogar va javobgar bo`lishi mumkin.

1.5. Institut mustaqil balansga, bank muassasalarida byudjet va maxsus hisob raqamlariga, O`zbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri tushirilgan va o`z nomi yozilgan muhrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega.

1.6. Institut internet tizimida o`zining rasmiy www.ndpi.uz  saytiga ega.

            1.7. Institutning joylashgan yuridik manzili Indeks 230105 O`zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi,  Nukus  shahri,  P.Seytov ko`chasi, raqamsiz uy.

1.8. Institutning rasmiy to`liq va qisqa nomi:

·         davlat tilida: kirill alifbosida: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti” “Nukus DPI”

·         qoraqalpoq tilida: “Əjiniyaz atыndag`ы Nөkis məmleketlik pedagogikalыq institutы Nөkis MPI”;

·          davlat tili: lotin alifbosida: “Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti”–“Nukus DRI”;

·         rus tilida: “Nukusskiy Gosudarstvennыy pedagogicheskiy institut imeni Ajiniyaza”–“Nukuskiy GPI”;

ingliz tilida: “Nukus State Pedagogisal Institute  named after Ajiniyaz” – “Nukus SPI”.

 

II. Institutining asosiy vazifalari va faoliyati yo`nalishlari

-respublikada uzluksiz ta`lim tizimi uchun yuqori malakali pedagogik kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

-tegishli pedagogik yo`nalishlar va mutaxassisliklar bo`yicha davlat ta`lim standartlari, o`quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish yuzasidan takliflar berish, ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish;

-institut ilmiy-pedagogik va o`quv-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish hamda pedagog kadrlarning har tomonlama etuk, raqobatbardosh mutaxassislar bo`lib etishishlariga mo`ljallangan kompleks ma`naviy-ma`rifiy ishlarni amalga oshirish;

-o`quv jarayoniga zamonaviy pedagogika, mul`timedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

-umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini tashkil etish;

-qo`shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-ta`lim jarayoniga etakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish maqsadida xorijiy pedagogika oliy ta`lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

-ilmiy-pedagogik xodimlar va ta`lim oluvchilarning tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fanni taraqqiy ettirish, olingan natijalardan ta`lim jarayonida foydalanish.

 

III. O`quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarning sub`ektlari, ularning huquq va majburiyatlari

Talabalar:

3.1. Institut rektorining buyrug`i bilan o`qishga qabul qilingan  shaxs mazkur institutning talabasi hisoblanadi. Talabaga talabalik guvohnomasi hamda reyting daftarchasi bepul beriladi.

            institutga qabul amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi ma`lumotiga ega bo`lgan shaxslar arizalariga binoan O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalariga talabalarni qabul qilish tartibi va qoidalariga muvofiq O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlari natijalariga ko`ra to`plangan ballarning reyting tizimi bo`yicha amalga oshiriladi.

Oliy ta`lim muassasalariga qabul barcha uchun  (ham grantlar, ham to`lov-kontrakt bo`yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to`plagan abiturientlarning davlat grantlari bo`yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta`minlanadi. Qolgan abiturientlar test ballari reytingi asosida belgilangan to`lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar. Qonunchilikka muvofiq test sinovlarisiz muayyan imtiyoz asosida ham o`qishga qabul qilish kafolatlanadi.

                3.2.Institutning talabalari quyidagi huquqlarga ega:

-     fan, texnika, zamonaviy texnologiyalar yutuqlariga mos keluvchi bilimlar olish;

-       oliy ta`lim muassasasi axborot resurs markazida mavjud bo`lgan kitoblar, davriy nashrlar, elektron ta`lim resurslaridan belgilangan tartibda bepul foydalanish;

-       bepul maslahatlar va yo`l-yo`riqlar olish;

-        auditoriyalar, ta`lim jarayoniga oid o`quv-texnik vositalardan o`rnatilgan tartibda bepul foydalanish;

-      ta`lim jarayoni samaradorligi va ta`lim sifatini oshirish yuzasidan o`z taklif-mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda ta`lim muassasasi, dekanat va kafedra rahbariyatiga bildirish hamda ularni ko`rib chiqilishini talab qilish;

-         oliy ta`lim muassasasi va fakul`tet miqyosida o`tkaziladigan ma`naviy-ma`rifiy va sport tadbirlarida ishtirok etish;

-       ilmiy tadqiqot ishlarida va ilmiy konferentsiyalarda o`rnatilgan tartibda faol qatnashish;

-        oliy ta`lim muassasasida qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga a`zo bo`lish;

-        o`qishdan tashqari vaqtlarda ma`naviy-ma`rifiy, ta`mirlash, qurilish, ko`kalamzorlashtirish, qishloq xo`jalik va boshqa jamoat hamda  qonunchilikka zid bo`lmagan ishlarda ishtirok etish.

Talaba sifatli va yuqori saviyada bilim olishi, tanlagan ixtisosligi bo`yicha yuqori malakali mutaxassis bo`lib etishish uchun zarur bo`lgan qonun hujjatlariga zid bo`lmagan boshqa huquqlardan foydalanishga haqlidir.

Talaba o`z huquqlarini suiste`mol qilmasligi, bu huquqlardan o`zga shaxslar manfaatiga zid maqsadlarda foydalanmasligi shart.

3.3 Davlat grantlari va to`lov-kontrakt asosida o`qitishning ishlab chiqarishdan ajralgan yoki ajralmagan holdagi shaklida ta`lim olayotgan talabalar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib va miqdorda stipendiya bilan ta`minlanadilar.

Talabalar tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi, Islom Karimov va Navoiy nomidagi Davlat stipendiyalarini hamda Institut kengashi qarori bilan belgilangan Ajiniyoz Qosibay ug`li, Ibrayim Yusupov nomidagi stipendiyalarni shuningdek, o`qishga yo`llagan yuridik va jismoniy shaxslar tayinlagan stipendiyalarni olish huquqiga egadirlar.

