29.03.2024, Juma

Yoshlarga er ajratish yo'li bilan ular bandligini ta'minlash choralari ko'rilmoqda

Ellikqal’a tumanida  18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar 34 mingdan ortiq yoshlarni  tashkil qiladi. Ulardan 3530 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan. 
Qishloq xo'jaligida yoshlar bandligini ta'minlash, ularni moliyaviy qo'llab-quvvatlash, qishloq joylarda yangi ish o'rinlarini yaratish  maqsadida joriy yil tumanda 2000 gektar er maydoni ajratilishi ko'zda tutilgan. Bu  bilan 7200 nafar ishsiz yigit-qizning bandligi ta'minlanadi.

 Bugun “Qirqqizobod” ovul fuqarolar yig'ini hududida joylashgan “ Murodjon-Muxidjon”  fermer xo'jaligida 3 gektar  er maydonidan “Oq oltin”  mahallasida  istiqomat qiluvchi 10  nafar ishsiz yoshga 30 sotixdan er ajratib berildi.
Ko'rgazmali seminarda 1-sektor rahbari,  tuman hokimi S. Avezov, sektor va  mas’ul korxona va tashkilotlar rahbarlari,  hudud mahallaridan yoshlar ishtirok qildilar. 

Tumanimiz rahbari so'zga chiqib  har bir qarich erdan unumli foydalanish, intensiv usulda mahsulot etishtirish hamda ishsiz yoshlar bandligini ta'minlash maqsadida  tumanda amalga oshirilayotgan ishlar haqida to'xtalib o'tdilar.
- Men bugun 30 sotix erning egasi bo'ldim. Kelgusida men o'zimga ajratilgan erlardan to'g'ri foydalanib, ekindan yuqori hosil olib, oilam daromadini yaxshilashga, yuqori hosildorlikka erishsam xalqimiz dasturxonini qishloq-xo'jaligi mahsulotlari bilan to'ldirishga o'z hissamni qo'shaman,- deydi  “Oq oltin” lik Muxriddin Saparbaev.

Mamlakatda yuqoridagi kabi  loyihalarning amalga oshirilishi aholi, ayniqsa yoshlar uchun yangi-yangi ish o'rinlari yaratilishi va aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.


Ellikqal’a tumani hokimligi axborot xizmati.