2022-yil 28-sentabr kuni
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti Ishchi guruhi tomonidan sohaga taalluqli masalalar bo‘yicha
yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar
samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya
etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi P.Dabılov ochdi va olib
bordi.