29.03.2024, Juma

«Qoraqalpoq suv ta'minoti» MChJ bilan Matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Bugun Qoraqalpog'iston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining majlislar zalida «Qoraqalpoq suv ta'minoti» MChJ tomonidan 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar shuningdek, ichimlik suviga 2021 yilning 21 yanvaridan boshlab belgilanadigan yangi narx bo'yicha kelib chiqayotgan savollar bo'yicha matbuot anjumani tashkillashtirildi.

Unda «Qoraqalpoq suv ta'minoti» MChJ rahbari, tegishligi bo'yicha mas’ullar bilan birga jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.
Matbuot anjumanida jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savollarga soha vakillari atroflicha javob berdi. Shuningdek aniq tushunchaga ega bo'lishlari uchun toza ichimlik suvining foydalanish uchun yaroqli holga kelguniga qadar davom etadigan jarayon videolavhalar orqali nammoiysh etildi.




QR Vazirlar Kengashi axborot xizmati