29.03.2024, Juma

Energetika vazirligi elektr ta'minoti uchun mavjud qarz to'langandan so'ng, elektr energiyasi avtomatik tarzda ishga tushmasligiga izoh berdi.

Xabar berilishicha (http://minenergy.uz/ru/news/view/1015), ASKUE tizimi iste’molchilarning 100 foizini qamraganidan so'ng to'liq tartibda ishlay boshlaydi. Bugungi kungacha 72% iste’molchilarga ushbu turdagi hisoblagichlar o'rnatilgan. Ushbu tizimga to'liq ulanish 2021 yil apreligacha rejalashtirilgan. (http://minenergy.uz/ru/news/view/1015) 

«Ayni paytda elektr iste’moli bo'yicha qarz to'langach, uning ta'minotini „qo'lda“ qayta tiklashga to'g'ri kelmoqda. Biroq, ASKUE tizimiga to'liq ishlashini uzoq kutishga to'g'ri kelmaydi, chunki hozirda 5 mln 307 ming 346 iste’molchi zamonaviy hisoblagichlar bilan ta'minlangan», — deya javob berdi Energetika vazirligi.

Vazirlikning ma'lum qilishicha, ushbu hisoblagichlarga ega 2,9 mln (54%) iste’molchi billing tizimiga ulangan, ya’ni to'lov amalga oshirilgandan so'ng avtomatik tarzda elektr energiyasini qabul qilish ishga tushadi.