08.04.2020, Chorshanba

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tanlov e’lon qiladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020 yil 27 fevral kuni «Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag'allikni qisqarttirish chora-tadbirlari»ga bag'ishlab o'tkazilgan videoselektor majlisi bayonining 20-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan NODAVLAT TAShKILOTLAR O'RTASIDA «Eng yaxshi kasbga tayyorlash o'quv dasturi» shiori ostida Tanlov o'tkaziladi.



Tanlovda mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblarga va tadbirkorlikka o'qitishga ixtisoslashgan nodavlat tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.

Tashkil etiladigan o'quv kurslari qisqa muddatli (2 oydan 3 oygacha) belgilanadi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo'lgan nodavlat tashkilotlarda joriy yilning 31 mart kuniga qadar:

1.Tashkiliy huquqiy hujjatlari (korxonaning davlat ruyxatida o'tkazilganligi,litsenziyaga ega ekanligi)

2.O'quv metodik hujjatlari (qisqa muddatli kasbga o'qitish kurslariga mo'ljallangan o'quv rejasi va dasturi)

3.Kasbga o'qitish kurslari uchun mo'ljallangan zamonaviy jihozlar bilan ta'minlanganligi to'g'risidagi hujjatlar bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi murojaat qilishlari mumkin.

Tanlovda g'olib bo'lgan nodavlat tashkilotlarga kasbga o'qitish kurslarini tashkil etish uchun Bandlikka ko'maklashishi davlat jamg'armasi hisobidan GRANT MABLAG'LARI ajratiladi.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telefon: 61 226-01-16,61 222-70-84


Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Axborot xizmati