3.4.            Kunduzgi o`quv shaklida ta`lim olayotgan talabalarga oliy ta`lim muassasasida o`qiyotgan vaqti davomida o`rnatilgan tartibda harbiy xizmatga chaqirish muddatini kechiktirish imkoni beriladi.           

3.5.              Oliy ta`lim muassasasining  talabalar turar joyiga muhtoj talabalari, oliy ta`lim muassasasining talabalar turar joylaridan sanitariya-gigiena me`yorlari va qoidalariga javob beradigan joy bilan ta`minlanadi. Talabalar turar joylarida to`lanadigan to`lovlarning hajmi kommunal-maishiy xizmatlar uchun to`lovlarni inobatga olib, oliy ta`lim muassasasi tomonidan belgilanadi. Talabalar turar joyiga muhtoj talabalar ehtiyoji mavjud bo`lmagan holda, oliy ta`lim muassasasi talabalar turar joylari maydonidan boshqa maqsadlarda foydalanishi (ijaraga berish, boshqa kelishuvlar)ga ruxsat etilmaydi.

Institutning talabalari o`qishdan bo`sh vaqtlarida o`rnatilgan tartibda mehnat faoliyati bilan shug`ullanish huquqiga ega.

3.6. Institutdan chetlashtirilgan talaba O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Talabalar o`qishini ko`chirish, qayta tiklash va o`qishdan chetlashtirish tartibi to`g`risida”gi tasdiqlangan Nizomga muvofiq belgilangan tartibi hamda qoidalari asosida qayta o`qishga tiklanishi, o`qishni ko`chirishi mumkin.

Oliy ta`lim muassasasidan ma`muriyatning tashabbusi bilan chetlashtirilgan shaxslarni, barcha o`quv shakllari bo`yicha talabalar safiga qayta tiklash to`lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Institutning talabalari qonunda belgilangan tartib va qoidalar asosida o`qishini ko`chirish (o`qishga qayta tiklanish) huquqiga ega.

O`zbekiston Respublikasi hududida ta`lim faoliyatini olib borish uchun litsenziyaga ega bo`lmagan, nodavlat oliy ta`lim muassasalari va boshqa mamlakatlar oliy ta`lim muassasalarining filiallari (markazlar, bo`limlar, o`quv-maslahat punktlari va boshqalar)dan talabalarni institutga o`qishini ko`chirish (o`qishga tiklash) ta`qiqlanadi. 

Institut rektorining qarori asosida talabalar o`qishini institut doirasida oliy ta`limning mos va turdosh yo`nalishlari (mutaxassisliklari) bo`yicha ko`chirish va tiklash amalga oshiriladi.

Institutning talabalari belgilangan tartib va qoidalar asosida boshqa oliy ta`lim muassasalariga o`qishlarini ko`chirish (o`qishga qayta tiklanish) huquqiga ega.

Talabalar o`qishini bir oliy ta`lim muassasasidan boshqasiga ko`chirish, qayta tiklash va o`qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

3.7.Institut talabalari oliy ta`limning davlat ta`lim standartlari, malaka talablari, o`quv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan bilimlarni egallashlari, topshiriqlarning barcha turlarini belgilangan muddatda bajarishlari zarur. Institutning Ustaviga, Ichki tartib va odob-ahloq qoidalari hamda talabalar turar joylarida yashash qoidalariga rioya etishlari shart.

O`zbekiston  Respublikasi  Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollardan  tashqari, talabalarni o`qish vaqti hisobidan ta`lim jarayoni bilan bog`liq bo`lmagan ishlarga jalb etish man etiladi.

3.8.O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 2017 yil          20 iyundagi 393-son qarori 3-ilovasida “Oliy ta`lim muassasalari talabalari o`qishini ko`chirish, qayta tiklash va o`qishdan chetlashtirish tartibi to`g`risida”gi Nizom keltirilgan tartibda talaba oliy ta`lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

a) o`z xohishiga binoan;

b) o`qishning boshqa ta`lim muassasasiga ko`chirilishi munosabati bilan;

v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma`lumotnomasi asosida);

g) o`quv intizomini va oliy ta`lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;

d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;

e) o`qish uchun belgilangan to`lov o`z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to`lov-kontrakt bo`yicha tahsil olayotganlar uchun);

j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;

z) vafot etganligi sababli.

Harbiy xizmatni o`tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug`ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta`tillari davrida talabaga Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta`til berilishi mumkin.

Belgilangan muddatlarda fanlarni o`zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo`lgan) talaba  institut rektori buyrug`i bilan kursdan qoldiriladi.

Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to`lov-shartnoma asosida o`qishini quyi kursdagi o`quv semestri boshidan boshlashi mumkin.

Kursdan qoldirilgan talaba ushbu Ustavning 3.8-bandidagi holatlar bo`yicha talabalar safidan chetlashtirilishi mumkin.

Institut ma`muriyati tashabbusi bilan ushbu Ustavning 3.8-bandi “e” kichik bandiga ko`ra talabalarni o`qishdan chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan holda (kasaba uyushmasi a`zosi bo`lgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, talaba mazkur Ustavning 3.8-bandi “g” kichik bandiga ko`ra chetlashtirilayotgan holda, institutning O`zbekiston Yoshlar ittifoqi institut etakchisi bilan ham kelishilishi mumkin.

Intizomiy jazoga tortilgan talaba o`ziga qo`llanilgan jazo chorasining qonuniyligi va adolatliligi yuzasidan qonun xujjatlarida belgilangan tartibda norozilik bildirishi mumkin.

Talabaga nisbatan qo`llanilgan intizomiy jazo yuzasidan ma`lumot uning shaxsiy yig`ma jildida saqlanadi.

Intizomiy jazolar talabalarning kasallik yoki ta`tilda bo`lgan vaqti hisobga olinmagan holda xatti-harakat aniqlangandan so`ng bir oydan va xatti-harakat sodir etilganidan so`ng olti oydan kechiktirilmay qo`llaniladi. Talabalar kasallik paytida, akademik ta`til yoki homiladorlik va tug`ish holati bilan bog`liq bo`lgan ta`til paytlarda talabalar safidan chetlashtirish mumkin emas.

