21.09.2019, Shanba

Qoraqalpog`iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhafoza qilish qo'mitasi


Xojanazarov Turǵanbay Jumamuratovich

Qoraqalpog'iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhafoza qilish qo'mitasi  rahbari


Manzil:

230100, Nukus shahri, Berdaq guzari raqamsiz uy

Telefon:

0 (361) 224-08-50

E-mail:

  rktabiat@exat.uz

Qabul kunlari:

Chorshanba 10:00-17:00

 


Djumaniyazov Maksud Allanazarovich

Qoraqalpog'iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhafoza qilish qo'mitasi  rahbari o'rinbosari

Manzil:

230100, Nukus shahri, Berdaq guzari raqamsiz uy

Telefon:

0 (361) 224-08-77

E-mail:

 nukus@uznature.uz

Qabul kunlari:

Chorshanba 10:00-17:00

 


Jollıbekov Murat Baxtiyarovich

Qoraqalpog'iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhafoza qilish qo'mitasi  raisining  o'rinbosari

Manzil:

230100, Nukus shahri, Berdaq guzari raqamsiz uy

Telefon:

0 (361) 224-08-77

E-mail:

 nukus@uznature.uz

Qabul kunlari:

Chorshanba 10:00-17:00



O'ZBEKISTON  RESPUBLIKASI EKOLOGIYa VA ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISh DAVLAT QO'MITASI



Qoraqalpog'iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni  muhofaza  qilish  qo'mitasi  raisining


L A V O Z I M  Y O' R I Q N O M A S I


 


I.       UMUMIY HOLATLAR       


 1. Qoraqalpog'iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo'mitasi raisi o'z ish faoliyatini “O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi to'g'risida”gi va “Qoraqalpog'iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo'mitasi to'g'risida”gi Nizomlari, boshqa atrof tabiiy muhitga oid qonun osti hujjatlari, yo'riqnomalarga binoan tashkil etadi.


2. Qoraqalpog'iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza kilish qo'mitasining raisi O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi raisiga  va uning o'rinbosariga  bo'ysunadi .


3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengashi Prezidiumi qaroriga asoslanib ishga tayinlanadi  va bo'shatiladi.


4. Mansabi bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza kilish qo'mitasi raisi Bosh  Davlat  inspektori    hisoblanadi.


 


II. LAVOZIM  MAJBURIYaTLARI


 


   1. Qoraqalpog'iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza kilish qo'mitasini,  Hay’atni, mahalliy jamg'arma Kengashini,  Davlat ekologik ekspertizasi va ekologik sertifikatni boshqaradi. Qoraqalpog'iston Respublikasi qo'mitasi bilan shahar va tuman inspektsiyalari, tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti, xodimlar, hisobxona, huquq, xo'jalik ishlari bo'limlari, maxsus  qism  va fuqaro muxofazasi sektorlari ishlarini muvofiqlashtiradi.


   2. Qoraqalpog'iston Respublikasi miqyosida Davlat xokimiyati va davlat boshqaruv organlari, fuqarolarni o'z o'zini boshqarish mahalliy organlari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda tabiatni muhofaza qilish qonunlariga rioya etilishi va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishda tarmoqlararo boshqaruvni amalga oshirilishida davlat nazoratini tashkil etadi.


    3. Qoraqalpog'iston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyiha va dasturlarida yagona atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan tejab tergab foydalanish siyosatini olib boradi.


               4.Korxona, tashkilotlar tomonidan atrof tabiiy muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan kompleks foydalanish, saqlash, takror ishlab chiqish borasidagi loyiha va dasturlarining bajarilishini  ustidan nazoratni ta'minlaydi.


  5.Korxona, tashkilot va boshqa tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan atrof tabiiy muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi loyihalari va chora tadbirlarini kelishadi va bajarilishini ustidan nazorat olib boradi. Me’yoriy hujjatlarni  va atrof muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsion to'lovlar hisob-kitobini tasdiqlaydi va tabiiy muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida tegishli ruxsatnomalarni beradi.


 6.Tuproq, foydali qazilmalar, suv, atmosfera havosi, o'simlik va hayvonot dunyosining holati bo'yicha monitoring yuritilishini muvofiqlashtiradi, ob’ektlarning ifloslanishi analitik nazorat qilish va atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslarga zararli ta'sirlar to'g'risida ma'lumotlar bankini yaratilishiga metodik rahbarlik qiladi.


 7.Yangi(ta'mirlanayotgan) ob’ektlarni, tabiatni muhofaza qilish  inshoatlarini qabul qilish va ishga tushurish bo'yicha davlat komissiyalari ishida, barcha turdagi faoliyat turlari uchun er ajratish xujjatlarini kelishishda qatnashadi.


 8.Aholi orasida ekologik bilim va madaniyatini oshirish bo'yicha targ'ibot va tashviqot  ishlarini amalga oshiradi, yoshlar orasida ekologik ta'lim darajasini ko'tarishga ko'maklashadi.


