21.09.2019, Shanba

Sayyor sudda 10 nafar fuqaro ozod qilindi

Amudaryo tuman ichki ishlar bo'limi ma'muriy binosida tuman Jinoyat ishlari bo'yicha sudi tomonidan sayyor sud majlisi tashkil etildi.



Mazkur sud majlisida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining turli moddalari bilan jinoyat sodir kilib, ayni paytda jazoni o'tayotgan 

10 nafar shaxs O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan avval shartli ravishda ozod qilindi.



S.Davletmuratov 

Jinoyat ishlari bo'yicha Amudaryo tuman sudining raisi