22.09.2019, Yakshanba

Qoraqalpog'istonlik “eng namunali xotin-qizlar...” aniqlandi

Bugun Toshkent shahrida O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan tashkil etilgan “Eng namunali xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti” ko'rik tanlovining Respublika bosqichi bo'lib o'tdi. Ahamiyatli tarafi, mazkur tanlovda ishtirok etgan Qoraqalpog'iston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasining 9 ta boshlang'ich tashkiloti rahbarlari barchasi nominatsiya bo'yicha sovrinli o'rinlarni egalladi.



Quyida ular ro'yxati balan tanishishingiz mukin.

 “Eng namunali mahalla xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti” nominatsiyasi bo'yicha 2-o'rin Sho'manoy tumani “Nao'rыz” mahalla fuqarolar yig'ini boshlang'ich xotin-qizlar tashkiloti rahbari Eshmuratova Ziyuar. 

“Eng namunali maktabgacha ta'lim xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti” nominatsiyasi bo'yicha 2-o'rin Xo'jayli tumani 11-sonli  maktabgacha ta'lim muassasasi  xotin–qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti” raxbari Abdullaeva Feruza. 

“Eng namunali maktab xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti” nominatsiyasi bo'yicha 1-o'rin Nukus shahar 31-son umumta'lim maktabi xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti raisi Uzakova Salima.

“Eng namunali oliy o'quv yurti xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti” nominatsiyasi bo'yicha 1-o'rin Nukus shahar. Nukus davlat pedagogika instituti xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti raisi Arzieva Baxыt.

“Eng namunali tibbiyot muassasasi xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti”  nominatsiyasi bo'yicha 1-o'rin Amudaryo tumani tibbiyot birlashmasi boshlang'ich tashkiloti raisi Qurbanbaeva Nilufar. 

“Eng namunali korxona xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti” nominatsiyasi bo'yicha 2-o'rin Chimboy tumani Madaniyat bo'limi madaniyat markazi to'garak rahbari Abdimuratova Lizaxan.

“Eng namunali kasb-hunar kolleji xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti” nominatsiyasi bo'yicha 2-o'rin Nukus shahar 2-son Nukus tibbiyot kolleji xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti raisi Ⱪurbanova Guljaxan.

“Eng namunali tashkilot (harbiy qism, ichki ishlar, prokuratura va boshqa xotin-qizlar qo'mitasi bilan hamkorlik qiluvchi tashkilotlar nazarda tutiladi) xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti” nominatsiyasi bo'yicha  1-o'rin Shimoli-g'arbiy harbiy okrugi xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkilot raisi Xabibullaeva Gulbaxar Shukurullaevna.

"Eng namunali vazirlik xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti" nominatsiyasi bo'yicha Ayteshova Aygul 1-o'rinlarni egalladi.


Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Xotin-qizlar masalalari bo'yicha kotibiyati