 9.Korxonalar va ho'jalik yurituvchi sub’ektlarda tabiatni muhofaza qilish qonunlariga rioya etilishi yuzasidan kompleks tekshirishlarni tashkillashtiradi va uni o'tkazilishini  nazorat qiladi.


10. Qoraqalpog'iston Respublikasi, shahar va tuman tabiatni muhofaza  qilish inspektsiyalari  mutaxassislaridan  o'z xizmat vazifalarini  bajarmagan  xolatlar  uchun  tushuntirishlar  talab qiladi.    


            11.O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi tomonidan  berilgan   topshiriqlarni o'z vaqtida  bajarishi, mehnat  va ishlab  chiqarish tartibiga qattiq rioya qilishi va o'z ish vaqtidan unumli  foydalanishi kerak.


        12.O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasiga Qoraqalpog'iston Respublikasi qo'mitasi tomonidan o'rnatilgan tartibda hisobot berilishni tashkillashtiradi va ta'minlaydi.


 


III. HUQUQLARI


 


               1.Qoraqalpog'iston Respublikasi shahar va tuman miqyosida  korxonalarga, tashkilotlarga mansabdor shaxslarga va jismoniy shaxslarga tabiatni muhofaza qilish borasida ko'rsatmalar beradi.


             2.Qoraqalpog'iston Respublikasi, shahar va tuman  hududidagi  korxonalardan  O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilishning iqtisodiy mexanizmini amalga oshirishga qaratilgan qarorlariga asosan  to'lov  hisoblarini  taqdim etishlarini va to'lov mablag'larining mahalliy jamg'armaga undirilishi bo'yicha  ma'lumotlarni  talab qiladi.


                         3.Qoraqalpog'iston Respublikasi, shahar va tuman inspektorlarining ish rejalarini bajarilishini  nazorat  qilish, ularning hisobot ishini va inspektsion ishlarini yaxshilashga nisbatan o'z  takliflarini kiritish  xuquqiga ega.


 4.Tabiatning ifloslanishi, unga etkazilgan zarar, resurslardan oqilona foydalanilmaganligi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga davogarlik qiladi.


 5.O'z vakolati doirasida Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ma'muriy javobgarlik  bo'yicha hujjatlarini ko'rib chiqadi va O'zR MJtKga asosan ma'muriy jarima soladi. Zaruriyat bo'lganda hujjatlarni  huquqni muhofaza qilish organlariga yuboradi.


 6.O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi rahbariyatiga  tabiatni  muhofaza  qilish  borasidagi   faoliyatini  olib borish  maqsadida  zarur  shart-sharoit yaratib berish uchun  murojaat qiladi


IV. BILIMIGA  QO'YILGAN TALABLAR


1. O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Jo'qorg'i Kengash boshlig'i farmon, qarorlari va farmoyishlarini, Oliy Majlis va Jo'qorg'i Kengash qarorlarini, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qarorlarini. O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qonunlarini, O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat  qo'mitasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi qo'mitasi Nizomini va me’yoriy  xujjatlarni, O'zR Mehnat Kodeksini, Xodimlarni attestatsiyadan o'tkazish tartibini, O'zR MJtKni, O'zR Jinoyat Kodeksining ekologiyaga doir qismini, xo'jalik faoliyatining atrof muhitga va tabiiy resurslarga ta'sirining asosiy ko'rsatgichlarini,ishlab chiqarish korxonalarining va atrof muhitni muhofaza qilish inshootlarining ish texnologiyasini bilishi kerak.


2. O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi va  Qoraqalpog'iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo'mitasining  buyruqlarini   bilishi kerak.


3.Tekshirish natijalarini  xujjatlashtirishni  va ko'rsatilgan  kamchiliklarni  bartaraf etish  bo'yicha  o'z takliflarini  kiritishni  bilishi kerak.


4. Atrof  muhitni  muhofazasi  bo'yicha  chiqarilgan  qonunlarga  asosan  ma'muriy  choralar  ko'rishni bilishi kerak. Huquqbuzarlik  uchun  tuzilgan  bayonnoma, qarorni  xatosiz qonun va qonun osti hujjatlari asosida  to'ldirishni  bilishi kerak.


5.O'z ish  faoliyatini ilmiy  asosda  tashkil  qilishi kerak.


6.O'z ustida malakasini oshirish uchun ishlashi, ilmiy bilimlarni oshirishi o'z mutahassisligi bo'yicha metodik qo'llanmalarga asoslanib ish yuritish lozim.


 


 


V. KVALIFIKATsIYaGA TALABLAR


 


               Oliy    ma'lumotli   yoki   ekolog  bo'lishi  talab   etiladi. Ekologiya va atrof muhitni  muhofaza qilish sohasida yoki davlat boshqaruv organlarida 5  yildan  kam  bo'lmagan  ish  stajiga ega  bo'lishi  lozim.