29.03.2024, Juma

Muhtoj oilaning uyi qayta tiklab berildi

O’zLiDeP  partiyasidan saylangan Taxiyatosh tuman kengashi deputati Azat Matmuratov yana bir xayrli ishga qo'l o'rdi.  
Taxiyatosh tumani  “Oraylыq” mahalla fuqarolar yig'ini  Qoblanov ko'chasida istiqomat qiluvchi yolg'iz  boshli  onaxon  Qutlibiyke  opa  Urazniyazova necha yillardan buyon  yashab kelayotgan uyi  avariya holatida edi. 
Deputat o'zi rahbarlik qiladigan Obodonlashtirish boshqarmasi jamoasi bilan birgalikda uyni qisqa fursat ichida qaytadan ta'mirlab berdi.