16.12.2019, Dushanba

Eng asosiysi –xalq bizdan rozi bo'lsin!

21 avgust kuni hurmatli Prezidentimiz Nukus shahri va tuman xokimliklari, korxona-tashkilot rahbarlariga o'tkazgan videoselektor yig'ilishida Qoraqalpog'iston Respublikasini yanada taraqqiy ettirish bo'yicha, beshta ustuvor yo'nalishni belgilab berdi. Shuningdek har bir tuman va shaharning o'ziga xos xususiyatlari, imkoniyatlaridan kelib chiqib ularni turli sohalarga ixtisoslashtirish bo'yicha tavsiyalar berildi. Xususan, Beruniy tumani meva-sabzavotchilik etishtirishga ixtisoslashtirilishi qayd etildi. Oldimizga aniq, lo'nda reja va maqsadlar qo'yildi. 


Joriy yilda meva-sabzavotchilikni rivojlantirishda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan tumanda etishtirilgan mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash maqsadida meva-sabzavotchilik klasterlari shuningdek paxta-to'qimachilik klasterlari tashkil qilindi.                   

2019 yil O'zbekiston  Respublikasida “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da qabul qilingan Davlat dasturiga muvofiq, Beruniy tumani ijtimoiy iqtisodiy  siyosiy va ma'naviy hayotida ko'zga ko'rinarli o'zgarishlar ro'y berdi.”Obod qishloq” dasturi asosida qishloqlarimiz infratuzilmasini zamonaviy ko'rinishlarda o'zgartirish va aholining bandligini ta'minlash, Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida,  “Xar bir oila-tadbirkor”, ”Yoshlar kelajagimiz” dasturlari “Besh tashabbus besh imkoniyat” yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish bo'yicha tadbirlar, maktabgacha ta'lim hamda halq ta'limi tizimida muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohatlar, davlatimiz rivojiga xalqimizning tinch va farovon hayotini ta'minlashdek muhim ishga qo'shgan hissamizdir. 

 Yoshlar siyosati davlatimiz oldidagi eng muhim yo'nalish hisoblanadi. Demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish, yuksak ma'naviyatli chuqur bilimga ega tashabbuskor shijoatli yoshlarimiz, davlatimizda katta kuch sifatida ko'rinmoqda. 


Beruniy tumanida 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar 109 mingni tashkil qiladi. Quvonarlisi bu yil tumanda yangidan 1 ta maktab va 5-sonli maktab binosiga qo'shimcha bino, tugatilgan kasb-hunar kollejlari hisobidan 4 ta maktab qayta tashkil qilindi. 

Albatta yangi zamonaviy sharoitlarda ta'lim olgan yoshlarimiz tamonidan kelajakda katta natijalarga erishish kafolatlanadi. Zero, ertamiz egalarining sifatli ta'limi uchun biz javobgarmiz. Buning uchun doim xarakatdamiz. 

Beruniy tumani xokimligi va Xalq qabulxonasi bilan birgalikda joylarda muammolarni o'rganish xalq bilan muloqot qilish bo'yicha sayyor qabullar tashkil qilingan. Fuqarolarning murojaatlari o'rganilib hal qilinmoqda yana bir qo'shimcha sifatida telegram internet tarmog'ida Beruniy tumani xokimligining “Murojaat va taklif”lar kanali o'z ishini boshlagan buni tumandagi barcha korxona va tashkilotlar rahbarlari kuzatib boradi fuqarodan kelgan murojaatni joyiga borib tez aniq hal qilishni tegishli tashkilotlar o'z zimmasiga oladi bu ham xalqimizga bir engillik.

Ishsizlik muammosi xar doim xam mavjud ammo, ishsizlikni bartaraf qilish, boqimandalikdan chiqish aholini mavsumiy ish bilan ta'minlash, kam foizli bank kreditlari asosida issiqxonalar, qoramol, parrandachilikni rivojlantirish orqali bu kabi muammolar xam o'z echimini topmoqda.