Kasallik payti talaba (yoki uning ota-onasi) ariza va tegishli ma`lumotnomalar bilan, odatda, bir haftadan kechiktirilmasdan oliy ta`lim muassasasiga ma`lum qilinadi.

Talaba institutdan chetlashtirilganda, unga (ota-onasi yoki huquqiy vasiysiga ularning arizasi bilan) shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik ma`lumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi shaxsiy yig`ma jildga tikib qo`yiladi.

Institutda ishlab chiqarishdan ajralgan yoki ajralmagan holda muvaffaqiyatli o`qiyotgan talabalarga ularning ish joyidan O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan imtiyozlar (maosh saqlangan yoki saqlanmagan holda qo`shimcha ta`til, oliy ta`lim muassasasi joylashgan manzilga borish va kelish uchun yo`l haqi va boshqalar) beriladi.

Doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar:

3.9.             Institutda falsafa doktori (RhD) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar tayanch doktorantura, doktorantura orqali va mustaqil ravishda tayyorlanadi.

3.10. Institutda professor-o`qituvchilarning tarkibi, ilmiy xodimlar, texnik-muhandislik, ma`muriy-xo`jalik, ishlab chiqarish, o`quv-yordamchi va boshqa ishchi-xizmatchilar lavozimlari mavjud.

3.11. Professor - o`qituvchilar lavozimlariga ishga qabul qilish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevral`               20-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta`lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to`g`risida”gi Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 9 mart F-137 va 2005 yil 7 maydagi F-2209-sonli  farmoyishlariga muvofiq oliy ta`lim muassasasining prorektorlari rektor tavsiyasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni hamda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tayinlanadi. Fakul`tet dekani Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bilan kelishilgan holda oliy ta`lim muassasasi rektorining buyrug`i asosida tayinlanadi.

3.12.   Institutning professor-o`qituvchilari va ilmiy xodimlari quyidagi huquqlarga ega:

a) belgilangan tartibda institut va fakul`tet Kengashlariga saylash va saylanish;

b) oliy ta`lim muassasasining faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;

v) oliy ta`lim muassasasining axborot-resurs markazi, o`quv va ilmiy bo`linmalarning xizmatlaridan, shuningdek, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va boshqa bo`limlar xizmatidan jamoa shartnomasiga muvofiq foydalanish;

g) o`qitishning uslub va vositalarini tanlash, o`quv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta`minlovchi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;

d) oliy ta`lim muassasasi ma`muriyatining buyruq va farmoyishlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish;

e)  qonunchilikda belgilangan tartibda vakant professor-o`qituvchi lavozimlariga e`lon qilingan tanlovlarda qatnashish;

j) o`zlari ishlayotgan kafedra, fakul`tetdan tashqari boshqa fakul`tet, kafedra, tashkilotlarda o`rindoshlik asosida ishlash (asosiy ish joyi bilan kelishilgan holda);

z) xorijiy hamkasblarning sohaga doir ilmiy va o`quv-uslubiy adabiyotlari bilan tanishish va ular bilan fikr almashish;

i) o`z fani bo`yicha sifatli darsliklar va o`quv qo`llanmalar tayyorlash;

y) nazariy bilimlarini amaliy tajribasini, ilmiy-tadqiqot olib borish uslubini, pedagogik mahoratini takomillashtirib borish;

k) talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

l) grantlar, ilmiy loyihalar, xo`jalik shartnomalarida ishtirok etish;

m) O`zbekiston Respublikasining ta`lim sohasiga oid qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.

3.13.   Institutning professor-o`qituvchilari va ilmiy xodimlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

-       ta`lim to`g`risidagi qonunchilik, mehnat intizomi, institutning Ustavi, Ichki tartib va odob-ahloq qoidalariga qat`iy rioya qilish, o`zlarining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish va o`qituvchilik sha`niga dog` tushirmaslik;

-       ish jarayonida muloqat qiladigan institut xodimlari, talabalari va boshqa shaxslar bilan hushfe`l munosabatda bo`lish;

-       ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini, har yili tasdiqlanadigan shaxsiy ish rejaning o`quv-uslubiy, ilmiy va ma`naviy-ma`rifiy ishlarini o`z vaqtida va sifatli bajarish;

-       darslik, o`quv qo`llanma va boshqa o`quv adabiyotlari, ilmiy maqolalar, monografiyalar yozish;

-       tarbiyaviy ishlarni olib borish, talabalar bilan ma`naviy- ma`rifiy ishlarda, shu jumladan, darsdan tashqari vaqtlarda o`tkaziladigan tadbirlarda bevosita ishtirok etish;

-       kafedraning tasdiqlangan ilmiy-amaliy, ilmiy-pedagogik anjumanlarida ishtirok etish;

-       o`z malakasini muntazam ravishda oshirib borish;

-       akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun hamkorlikda yangi avlod o`quv adabiyotlari, o`quv-uslubiy majmualar yaratishda ishtirok etish;

-       akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ochiq va muammoli mashg`ulotlar hamda “master klass”lar o`tkazish;

-       o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tizimi muassasalarida o`tkaziladigan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarda ishtirok etish;

-       o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tizimi muassasalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya hamda pedagogik texnologiyalar asosida ta`lim sifatini oshirishga doimiy ravishda ko`maklashish;

-       mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish canitariya va gigienasi qoidalariga rioya qilish;

-       institutning mol-mulkini avaylash, undan oqilona foydalanish;

-       ish beruvchiga bevosita etkazilgan moddiy zararni o`rnatilgan tartibda qoplash;

-       institutning jamoatchilik ishlarida qatnashish;

-       pedagogik va ilmiy jarayonning samaradorligini ta`minlash;

-       ta`lim oluvchilarning tanlagan yo`nalishi (mutaxassisligi) bo`yicha yuksak kasbiy tayyorgarligini va mehnatga bo`lgan qobiliyatni shakllantirish;

-       chet tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan bilim darajasini muntazam oshirib borish;

-       ta`lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyatini shakllantirish;

