29.03.2024, Juma

“Nukus-Farm” EIZ Farmatsevtika rivoji yulida



Qoraqalpog'iston respublikasi yaqin yillar ichida misli ko'rilmagan o'zgarishlar, yangilanishlar sodir bo'layotgan go'shalardan biriga aylanib bormoqda. Bunyodkorlik ishlari, har jabhadagi yangilanishlar, asosiysi xalq farovonligini ta'minlashga qaratilgan izchil dasturlar aholining bugungi kundan rozi bo'lib, ertangi kunga ishonchlarini mustahkamlashga zamin yaratmoqda. 

Prezidentimizning 2017 yil 3 may kungi "Nukus-farm", "Zomin-farm", "Kosonsoy-farm", "Sirdaryo-farm", "Boysun-farm", "Bo'stonliq-farm" va "Parkent-farm" erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to'g'risidagi”gi PF-5032-son farmoyishi hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 iyuldagi «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 542-sonli qaroriga muvofiq «Nukus farm» EIZning Nizomi tasdiqlandi. Shu tariqa 2017 yil 13 sentyabrda “NUKUS-FARM ERKIN IQTISODIY ZONASI  DIREKSIASI” davlat unitar korxonasi tashkil etildi.

Direktsiya faoliyati uchun etarli shart-sharoitlar yaratilgan. Direktsiyadaetarli kasbiy malaka, bilim va ish tajribasiga ega xodimlar ishbilan ta'minlangan. 

EIZning umumiy maydoni 1296,79 ga nitashkil qilib, shundan 1264 ga er maydoni dorivor o'simliklarni etishtirish uchun plantatsiya tashkil etish, 32,79 ga er maydoni dori mahsulotlari va tibbiy asbob uskunalar ishlab chiqarish uchun ajratilgan. 

Mazkur loyihalarni amalga oshirishi natiyjasida 115 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi, 38,8 mlrd so'm mahsulot ishlab chiqarishi hamda 3 mln AQSh dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilmoqta. Shu bilan birga, joriy yil yakuni va 2019 yilning1 apreliga qadar 9 ta loyiha to'liq ishga tushirilishi kutilmoqda.

Buning natijasida 42,8 mln dollar investitsiya o'zlashtirilib, 448 ta yangi ish o'rinlari tashkil etilishi belgilab quyilgan. 


Ushbu erkin iqtisodiy zonaga kreditlar ajratilishi bo'yicha ham bir qator imtiyozlar berilgan bo'lib, hududlarida amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun, shuningdek, dorivor o'simliklar xomashyosini etishtirish bo'yicha plantatsiyalar tashkil etish uchun xo'jalik yurituvchi sub’ektlar va fermer xo'jaliklariga o'z mablag'lari hamda O'zbekiston Respublikasining davlat kafolati berilmagan holda jalb etilgan xorijiy kredit liniyalari hisobiga kreditlar ajratilishi va garov ta'minoti etarli bo'lmagan yoki mavjud bo'lmagan hollarda investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga texnologik uskunalar lizing asosida etkazib berilishinini ta'minlanishi shular jumlasidan. 

Xulosa o'rnida shuni alohida ta'kidlash joizki, respublikamiz hududida erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish aholining dori va dorivor o'simliklarga bo'lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda sifatli, arzon asosiysi, o'zimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan ta'minlashdir. Bu esa xalqimizning tinch va farovon yurtda sog'-salomat va baxtli hayot kechirishlari uchun qo'yilgan ezgu qadamlarning davomi ekanligidan dalolatdir.

S.Usnatdinov, Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi Yuridik shaxslar soliq ma'muriyatchiligi va kameral nazorat bo'limi boshlig'i    
D.Ayimbetova, Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo'limi bosh inspektori