Beruniy tumani Bandlikka ko'maklashish markazi tamonidan 2019 yil yanvar-avgust oylarida ish o'rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturiga muvofiq 883 ta ish o'rinlari tashkil etish rejalashtirilgan bo'lib amalda 1073 ta yangi ish o'rni tashkil qilindi. Jumladan yirik loyihalar, kichik loyihalar, davlat hususiy sherikchiligi asosida ishga tushirilgan ijtimoiy ob’ektlar, xunarmandchilik, bankdan kredit berish hisobidan yaratildi. 2019 yil yanvar-avgust oylarida o'tkazilgan monitoringlar natijasida 2568 ta ish o'rinlari legallashtirilgan. Hozirda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan, ko'p bolali ota-onalarni, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan shaxslarni ishga joylashtirish bo'yicha ish o'rinlari zaxirasi jamlanib 2019 yil uchun 209 nafar fuqaroni ishga joylashtirish rejalashtirilgan bo'lib shundan yanvar-avgust oylarida 160 nafar fuqaroning bandligi ta'minlandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 fevraldagi “Obod qishloq”dasturini 2019 yilda amalga oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi PQ-4201-qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Beruniy tumanida “Navoiy”,  “Tinchlik” va “Shimom” OFY hududlari “Obod qishloq”dasturiga kiritilgan.

“Navoiy” OFYda ijtimoiy soha ob’ektlari 4 ta, ichki yo'llarning ta'mirlanishi 7,1 km, ichki yo'llarga qum shag'al aralashmasi 2 km, piyodalar yo'lakchasini qurish ishlari bajarilgan. Elektr tarmoqlarini ta'mirlash, gulzor va daraxtzorlar barpo qilish, chiqindixonalar qurish,  aholiga savdo va maishiy xizmat ko'rsatish shaxobchalarini qurish, aholi turar joylarini ta'mirlash ishlari 90 foizga bajarildi.

“Tinchlik” OFY hududi “Obod qishloq”dasturi asosida bajarilayotgan ishlarida ijtimoiy soha ob’ektlariga 2 ta, maktabgacha ta'lim muassasasi 1 ta, qishloq oilaviy poliklinikasi, korzinka ko'rinishidagi aholiga savdo va maishiy xizmat ko'rsatish shaxobchasi, ichki yo'llar, elektr tarmoqlarini ta'mirlash, ichimlik suvi, aholi turar joylarini ta'mirlash bo'yicha ishlar amalga oshirildi. Bunday loyihalar bajarilayotgan ishlarning barchasi xalqning bizdan rozi bo'lishi, farovon hayoti, oilasi bilan ko'ngil xotirjamligida yashashi uchun qilinayotir desak ayni muddao bo'ladi. 

Beruniy tumani maktabgacha ta'lim bo'limiga qarashli 39 ta davlat va 19 ta nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat yuritayotgan bo'lib, ularda jami 5364 nafar bolalar ta'lim-tarbiya olmoqda.Tumanda 3-7 yoshli bolalar soni 16550 nafar bo'lib, tuman darajasida qamrov 32.4 ni tashkil qiladi. Barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayoni “Ilk qadam”dasturiga asosan tashkil qilingan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi 999-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarni boshlang'ich ta'limga majburiy bir yillik bepul tayyorlash tajriba guruhlari faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi Nizom asosida tumanda bolalarning maktabgacha ta'limga qamrovini oshirish maqsadida, maktabgacha ta'lim bo'limida Yo'l xaritasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Yo'l xaritasi asosida 100 ta guruhlar tashkil qilinib, 6 yoshli bolalardan 2530 nafarini qamrab olish ko'zda tutilgan.

Bular faqat raqamlarda qolib ketmasdan tuman bo'yicha nazorat guruhi tashkil qilingan bo'lib, manzilli tarzda o'rganib chiqish ishlarini olib bormoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2019 yil 20-21 avgust kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar, kengaytirilgan tarzda o'tkazilgan majlis bayonnomasi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2019 yil 28 avgust kungi 19800-xx-sonli bayonnomasining 2-ilovasiga muvofiq 2020-2021 yillarda Beruniy tumanida amalga oshiriladigan sanoat, xizmat ko'rsatish va qishloq ho'jaligi sohalarini rivojlantirishning manzilli ro'yxatiga 45 ta loyiha kiritildi.

Mazkur loyixalar o'z nihoyasiga etgach, Beruniy tumanidagi o'zgarishlar va yangiliklar albatta xalqimizning quvonchiga sabab bo'ladi. Shu o'rinda ta'kidlashimiz joizki, bu kabi ishlarning barchasi avvalo tinchligimiz, qolaversa Prezidentimizning yuritayotgan oqilona siyosatining belgisidir buning qadriga etishimiz zarur.


Qoraqapog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Axborot xizmati