22.09.2019, Yakshanba

Qoraqalpog'iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi



Bayniyazov

G'ayratbay
 Xojanovich


Qoraqalpog'iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri

  Manzil:

230103, Nukus shahri, A.Dosnazarov ko'chasi 62 uy
 Telefon:­­

0(361) 222-94-16

 E-mail:

qrsport@exat.uz

    Qabul kunlari:

 Seshanba  09:00-12:00

 

 



Reymov Qahraman
 Sherimmat o'g'li


Qoraqalpog'iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri  o'rinbosari

 Manzil:
230103, Nukus shahri, A.Dosnazarov ko'chasi 62 uy
 Telefon:­­

0(361) 222-94-10

 E-mail:

qrsport@exat.uz

    Qabul kunlari:

 Chorshanba, payshanba va juma  09:00-12:00

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 

funktsional vazifalari


O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyalari va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

Qoraqalpog'iston Respublikasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish 

va nazorat qilish, ularga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qaror va farmoyshlari hamda boshqa qonun hujjatlari va Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyruqlari bilan yuklangan vazifalar va funktsiyalar bajarilishini tashkil etish;

tuman (shahar) bo'limlari faoliyati bilan bog'liq prognoz ko'rsatkichlariga erishishni so'zsiz ta'minlash bo'yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta'minlash, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hujjatlari va topshiriqlari, ijro intizomini mustahkamlash bo'yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni ta'minlash, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi 

va uning komplekslari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to'g'risida” 2017 yil 11 apreldagi PQ–2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o'z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun boshqarma bo'linmalari xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko'rish;

jismoniy tarbiya va sport vazirligi hay’ati qarorlari, vazir buyruqlari, vazir va uning o'rinbosarlarining topshiriqlari o'z vaqtida  va sifatli bajarilishini ta'minlash;

jismoniy tarbiya va sport sohasiga kiradigan masalalar bo'yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;

o'z o'rinbosari vakolatlarini belgilash, ular o'rtasida vazifalarni taqsimlash, vazirlik mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, tuman (shahar) bo'limlari faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o'z o'rinbosari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;

tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo'limlari va o'z o'rinbosarining choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilishni ta'minlash;

tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo'limlarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, bo'linmaning kadrlar zaxirasini shakllantirish;

 vazirlikning markaziy apparati nomenklaturasiga kiradigan bo'sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo'limlariga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o'z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta'minlash;

vazirlik bo'limlari xodimlarini, o'z o'rinbosarini rag'batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko'rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo'yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo'limlari hamda sport ta'lim muassasalari rahbar va xodimlari ushbu qoidalarga rioya etishini ta'minlash;

huquqni qo'llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo'limlari tizimida “Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korruptsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko'rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko'maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

prognoz ko'rsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo'limlari tomonidan ushbu ko'rsatkichlarga so'zsiz erishishni ta'minlashga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar ko'rish bo'yicha takliflarni boshqarmaga kiritish;

vazirlikning tarkibiy bo'limlari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig'ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo'yicha zarur chora-tadbirlar ko'rish;

vazirlik faoliyatiga oid masalalar bo'yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni ko'rib chiqish uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga kiritish;

tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo'limlari hamda sport ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan to'g'ridan-to'g'ri va ochiq muloqotni yo'lga qo'yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan barcha murojaatlarini o'z vaqtida va to'laqonli ko'rib chiqish;

vazirlik bo'limlari xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to'lash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, rag'batlantirish va ularga intizomiy chora qo'llash to'g'risida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to'g'risidagi takliflarni Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga kiritish;

davlat sirini yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma'lumotlarning himoya qilinishini ta'minlash.