18.10.2019, Juma

Bayroq


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BAYROG‘I



Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i — bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir.



QORAQALPOG‘ISTON  RESPUBLIKASINING DAVLAT BAYROG‘I



«Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida» Qonun 14-dekabr 1992-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining XII sessiyasida qabul qilingan.


Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasining suveren davlat ekanligini bildiradi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i moviy rang, sariq va yashil ranglardan iborat bo‘lib, markazida sariq rangni oq va qizilrangli yo‘laklar ajratib turadi.


Bayroqning moviy rangi bahor yoshligi - suvning mangu timsoli hisoblanadi. Sariq rang yesa, Qoraqalpog‘iston aymog‘ining ulkan qismi sahrolardan iborat yekanligini bildiradi. Yashilrang yesa tabiatning yangilanishining, ma’naviy yasharish, ishonchining va quyoshning belgisi. Bayroqtagi yendi tug‘ilgan oy musulmonlarnning muhaddas timsoli bo‘lsa, besh yulduzning rasmi Qoraqalpog‘istonining qadimiy va navquron besh shahrining - qoraqalpog‘istonlilarning turmush va ishonch qo‘rg‘onlarining timsoli hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasining rasmiy vakillarining chet yelsafarlariga, xalqaro anjumanlarda, ko‘rgazmalarda va sport o‘yinlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasini jahonga tanitadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro maydonda boshqa davlatlarning bayroqlari bilan teng turadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuxoralari va bu yerda yashaydigan boshqa insonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘ini hurmat qilishi shart.