-       institutda “Ustoz-shogird” tizimida ishtirok etib, o`ziga biriktirilgan shogirdlar bilan pedagogik, ilmiy-pedagogik, ma`naviy-ma`rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;

-       o`zining odobi, madaniyati, ma`naviy saviyasi bilan o`rnak bo`lish;

-       kiyinish madaniyatiga rioya etish;

-       respublikada amalga oshirilayotgan keng ko`lamdagi ilmiy- iqtisodiy islohotlar va jahonda ro`y berayotgan yangiliklardan xabardor bo`lish;

-       institut, fakul`tet, kafedra tomonidan tashkil etiladigan madaniy, ma`naviy, ma`rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish;

-       o`zi o`qitadigan fan dasturini muntazam fan va texnika yutuqlari asosida boyitib borish;

-       o`quv mashg`ulotlarini yuqori saviyada tashkil etish va o`tish;

-       fan yo`nalishiga tegishli yangi manbalarni topish va ular bilan talabalarni tanishtirib borish;

-       har o`quv yili boshlangunga qadar o`zi mashg`ulot olib boradigan fan(lar)ning ishchi o`quv dasturi, kalendar` rejasini ishlab chiqish va kafedra majlisida tasdiqlash;

-       reyting nazoratlarini o`z vaqtida o`tkazish;

-       talabalar bilimini xolisona baholash;

-       yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo`llash;

-       o`zining ilmiy salohiyati va pedagogik mahoratini oshirish;

-       talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

-       xo`jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish;

-       oliy ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol qatnashish.

3.14.   Institut xodimlarining chet el xizmat safarlari vazirlik tomonidan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish tartibi to`g`risida”gi muvaqqat Yo`riqnoma asosida amalga oshiriladi.

 

IV.O`quv, o`quv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari va pedagogik

kadrlar tayyorlash

 

4.1. Oliy o`quv yurtidan keyingi institut quyidagi bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va ta`limning asosiy va qo`shimcha ta`lim (pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish) dasturlari asosida pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshirib, magistratura mutaxassisliklari bo`yicha oliy ta`limni amalga oshiradi:

Ilova: bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha

a) bakalavriat:

1.

5110100 -Matematika o`qitish metodikasi

2.

5110200 -Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi

3.

5110300 -Kimyo o`qitish metodikasi

4.

5110400 -Biologiya o`qitish metodikasi

5.

5110500 -Geografiya  o`qitish metodikasi

6.

5110600 -Tarix  o`qitish metodikasi

7.

5110700 -Informatika o`qitish metodikasi

8.

5110800 -Tasviriy san`at  va muhandislik grafikasi

9.

5110900 -Pedagogika va psixologiya

10.

5111011 –Kasbiy ta`lim: dizayn

11.

5111100 -Musiqa ta`limi

12.

5111200 -O`zbek tili va adabiyoti

13.

5111300 -Rus  tili va adabiyoti

14.

5111302 –Qoraqalpoq tili va adabiyoti

15.

5111300 -Qozok  tili va adabiyoti

16.

5111300 -Rus tili va adabiyoti o`zga tilli guruhlarda

17.

5111400 -Ingliz tili va adabiyoti

18.

5111600 -Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi

19.

5111700 -Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ishi

20.

5111800 -Maktabgacha ta`lim 

21.

5111900- Defektologiya

22.

5112000 -Jismoniy madaniyat

23.

5112001 - Jismoniy madaniyat (xotin-qizlar sporti yo`nalishi bo`yicha)

24.

5112100-Mehnat ta`limi

b) magistratura o`quv shakli uchun quyidagi ta`lim yo`nalishlari mavjud:

1.

5A110401 -Aniq va tabiiy fanlar o`qitish metodikasi (Biologiya)

2.

5A110601 -Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o`qitish metodikasi (Tarix)

3.

5A110701 - Ta`limda axborot texnologiyalari

4.

5A110901 - Pedagogika nazariyasi va tarixi (umumiy pedagogika)

5.

5A110902 - Pedagogika va psixologiya

6.

5A111201 - O`zbek tili va adabiyoti

7.

5A111601 - Ijtimoiy gumanitar fanlarni o`qitish metodikasi (ma`naviyat asoslari)

8.

5A111701 - Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang`ich ta`lim)

 

Institutda kadrlar iste`molchilarining talablari asosida oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining buyrug`i bilan yangi yo`nalish va mutaxassisliklar bo`yicha kadrlar tayyorlanishini tashkil etish mumkin.

Institutda ta`limning asosiy dasturlari quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: bakalavriat va magistratura.

Bakalavriat - ta`lim yo`nalishi bo`yicha fundamental va amaliy bilimlar beruvchi, o`qish muddati 4 yildan kam bo`lmagan kundizgi, 3 yildan kam bo`lmagan maxsus sirtqi tayanch oliy ta`limdir.

Bakalavr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlari asosida ta`lim yo`nalishi bo`yicha «Bakalavr» darajasi beriladi hamda davlat namunasidagi diplom topshiriladi.

Magistratura - yo`nalishning muayyan mutaxassisligi bo`yicha fundamental va amaliy bilimlar beruvchi, bakalavriat negizida, o`qish muddati 2 yildan kam bo`lmagan oliy ta`limdir.

Magistratura dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakuni natijasi asosida muayyan mutaxassislik bo`yicha «Magistr» darajasi beriladi va davlat namunasidagi diplom topshiriladi.

Bakalavr va magistrlik davlat namunasidagi diplom uning egalariga kasbiy faoliyat bilan shug`ullanish yoki tanlangan ta`lim yo`nalishiga va mutaxassisligiga muvofiq ta`lim muassasalarining navbatdagi bosqichlarida o`qishni davom ettirish huquqi beriladi.

Institutda ta`lim jarayoni tayanch oliy ta`lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan va o`rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan o`quv rejalari va dasturlari asosida institut rektori tomonidan tasdiqlangan yillik o`quv jarayoni hamda mashg`ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.

