08.04.2020, Chorshanba

Dehqon bozorlar: qishloq xo'jaligi mahsulotlarining narxlari o'zgardimi?

2020 yilning 25 mart holatiga Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahri va barcha tuman bozorlarida sotilayotgan ayrim qishloq xo'jaligi mahsulotlarinig narx-navolari o'zgardimi?

Qoraqalpog'iston Respublikasi Dehqon bozorlari birlashmasi bergan ma'lumotga ko'ra o'tgan bir hafta mobaynida (bu haqda18 mart holatiga «karakalpakstan.uz” da axborot berilgandi ) Nukus shahri va barcha tuman bozorlarida sotilayotgan ayrim qishloq xo'jaligi mahsulotlarinig narx-navolarida o'zgarish ko'zatilmagan.

Bugungi narx-navolar haqida quyida tanishingiz mumkin:


Unga ko'ra, bir kilogramm kartoshka narxi 2 ming so'mdan 4 ming so'mgacha.


Bir kilogramm piyoz narxi 1 ming 500 so'mdan 3 ming so'mgacha.


Bir kilogramm guruch narxi 3 ming 500 so'mdan 7 ming so'mgacha.


Bir kilogramm go'sht narxi 37 ming  so'mdan 47 ming so'mgacha.


Bir dona tuxum narxi 500 so'mdan 1000 so'mgacha.


Bir kilogramm sabzi narxi 1000 so'mdan 1 ming 500 so'mgacha.


Bir kilogramm pomidor narxi 12 ming so'mdan 20 ming so'mgacha.


Bir kilogramm bodring narxi 7 ming so'mdan 18 ming so'mgacha.


Bir kilogramm bug'doy narxi 2 ming 800 so'mdan 4 ming so'mgacha.


Bir kilogramm olma narxi 5 ming 500 so'mdan 17 ming so'mgacha.


Bir kilogramm uzum narxi 6 ming  so'mdan 10 ming so'mgacha.


Bir kilogramm baliq narxi 12 ming  so'mdan 35 ming so'mgacha.


Bir kilogramm karam narxi 800 so'mdan 3 ming so'mgacha.


Bir litr sut narxi 4 ming so'mdan 7 ming 500 so'mgacha.


Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Axborot xizmati

👉 Kanalimizga a'zo bo'lish - https://t.me/QRMinistlerKenesi