08.04.2020, Chorshanba

Sog'liqni saqlash vazirligi va OAV vakillari

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati tomonidan Respublika Sog'liqni saqlash vazirligi ishtirokida aholining salomatligini saqlash, jumladan tibbiy xizmat ko'rsatish sifati kabi sohadagi masalalar muhokamasiga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.


Anjumanda Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vaziri D.Xodjiev va uning o'rinbosarlari, Nukus shahar tibbiy muassalar mudirlari hamda mahalliy ommaviy axborot vositlarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar va blogerlar ishtirok etdi.


Vazir D.Xodjiev ta'kidlanidek, so'ngi yillarda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan sohani rivojlantirish, jumladan aholi salomatligini saqlash, tibbiy xizmat sifatini yaxshilash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Masalan, birgina 2019 yilda Respublikada mavjud 238 ta davolosh-profilaktika muassasalari misolida chet davlatlardan 19  milliard so'mga yaqin 4955 dona tibbiy asbob-uskunalar olib kelindi. Respublikada mavjud tez tibbiy yordam avtotransport mashinalari normativga ko'ra 155 taga etkazildi. 


Investitsiya dasturi doirasida 16 ta ob’ektda, “Obod qishloq” dasturi doirasida 16 ta ob’ektda va “Obod mahalla” dasturi doirasida esa 1 ta ob’ektlarda jami 69 milliarddan ortiq qurilish-ta'mirlash ishlari olib borildi. Shuningdek mahalliy byudjet hisobidan 53 ta ob’ektda 17 milliarddan ortiq ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.

Ma'lumki, aholi salomatligini saqlashda xususiy tibbiyot muassalari ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayni kunda Respublikada 300 taga yaqin xususiy tibbiyot muassalari faoliyati yo'lga qo'yilgan bo'lib, joriy yilda ular sonini yana 20 taga oshirish rejalashtirilmoqda. Shuning bilan birga, aholiga tibbiy yordamni yanada yaqinlashtirish maqsadida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida 25 ta ixtisoslashtirilgan bo'limlar tashkil etildi.


Yanada ta'kidlash joizki, Vazirlik tomonidan kadrlar malakasini oshirish va aholiga sifatli tibbiy yordam ko'rsatishda bir qancha chet davlatlar nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qilinmoqda. Masalan o'tgan yil davomida Turkiya (TIKA), Hindiston (Maxhelhcare) Jonubiy Koreya (Evergrin Motors) kabi davlatlar shifokarlari tomonidan mahalliy aholi tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari tashkil etildi.


 Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vaziri tomonidan shu kabi sohada amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil ma'lumotlar berildi. 

Ochiq mulaqot ruxida tashkil etilgan matbuot anjumani jurnalist va blogerlarlerning o'zlarini qiziqtirgan savollari va tibbiy xizmat ko'rsatish sifatini yanada yaxshilash bo'yicha takliflari bilan davom etdi.


Ta'kidlanganidek, sohadagi kadrlar etishmovchilik muammosi, ayniqsa, tumanlardagi qishloq vrachlik punktlariga malakali shifokarlarni jalb qilish masalasi hanuzgacha hal qilinmayabdi. Ayrim tibbiyot mussasalari xodimlarining fuqarolarga tibbiy xizmat ko'rsatishidagi jarayonlarda korruptsiya  holatlari ham yuq emas. Shuningdek, ushbu jarayonda uzoq navbat kutishlarlar ko'zatilmoqda. Xususiy dorixonalarda dori-darmoq narxlarining asossiz oshirilayotgani ham ayni haqiyqat.  Ayanichli tarafi, to'g'riqxonalarda onalar va go'daklar o'limi bilan bog'liq holatlar ham uchramoqda.


D.Xodjiev bergan javobga ko'ra, tizimda chindan ham yuqorida sanab o'tilgan kamchiliklar mavjud bo'lib, ayni paytda mazkur muammolarni hal qilish choralari ko'rilmoqda. – Sog'liqni saqlash tizimida bundan buyon  sekin-asta tibbiy sug'urta tizimiga o'tilayapti, – dedi vazir. – Bu o'z navbatida xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilab, korruptsiya holatlariga chek quyadi. Barchangizga ma'lumki, joriy yil 14 fevralda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpog'iston tibiyot institutini tashkil etish to'g'risida”gi qarori qabul qilindi. Uylaymanki, bu o'z navbatida yuqorida qaid etilgan asosiy muammolardan biri, Qishloq vrachlik punktlariga malakali kadrlarni jalb qilishda muhim ahamiyatga ega bo'ladi. 


Sog'liqni saqlash vaziri sohadagi shu kabi muammolarni shaxsan nazoratga olishini ta'kidlab, ommaviy axborot vositalari xodimlarini bu borada hamkorlik qilishga chaqirdi.


Matbuot anjumanida shuningdek, ayni paytda butun dunyoga xavf solayotgan koronovirus kasalligi haqida ham fikr-mulohazalar yuritildi.

Vazirlikning ta'kidlashicha, bu holatda Respublika misolida hech qanaqa xavf xatarga o'rin yo'q. Virus kirib kelishi oldini olish bo'yicha ehtiyot choralari ko'rilgan. 


Bahs-munozaralar ruxida kechgan matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan sohadagi qaid etilgan muammolarni barataraf qilish bo'yicha takliflar berildi.


Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Axborot xizmati