Ta`lim jarayonini maqsadli yo`naltirish yo`li bilan tashkil etish, ya`ni ta`lim shakllari, uslub va vositalarni tanlash yo`li bilan institut talabalariga oliy ta`limning asosiy kasbiy ta`lim dasturlarini o`zlashtirish uchun zaruriy sharoitlar yaratib berilishi lozim.

Ta`lim va tarbiyaning birligi Oliy ta`limning davlat ta`lim standartlari, malaka talablari, o`quv reja va dasturlari asosida ta`minlanadi.

4.2.Institutda o`quv mashg`ulotlarining quyidagi asosiy turlari belgilangan: ma`ruza, amaliy, laboratoriya, seminar, kurs ishi, malakaviy amaliyot, bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiyasi.

Auditoriya mashg`ulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqalik akademik soat belgilangan. O`quv mashg`ulotlari orasidagi tanaffus kamida 10 daqiqa bo`ladi.

Ta`lim va tarbiya olib boriladigan tillar: o`zbek, qoraqalpoq, rus va qozoq tillari hisoblanadi.

4.3.Institutda kadrlarni tayyorlash ishlab chiqarishdan ajralgan yoki ajralmagan hollarda olib boriladi.

Oliy ta`limning asosiy kasbiy ta`lim dasturi doirasida ta`lim olishning barcha shakllari uchun o`rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va “Uzstandart” agentligida davlat ro`yxatidan o`tkazilgan davlat ta`lim standartlari va malaka talablari qo`llaniladi.

4.4.Institutda o`quv yili ikki semestrga bo`linadi va uning har birida talabalarning o`zlashtirishi reyting nazorati shaklida olib boriladi.

O`zlashtiruvchi talabalarni kursdan kursga o`tkazish fakul`tet dekanining tavsiyasi asosida rektor buyrug`i bilan amalga oshiriladi. Talabalarni kursdan kursga shartli o`tkazish mumkin emas.

Oliy ta`limning ta`lim dasturlarini o`zlashtirish Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazilgan “Oliy ta`lim muassasalari talabalari bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to`g`risida Nizom”ga muvofiq tartibga solinadi hamda “O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to`g`risida”gi Nizomga muvofiq bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari asosida tugallanadi.

4.6.Institutda ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalari, ta`limni individuallashtirish va mustaqil ta`lim olish vositalarini, modul tizimi hamda masofaviy ta`lim berishni qo`llash hisobiga mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga yo`naltirilgan ilmiy-uslubiy ishlar amalga oshiriladi.

Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim –O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi 2017 yil 16 fevraldagi PQ-4958-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining “Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 2017 yil 22 maydagi 304-sonli qarori asosida tashkil etiladi.

 

V. Institutning tarkibi

Institutning tarkibiga quyidagilar kiradi:

a) Fakul`tetlar: 

1. Fizika-mehnat fakul`teti

2. Matematika-informatika fakul`teti

3. Tarix-geografiya fakul`teti

4. Kimyo-biologiya fakul`teti

5. Jismoniy madaniyat fakul`teti

6. Pedagogika fakul`teti

7. Maktabgacha va boshlang`ish ta`lim fakul`teti

8. Filologiya fakul`teti

9. Chet tillari fakul`teti

 

b) Kafedralar:

1. Matematika o`qitish metodikasi

2. Informatika o`qitish metodikasi

3. Fizika o`qitish metodikasi

4. Mehnat ta`limi

5. O`zbek tili

6. O`zbek adabiyoti

7. Qozoq tili va adabiyoti

8. Ingliz tili va adabiyoti

9. Fakul`tetlararo chet tillari

10 .Rus tili va adabiyoti

11. Tarix o`qitish metodikasi

12. Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi

13. Ijtimoiy fanlar

14. Qoraqalpoq tili

15. Qoraqalpoq adabiyoti

16. Biologiya o`qitish metodikasi 

17. Kimyo o`qitish metodikasi

18. Geografiya o`qitish metodikasi

19. Jismoniy madaniyat

20. Fakul`tetlararo jismoniy madaniyat

21. Pedagogika

22. Psixologiya

23. Tasviriy san`at va muxandislik grafikasi

24. Musiqiy ta`lim

25. Boshlang`ich ta`lim metodikasi

26. Umumiy pedagogika va psixologiya

27. Maktabgacha ta`lim

 

v) boshqarma, markaz va bo`limlar: 

1. O`quv-uslubiy boshqarma

2. Xodimlar bo`limi

3. Ichki nazorat va monitoring  bo`limi

4. Magistratura bo`limi

5. Buxgalteriya

6. “Ma`naviyat va ma`rifat” va  iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo`limi

7. Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo`limi

8. Marketing bo`limi

9. Devonxona va arxiv

10. Reja-moliya bo`limi

11. Texnik foydalanish va xo`jalik bo`limi

12. Axborot resurs markazi

13. Axborot texnologiyalari markazi

14. Xalqaro bo`lim

15. Talabalar turar joylari

16. Tahririy-nashriyot bo`lim

17. Fuqaro mudofaasi va mehnatni muhofazasi bo`limi

18. Ta`lim muassasalari bilan ishlash bo`limi

19. 1 va 2 bo`limlar

20. Yuriskonsul`t

21. Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi

22. Maxsus sirtqi bo`lim

23. Xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi.

Institut fakul`tetlarini O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bilan kelishilgan holda rektor tomonidan tayinlanadigan dekan boshqaradi.

Fakul`tet dekani o`z faoliyatida “Oliy ta`lim muassasasining fakul`teti to`g`risidagi Nizom”ga amal qiladi.

“Oliy ta`lim muassasasining fakul`teti to`g`risida”gi Nizomga muvofiq fakul`tetda Kengash tashkil etiladi. Kengashning tarkibi, vakolatlari va faoliyati “Oliy ta`lim muassasasi fakul`tetining Kengashi to`g`risida”gi Nizomga muvofiq tashkil etiladi.

Kafedra faoliyatiga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq tanlov asosida institutning Kengashi tomonidan saylanadigan mudir rahbarlik qiladi.

Kafedra mudirining vakolatlari va kafedra faoliyati belgilangan tartibda “Oliy ta`lim muassasasining kafedrasi to`g`risida”gi Nizomga muvofiq belgilanadi.

g) Institut tasarrufida 1 ta akademik litsey faoliyat ko`rsatmoqda.

