08.04.2020, Chorshanba

Qoraqalpog'iston Respublikasi Qurilish vazirligi Axborot xizmati rahbari tayinlandi

Qoraqalpog'iston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi xulosasiga ko'ra, Ulpetov Marat Quralbaevich – Qoraqalpog'iston Respublikasi Qurilish vazirligi Axborot xizmati rahbari – Vazirning matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.


Ulpetov Marat Quralbaevich 2015 yildan ayni kungacha qurilish sohasi turli lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Axborot xizmati