19.09.2020, Shanba

PANDEMIYaGA QARShI KURAShDA qoraqalpog'istonlik suvchilar ham og'izbirchilikda harakat qilmoqdalar

Ayni kunlarda mamlakatimizda sinovli kunlar, ta'bir joiz bo'lsa, koronavirus pandemiyasi bilan kurashlar  davom qilmoqda. Ayniqsa, bu borada tibbiyot xodimlarining matonatli kurashlari natijasida  bemorlar shifo topayotgani, ularni chin ma'noda zamonamiz qahramonlariga aylantirmoqda. E’tiborlisi, yurtimizdan  koronavirus pandemiyasi balosini tezroq  daf qilish borasida butun xalqimiz birdamlikda harakat qilmoqda,  barcha soha vakillari bu ezgu ishga o'z hissasini qo'shish tashabbusi bilan chiqmoqda. 



 Yaqinda Qoraqalpog'iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirusga chalingan bemorlarning bir guruhi tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatilganligi e’lon qilindi. Ha, bu kabi xushxabarlar barcha hududlarda bo'yicha eshitayotganimiz quvonarli, albatta. 

Mana shunday sinovli kunlarda muhtojlarga xayr-sahovat ko'rsatish, qiyin sharoitga tushib qolganlarga yordam berish, muruvvatli bo'lish xalqimizga xos ulug' an’ana, milliy qadriyatlardan biridir. Hozirgi kunda yurtimizda «O'zbekiston mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga mablag'lar ajratish aktsiyasi o'tkazilmoqda va bu jarayonda yuridik va jismoniy shaxslar o'z tashabbuslari bilan muhtoj insonlarga beg'araz yordam ko'rsatib, xayriya tadbirlarida faol ishtirok qilmoqdalar. 

Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar ham yuqorida ko'rsatilgan fondga beg'araz yordam sifatida mablag' o'tkazib berish tashabbusi bilan chiqdi. Avvaliga, vazirlik  apparatida faoliyat ko'rsatayotgan xodimlarning har biri 100 ming so'mdan umumiy 11 million so'm mablag' xayriya uchun ajratgan bo'lsalar, keyinchalik vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar bilan jami 170 million 500 ming so'm  mablag' «O'zbekiston mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondining hududiy muassasasi hisob raqamiga o'tkazib berildi. 


Ayni kunlarda xayriya aktsiyasi davom qilmoqda. Tadbir dorasida shu tizimda samarali faoliyat ko'rsatgan  nuroniylar va yordamga muhtoj ishchi xodimlar ro'yxati shakllantirilib, Suv xo'jaligi vazirligining hududlarda tashkil qilingan yordamchi xo'jaliklarida etishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini beg'araz yordam sifatida berish ishlari yo'lga qo'yilmoqda. 

Shu o'rinda ayrim rivojlangan davlatlarda bu kasallikka chalingan bemorlarga pullik xizmatlar ko'rsatilayotgan bir paytda yurtimizda bu xastalikni yuqtirib olgan bemorlar davolanishi, karantindagilarning barcha ta'minotini davlatimiz o'z zimmasiga olganini alohida e’tirof qilish lozim. Respublikamizning barcha hududlarida minglab yurtdoshlarimiz maxsus karantin joylarida saqlanayotganini, ularni oziq-ovqat va barcha zarur buyumlar bilan ta'minlash, qo'shimcha shifoxonalar qurilayotgani kabi holatlarni inobatga olgan holda ularga sarflanadigan mablag'larni o'zimizcha tasavvur qilib ko'rsak, haqiqatan ham shu yurtda yashayotganimizdan faxrlanamiz va shukkuronalik hissi yanada oshadi.


 E’tiborlisi, bugun mazkur pandemiyaga qarshi kurashda davlat, jamiyat, xalq, qo'yingki, barcha soha xodimlari, shu jumladan qoraqalpog'istonlik suvchilar ham birdamlik va og'izbirchilikda harakat qilmoqdalar. Ishonamizki, bu sa'y-harakatlar albatta o'z samarasini beradi. 


G'ayrat Otajonov,  

Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi matbuot kotibi