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti qoshidagi 1-sonli Nukus akademik litseyi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26-sentyabr`dagi «Oliy ta`lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayerlash tizimini yanada takomilashtirish tug`risida» PQ-3290 qarori bilan institut tasarrufiga berildi.

Institut huzuridagi akademik litsey yuridik shaxs maqomiga ega davlat ta`lim muassasasi bo`lib, o`z mustaqil balansiga, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g`aznachiligida shaxsiy g`azna hisob varaqalariga hamda O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tushirilgan va o`z nomi Davlat tilida yoziladigan muhriga ega bo`ladi.

Akademik litseylar samarali faoliyat ko`rsatishi, ulardagi o`qitish sifatini ta`minlash hamda ular moddiy-texnika bazasi va yuqori malakali o`qituvchilar tarkibi bilan ta`minlanganligi, ta`lim-tarbiya jarayoni ustidan nazorat qilinishi bitiruvchilarning oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish ko`rsatkichlarini nazorat qilib borish mas`uliyati Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo`yicha prorektor va litsey direktoriga yuklanadi.

d) Institut huzuridagi xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy  markazi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash, xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3289-sonli Qarori bilan Qoraqalpog`iston Respublikasi xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Nukus davlat pedagogika instituti tasarrufiga o`tkazilgan.

Institut huzuridagi xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi institutning huquqlari va majburiyatlari bo`yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Nukus davlat pedagogika institut huzuridagi xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi yuridik shaxs maqomiga ega davlat ta`lim muassasasi bo`lib, o`z mustaqil balansiga, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g`aznachiligida shaxsiy g`azna hisob varaqalariga hamda O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tushirilgan va o`z nomi Davlat tilida yoziladigan muhriga ega bo`ladi.                                                                                       Markazda  6 kafedra, 6 bo`lim, 1 markaz (masofadan o`qitish) faoliyat ko`rsatadi.

            e) Maxsus sirtqi bo`lim.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi PQ-3183-son «Oliy ta`lim muassasalarida pedagog yo`nalishida maxsus sirtqi bo`limlarni tashkil etish to`g`risida» qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2017 yil 9 avgustdagi 07/1-1926-son topshiriqlarini ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`limi vazirining 2017 yil 12 avgustdagi 559-sonli buyrug`i asosida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida pedagogika yo`nalishida maxsus sirtqi bo`lim tashkil etildi.

 

VI. Institutni  boshqarish

6.1. Institutni boshqarish O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda ushbu Ustavga muvofiq yakka rahbarlik va institut Kengashi, Vasiylar kengashi orqali jamoatchilik boshqaruvini uyg`unlashtirish tamoyili asosida amalga oshiriladi.

6.2. Institutni bevosita boshqarish O`zbekiston Respublikasi Prezidentning 1992 yil 9 mart 137-f farmoyishida belgilangan tartib asosida tayinlanadigan rektor tomonidan amalga oshiriladi.

Rektor oliy ta`lim muassasasi faoliyatiga, shuningdek, institutning Ichki tartib qoidalari, Oliy ta`lim to`g`risidagi Nizom hamda mazkur Ustavda belgilangan majburiyatlar uchun to`la mas`uldir.

Rektor O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq institut nomidan ish olib boradi, barcha idoralar, muassasalar, korxonalarda uning vakili sifatida qatnashadi, institutning mol-mulkiga mas`ullik qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi, bank muassasalarida institutning hisob raqamlarini ochadi, moliyaviy mablag`lardan o`rnatilgan tartibda foydalanish bo`yicha buyruq va farmoyishlar beradi.

Rektor lavozimi vakolati doirasida:

- institutning barcha xodimlari, talabalari va boshqa ta`lim olayotganlar uchun buyruqlar chiqaradi va topshiriqlar beradi;

- Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bilan kelishilgan holda fakul`tet dekanlari, bosh hisobchi, kassir hamda Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda yuriskonsul`t bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;

- institut prorektorlari lavozimiga nomzodlarni tavsiya etadi va prorektorlar, dekanlarning muayyan vazifalari xamda mas`uliyatlarini belgilaydi;

- institut xodimlari bilan O`zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;

- institut tarkibiga kirgan ilmiy-tadqiqot, tajriba-eksperimental hamda boshqa tashkilot va bo`linmalarning vazifalarini belgilaydi, ular to`g`risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

- institut xodimlarining lavozim maoshlariga ustamalar va qo`shimchalarni o`rnatilgan tartibda belgilaydi;

- kasaba uyushma qo`mitasi yoki institutning boshqa vakolatli organi bilan kelishgan holda Ichki tartib va Odob-ahloq koidalarini tasdiqlaydi;

- institutda Namunaviy shtat birliklariga muvofiq ajratilgan mablag`lar hamda ish haqi fondi, tasdiqlangan oliy ta`lim muassasasi - institut xodimlarining soni va lavozim maoshlari, tarif setkasi doirasida institut professor-o`qituvchilari tarkibi va institutning boshqa xodimlarining shtat birligini tasdiqlaydi hamda lavozim maoshlarini belgilaydi;

- institut  Kengashining tavsiyasiga ko`ra o`rnatilgan tartibda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq fakul`tetlarni, kafedralarni ochish yoki yopish qarorlarini tasdiqlaydi. “Oliy ta`lim muassasasi kafedrasi to`g`risida namunaviy Nizom talablaridan kelib chiqqan holda institut Kengashining tavsiyasiga ko`ra, kafedralar tashkil etiladi yoki tugatiladi. Institut rektoriga o`zi ishlayotgan oliy ta`lim muassasasi va undan tashqarida haq to`lanadigan boshqa rahbarlik lavozimida (ilmiy va ilmiy- metodik rahbarlikdan tashqari) o`rindoshlik bo`yicha ishlashga ruxsat etilmaydi. Rektor o`z vazifalarini o`rindoshlik bo`yicha bajarishi mumkin emas.

