15.08.2020, Shanba

Axborot xizmati rahbarlari tanishtirildi

Bugun Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi majlislar zalida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining  joriy yil 27 iyundagi “Axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 4366-sonli qarorining ijrosi va mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan “Jamiyat va davlat boshqaruv organlari axborot xizmatlari” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.



Tadbirda mahalliy OAV vakillari va davlat boshqaruv organlari axborot xizmatlari rahbarlari ishtirok etdi.


Matbuot anjumanini Vazirlar Kengashi Raisining Matbuot kotibi Ch.Elmuratov olib bordi va Prezident qarorining Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat boshqaruv organlaridagi ijrosi haqida nutq so'zladi.


Ta'kidlanganidek, qaror ijrosi doirasida Qoraqapog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va Vazirlar Kengashi tomonidan mazkur hujjatga asos ishlab chiqilgan qarorlar asosida ayni kunga kelib Vazirlar Kengashi, Nukus shahri va tumanlar hokimliklari tuzilmasida “Axborot xizmati rahbari” shtat birliklari joriy etilib, xizmat rahbarlari tayinlandi. Shuningdek, Axborot xzmati tashkil etilmagan ayrim vazirlik va idoralarda ham mazkur tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Matbuot anjumani davomida Qoraqalpog'iston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi Axborot xizmatlari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish sektori rahbari B.Erejepov tomonidan  Prezident qarori mazmun-mohiyati va Axborot xizmatlari rahbarlari funktsional vazifalari keng turda tushintirildi hamda OAVlariga Nukus shahri va tuman hokimliklari hamda vazirik va idoralarda faoliyat yuritayotgan Axborot xizmati rahbarlari tanishtirildi.




Tadbirda joriy kungacha mahalliy OAVlar bilan davlat boshqaruv organlari axborot xizmatlarining hamkorlikdagi ishlari tanqidiy muhokama qilindi.


Bu borada O'zbekiston jurnalastlari ijodiy uyushmasi Qoraqalpog'iston bo'limi rahbari K.Reymov va Qoraqalpog'iston teleradiokompaniyasi direktori B.Elmanovlar nutq so'zlab, yangidan tashkil etilayotgan Axborot xizmatlari rahbarlarining kelgusidagi vazifalarini qayd etib, Matbuot kotiblarini yaqindan hamkorlik qilishga chaqirdi.

Anjumon so'ngida OAV vakillari Axborot xizmatlari rahbarlaridan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining axborot xizmati