29.03.2024, Juma

Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi


­­­­­­­­


Bekchanov Xalmurza Tursunbaevich

 Qoraqalpog`iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi  boshlig`i v.v.b

 Manzil:

742000, Nukus shahri, T.Kayipbergenov ko`chasi, 23-uy

 Telefon:

0(361) 222 00 33

 E-mail:

qoraqalpogiston@soliq.uz

Qabul kunlari:

Xar kuni 08:00-11:00

 

 




Yusupov Sardar Erkebaevich

 Qoraqalpog`iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi  boshlig`i o`rinbosari

 Manzil:

 742000, Nukus shahri, T.Kayipbergenov ko`chasi, 23-uy

 Telefon:

0(361) 780 03 26

 E-mail:

qoraqalpogiston@soliq.uz

Qabul kunlari:

Chorshanba 08:00-11:00

 

 

                                                                                                           

 

 Qoraqalpog`iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi boshlig`ining funktsional vazifalari

Qoraqalpog`iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi boshlig`i:

davlat soliq boshqarmasining faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda davlat soliq boshqarmasiga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun javob beradi;

o`ziga yuklangan vazifalar amalga oshirilishini ta`minlaydi, o`ziga bo`ysunuvchi bo`linmalar faoliyatini tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

boshqarma tarkibiy tuzilmalari, o`ziga bo`ysunuvchi hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbarlari va xodimlarining javobgarlik darajasini belgilaydi;

belgilangan vakolatlar doirasida O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Davlat soliq qo`mitasining ichki idoraviy hujjatlari asosida va ularni bajarish yuzasidan Qoraqalpog`iston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan bajarilishi majburiy bo`lgan buyruqlar chiqaradi, topshiriqlar va ko`rsatmalar beradi;

Davlat soliq qo`mitasi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog`iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi va davlat soliq inspektsiyalarining shtatlar jadvalini boshqaruv xodimlarining belgilangan soni hamda yordamchi xodimlarning amaldagi hisob normativlari va mehnatga haq to`lash fondi doirasida tasdiqlanadi.

xodimlarning cheklangan soni va mehnatga haq to`lash fondi doirasida Qoraqalpog`iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi va davlat soliq inspektsiyalari tuzilmasiga belgilangan tartibda o`zgartirishlar kiritish huquqiga ega bo`ladi;

Davlat soliq qo`mitasi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat soliq inspektsiyasi to`g`risidagi namunaviy nizom asosida Qoraqalpog`iston Respublikasining davlat soliq inspektsiyalari to`g`risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

Qoraqalpog`iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi hamda inspektsiyalari xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

alohida o`rnak ko`rsatgan xodimlarni respublika davlat mukofotlarini va davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari uchun O`zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan maxsus unvonlarni berish uchun Davlat soliq qo`mitasiga tavsiya qiladi;

O`zbekiston Respublikasining davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari bilan bo`ladigan munosabatlarda Qoraqalpog`iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi nomidan ish olib boradi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi boshlig`i unga berilgan vakolatlar doirasida boshqa huquqlarga ham egadir.

 

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi boshlig`i o`rinbosarlarining funktsional vazifalari

 

davlat soliq boshqarmasining mas`ul funktsional bo`linmalariga rahbarlik qiladi hamda o`zlariga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun javob beradi;

o`ziga yuklangan vazifalar amalga oshirilishini ta`minlaydi, o`ziga bo`ysunuvchi bo`linmalar faoliyatini tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

boshqarma tarkibiy tuzilmalari, o`ziga bo`ysunuvchi hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbarlari va xodimlarining javobgarlik darajasini belgilaydi;

belgilangan vakolatlar doirasida O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Davlat soliq qo`mitasining ichki idoraviy hujjatlari asosida va ularni bajarish yuzasidan Qoraqalpog`iston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan bajarilishi majburiy bo`lgan buyruqlarning chiqarilishini tashkillashtiradi va ijrosini tazorat qiladi, topshiriqlar va ko`rsatmalar beradi;

alohida o`rnak ko`rsatgan xodimlarni respublika davlat mukofotlarini va davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari uchun O`zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan maxsus unvonlarni berish uchun Davlat soliq boshqarmasi boshlig`iga tavsiya qiladi;

Qoraqalpog`iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosarlari  o`zlariga berilgan vakolatlar doirasida boshqa huquqlarga ham egadir.