6.3. “Oliy ta`lim to`g`risida”gi Nizomga muvofiq institut faoliyatining asosiy masalalarini ko`rish uchun rektor raisligida Kengash tashkil etiladi.

Kengash tarkibiga rektor (rais), prorektorlar, fakul`tet dekanlari, oliy o`quv yurti tarkibiga kiruvchi mustaqil tashkilot va tarmoqlar direktorlari, mutaxassis chiqaruvchi kafedra mudirlari,  institutning yoshlar ittifoqi etakchisi, kasaba uyushmasi kengashi vakillari kiradi. Kengashning boshqa a`zolari umumiy majlisda (konferentsiyada) yashirin ovoz berish yo`li bilan saylanadi. Kengash tarkibi rektor buyrug`i bilan tasdiqlanadi.

Kengashning vakolati va faoliyat yuritish tartibi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Oliy ta`lim muassasasining Kengashi to`g`risida namunaviy Nizom” bilan belgilanadi.

6.4.Institutda kasaba uyushmalari va boshqa jamoatchilik tashkilotlari faoliyat ko`rsatadi. Talabalar va xodimlar manfaatlarini himoyalashni xodimlar va talabalarning vakillari sifatida institutda saylangan organlari amalga oshiradi. Talabalar va xodimlar vakolatli organlarining huquqlari va ularga nisbatan oliy ta`lim muassasasi - institut ma`muriyatining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

- xodimlar vakillik organlarining huquqlariga rioya qilish, ularning faoliyatiga ko`maklashish;

-   xodimlarning manfaatlariga taalluqli qarorlar qabul qilishdan oldin ularning vakillik organlari bilan maslahatlashish, mehnat to`g`risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda ko`rsatilgan hollarda esa, ularning roziligini olish;

-   xodimlar vakillik organlarining takliflarini o`z vaqtida ko`rib chiqish va qabul qilingan qarorlar haqida ularga yozma ravishda asosli javob berish;

-   xodimlarning vakillik organlari a`zolarini korxonaga, manfaatlari ifoda etilayotgan xodimlarning ish joylariga moneliksiz qo`yish;

-   xodimlarning vakillik organlariga mehnat, institut faoliyati masalalariga va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir axborotni tekin berish;

-   xodimlarning vakillik organlariga o`z vazifalarini bajarishlari uchun zarur sharoit yaratib berish;

-   xodimlarning vakillik organlariga nisbatan mehnat to`g`risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.

Amaldagi nizomlarga muvofiq institutda ilmiy va ixtiyoriy jamiyatlar, ilmiy-uslubiy, ilmiy-texnik kengashlar va komissiyalar, yosh olimlar kengashi va boshqalar tashkil etilishi mumkin.

Rektorat va Kengash o`z faoliyatida institut jamoatchilik tashkilotlarining tavsiyalarini ko`rib chiqadi va o`z faoliyatlarida ularni hisobga oladi.

 

VII. Moliya - xo`jalik faoliyati va moddiy-texnik baza

7.1. Institutga ushbu Ustavda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida operativ boshqarish huquqi bilan davlat (ta`sischi) tomonidan binolar, inshootlar, mulkiy majmualar, o`quv tajiriba bazasi, institutning pasportiga muvofiq asbob-uskunalar, shuningdek iste`mol, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsadlar uchun zarur bo`lgan mulklar biriktirilgan.

Institut O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladigan davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan ob`ektlar qatoriga kiritilgan.

Institutga ajratilgan er uchastkalari  muddatsiz tekin foydalanish uchun biriktirilgan.

                7.2. Institut jismoniy va yuridik shaxslardan sovg`a, hadya, xomiylik yoki vasiyat bo`yicha berilgan pul mablag`lari, mol-mulk va boshka mulkiy ob`ektlarga, institut faoliyatining samarasi hisoblangan intellektual va ijodiy mahsulotlarga, shuningdek o`z faoliyati orqali oladigan daromadlar va bu daromadlar hisobidan sotib olinadigan mulkiy ob`ektlarga egalik qiladi.

   7.3. Institut mol-mulkni ijaraga oluvchi va mol-mulkni ijaraga beruvchi sifatida faoliyat ko`rsatish huquqiga ega. O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Ijara to`g`risidagi qonun va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to`g`risida”gi Nizomga muvofiq  o`ziga biriktirilgan ijaraga berilishi qonun hujjatlariga zid bo`lmagan binolar, inshootlar va ularning qismlari, asbob-uskunalar, transport vositalari shaklidagi davlat mulki va boshqa mol-mulklari Kengashning roziligi bilan tasarruf etish huquqisiz, belgilangan narxlar bo`yicha ijaraga berishni amalga oshiradi.

Ijara haqi sifatida olingan mablag`lar ta`lim jarayonini ta`minlash va uni rivojlantirish uchun foydalaniladi.

   7.4. Institutning ta`lim faoliyatini moliyaviy ta`minlash davlat grantlari asosida mutaxassislar tayyorlash uchun ajratilgan byudjet mablag`lari, davlat tomonidan belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda qayta tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish hisobiga ajratilgan mablag`lar, shuningdek byudjetdan tashqari mablag`lar, jumladan, talabalar va tinglovchilarni o`qitish uchun belgilangan tartibda olingan to`lov-shartnoma asosidagi mablag`lar va tadbirkorlik tushumlari hisobidan amalga oshiriladi.

7.5. Institut asosiy faoliyatiga zarar etmaydigan tartibda ta`lim hamda boshqa sohalarda pullik ta`lim va servis xizmatlarini amalga oshirishi mumkin. Institut shug`ullanadigan tadbirkorlik faoliyati uning Ustavida belgilangan vazifalarga mos kelishi kerak.

Institut o`z mulki bilan xo`jalik yurituvchi sub`ektlar, jamiyatlar va shirkatlarning ustav jamg`armasida qatnashish, pullik ta`lim xizmatlari, maslahatlar va boshqa xizmatlar uchun narxlarni belgilash, soliq va konunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiy to`lovlardan so`ng qolgan daromadni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega.

