28.03.2024, Payshanba

“Qushchilik” MFY hududida yangi transformator o'rnatildi

   Bugungi kunda Taxiyatosh tumani  “Qushchilik” MFY hududida 516 ta oilada 1 ming 900 dan ziyod aholi istiqomat qilib kelmoqda.  
 Mahalla  ahli elektr energiyasining tez-tezdan uchib qolishidan aziyat chekib, elektr energiyasini etkazib beruvchi  TP-3 transformatorining eskirib avariya holatiga tushib qolganligi sabab eski transformator o'rniga yangisin qurib berishda  hududning sektor rahbarlari va  deputatlarga murojaat qildi.  

Murojaat yuzasidan  O’zLiDeP partiyasidan saylangan Taxiyatosh tuman kengashi deputati  B.Shapiev va 3 sektor rahbari, Taxiyatosh tuman ichki ishlar bo'limi bo'lim boshlig'i   J.Kamalovlar muammoni o'rganib chiqib, eski transformator o'rniga yangisin qurib berishda tashabbus ko'rsatdi. 

Qolabersa qishning sovuq kunlarida bolalarning maktabga qatnaydigan yo'llari yoroqsiz holga kelib qolganligi bois hududdagi  Michurin Ataniyazov va  Qushchilik ko'chalariga shag'al yotqizildi.  
 
O’zLiDeP Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashi matbuot xizmati