22.09.2019, Yakshanba

Qoraqalpog’iston Respublikasi Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi

Ismailov Uzaqbay Qarlыbaevich

Qoraqalpog’iston Respublikasi Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi rahbari

 Manzil:

 230100, Nukus shahri, G'arezsizlik ko'chasi 57 uy

  Telefon:

 0(361) 222-66-33

 E-mail:

 Standart.rk@exat.uzkkusm_2010@mail.ru

 Qabul kunlari:

  Chorshanba, Payshanba 08:00-11:00

 

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi 


Funktsional vazifalari:


O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ("O'zstandart" agentligi) standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi vazifalarni hal qilish uchun maxsus vakolat berilganO'zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organi hisoblanadi. “O'zstandart” agentligi o'z faoliyatini amaldagi Qonunchilikka ko'ra bevosita va quyi tizim tashkilotlari orqali amalga oshiradi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar va xizmatlarning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarito'g'risida” 2004 yil 3 avgustdagi 373-sonli qaroriga asosan “O'zstandart” agentligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

"Standartlashtirishto'g'risida", "Metrologiya to'g'risida", "Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to'g'risida"giO'zbekiston Respublikasining qonunlari amalda ro'yobga chiqarilishini ta'minlash;

standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo'yicha xalqarostandartlarni qo'llash asosida mahsulotlar sifatini va ularning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

standartlashtirish, o'lchovlar yagonaligi, sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat ko'rsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishni, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo tizimlar va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg'unlashtirilishini ta'minlash;

mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi va sifati, o'lchovlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya etilishi yuzasidan iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta'minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishishlarini tashkil etish.