Institut pullik ta`lim xizmatlari ko`rsatishni byudjetdan ajratiladigan mablag`lar hisobidagi ta`lim faoliyati doirasida va uning o`rniga amalga oshirishi mumkin emas.

Institut O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda mazkur Ustavga zid bo`lmagan shartnomalarni tuzish, majburiyatlar va boshqa shartlarni belgilash bo`yicha masalalarni mustaqil hal qiladi.

7.6. Institutda lavozim maoshlari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 iyuldagi “Respublika oliy ta`lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to`lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag`batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-926-son qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 1 avgustdagi “Respublika oliy ta`lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to`lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag`batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 164-sonli qarori va mehnatga haq to`lashning yagona tarif setkasiga muvofiq belgilanadi. Institut xodimiga lavozim maoshi (stavka) o`z funktsional vazifalarini hamda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishlarni bajarganligi uchun to`lanadi. Qo`shimcha maosh, ustama va boshqa moddiy rag`batlantirish tadbirlarining hajmini institut mustaqil, moddiy rag`batlantirish fondi doirasida konunchilikda belgilangan tartibda va hajmda amalga oshiradi.

Belgilangan mehnat haqi maxsus ishchi guruh xulosasiga ko`ra faqat uni oshirish maqsadida qayta ko`rib chiqilishi mumkin.

7.7.  Institutda tashkil etilgan jamoat tashkilotlariga faoliyat ko`rsatishlari uchun zarur bo`lgan xonalar ajratiladi.

Institut qoshida tibbiy yordam uchun, shuningdek, o`rnatilgan tartibda tashkil etilgan umumiy ovqatlanish tuzilmasiga (oshxona, bufet) isitish, yoritish va suv ta`minoti bilan ta`minlangan xonalar ajratiladi.

Institutning tegishli binolarini ta`mirlash, rekonstruktsiya qilish yoki yangilarini qurish, ularning moliyaviy ta`minoti qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

VIII. Xalqaro hamkorlik

8.1.   Institut O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi Qonunining 33-moddasiga muvofiq ta`lim sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etadi, chet davlatlarning tegishli o`quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o`rnatish huquqiga ega.

Chet el fuqarolarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ta`lim muassasasi ilmiy - pedagogik xodimlarining O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o`qituvchilik va ilmiy - tadqiqotchilik ishlari davlatlararo organining xorijiy davlatlarning ta`limni boshqarish bo`yicha tegishli organlari o`rtasidagi shartnomalar, shuningdek institutning qonunchilikka muvofiq chet el fuqarolari va xorijiy yuridik shaxslar bilan bevosita tuzgan shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

8.2.    Institut quyidagi huquqlarga ega:

-   O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari deb qaralishi mumkin bo`lmagan, xorijiy sheriklar bilan hamkorlikdagi faoliyat to`g`risida belgilangan tartib asosida shartnomalar tuzish;

-xorijiy sheriklar ishtirokida institutning tarkibiy bo`linmalari (markazlar, laboratoriyalar, texnik parklar va boshqa bo`linmalar)ni qonunchilikda ko`zda tutilgan tartibda tashkil etish.

8.3.    Institut O`zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ushbu Ustavda nazarda tutilgan va “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish borasida aloqalarni rivojlantirishga yo`naltirilgan tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug`ullanish huquqiga ega.

8.4. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-2909-sonli qarorining ijrosini ta`minlash maqsadida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida quydagilar amalga oshiriladi:

- o`qituvchilar, yosh olimlar va magistrantlarni malaka oshirishga, stajirovkaga magistratura va PhD bo`yicha xorijiy OTM bilan muzokaralar olib borish;

- O`quv jarayoniga halqaro ta`lim standartlariga asoslangan ilg`or pedagogik texnologiyalar, o`quv dasurlari va o`quv uslubiy materiallarni keng joriy qilish maqsadida xorijiy OTM bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatish.

Chet el fuqarolarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ta`lim muassasasi ilmiy - pedagogik xodimlarining O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o`qituvchilik va ilmiy-tadqiqotchilik ishlari davlatlararo organining xorijiy davlatlarning ta`limni boshqarish bo`yicha tegishli organlari orasidagi shartnomalar, shuningdek, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining qonunchilikka muvofiq chet el fuqarolari va xorijiy yuridik shaxslar bilan bevosita tuzgan shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

 

IX.   Yakuniy qoidalar

9.1.    Institut O`zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda quyidagilarga javob beradi:

-  uning vakolatiga kiritilgan vazifalarni bajarilishiga;

-   ta`lim jarayonida o`quv reja va jadvallarga muvofiq ta`lim dasturlari hajmini to`liq bajarilishiga;

-   ta`lim jarayoni vaqtida institutda ta`lim oluvchilar va xodimlarning o`z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog`liq holda sog`ligiga zarar etkanida, basharti zarar institut aybi bilan kelib chiqqanligi isbotlangan taqdirda hayoti va sog`lig`iga;

- ta`lim oluvchilar va xodimlarning o`z vazifalarini bajarishi bilan bog`liq holatlarda ularning huquq va erkinliklarining buzilganligida;

-   O`zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlarga.

9.2.   Institut O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida qayta tashkil qilinishi yoki tugatilishi mumkin.

9.3.    Ushbu ustav O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlanib, o`rnatilgan tartibda davlat ro`yxatidan o`tkazilgandan so`ng kuchga kiritiladi.  Institutning Ustaviga o`zgartirish yoki qo`shimchalar kiritish vazirlikning buyrug`i asosida amalga oshiriladi.

9.4.  Ushbu Ustav institutning 2017 yil 28-noyabr`dagi institut Kengashi yig`ilishining 4-sonli qarori asosida ma`qullangan.

 

O`quv ishlar bo`yicha prorektor:                                             M.A.Jumamuratov

 

Ma`naviyat va ma`rifat

ishlari bo`yicha prorektor:                                                        Q.A.Qadirov

 

Ilmiy ishlar bo`yicha prorektor:                                               M.A.Jalelov

 

Moliya va iqtisodiyot ishlari bo`yicha prorektor:                    R.Q.Ibadullaev