21.10.2019, Dushanba

Rais o'rinbosari sayyor qabul o'tkazdi

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari B.Xabibullaev Qonliko'l tumani istiqomat qiluvchi aholini ijtimoiy himoya qilish va ularning turmush tarzini yanada oshirish hamda xududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish faoliyatida uchrayotgan muammolarni hal etish yuzasidan sayyor qabul o'tkazdi.


Uchrashuvda tuman hokimligi va aholi hamda tadbirkorlar ishtirok etdi va ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun er, bank-kredit kabi masalalarda murojaatlar yo'llandi. 


Mazkur masalalarning aksariyati joyida hal qilinib, qo'shimcha o'rganishni talab qiladigan murojaatlar yuzasidan tegishli soha rahbarlariga topshiriqlar berildi.


Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Axborot xizmati