21.09.2019, Shanba

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R.Sarievning 2018 yil 24 avgust kuni Qo'ng'irot tumanida o'tkazilgan “Mehnat yarmarkasi”da so'zlagan NUTQI



Assalomu alaykum,

Hurmatli tadbir qatnashchilari!

Bugungi tadbirimizda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi o'rinbosari Alisher Ataxanovich, Qoraqalpog'iston Respublikasining prokurori, Davlat soliq boshqarmasi boshlig'i hamda tegishli vazirlik va idoralar qatnashmoqda.  

 Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O'zbekiston savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashi, “Hunarmand” birlashmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashi va Qo'ng'irot tuman hokimining o'rinbosarlari hamda hududdagi yirik korxonalar qatnashmoqda.

Bugungi tadbirimiz Aholi bandligini ta'minlash uchun yosh tadbirkorlar, hunarmandlar va fermerlar tomonidan ishlab chiqarilgan milliy mahsulotlar ko'rgazmasini tashkil etish hamda aholini yangi ish o'rinlari bilan ta'minlash maqsadida Bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasida endigina kollejni tamomlagan yosh bitiruvchilarni ishga joylashtirish va o'z bizneslarini ochishga ko'maklashish maqsadida o'tkazilmoqda.

Yarmakada hududimizdagi 16 ta shahar va tumanlardan o'qishni tamomlagan mingdan ortiq yoshlar, harbiy xizmatni o'tagan yigitlar, uyda ishsiz o'tirgan xotin-qizlar va aholining ehtiyojmand qatlamlari ishtirok etmoqda.

Bugungi mehnat yarmarkasida shahar va tumanlardagi 1ming 900 dan ortiq korxona va tashkilot, yirik ishlab chiqarish korxonalari o'zlarining faoliyat yo'nalishlariga doir ko'rgazmalar shuningdek, 500 ming so'mdan 2 mln.so'mgacha bo'lgan maosh beriladigan 3 mingdan ortiq vakansiyalar bilan ishtirok etmoqda.

Shuningdek, yarmakamizda yoshlar, xotin-qizlar va kasb-hunar kolledji bitiruvchilariga Respublikamizdagi 13 ta tijorat bank filiallari tomonidan “Har bir oyla tadbirkor” dasturi va “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida hamda boshqada imtiyozlarda beriladigan kreditlar, muvafaqqiyatli kichik biznes loyihalarini taqdim etish bo'yicha ko'rgazmali taqdimotlar tashkil etilgan.

Hurmatli tadbir qatnashchilari!

Bugungi Aholi bandligini ta'minlash bo'yicha o'tkazilayotgan mehnat yarmarkasida, o'zingizga munosib maqbul keladigan ishga joylashishda, shuningdek davlatimiz tomonidan yoshlarimizga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanishingizga zafarlar tilayman.

E’tiboringiz uchun raxmat!

Shu munosabat bilan, bugungi tadbirimizdi ochiq deb e’lon qilaman!

Shuningdek, Yangi ish o'rinlarini tashkil etish, iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari hamda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish va kengaytirishda ularga amaliy yordam ko'rsatish bo'yicha aniq yo'naltirilgan va band bo'lmagan aholini, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalalarini hal qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi 

“2018 yilda aholi bandligiga ko'maklashish Davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3506-son qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga asosan Qoraqalpog'iston Respublikasida joriy yil davomida jami 

16 ming 427 ta yangi ish o'rinlarini tashkil etish rejelashtirilgan.

Jumladan:

iqtisodiyot tarmoqlarida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va faoliyatini kengaytirish orqali 8 ming 23 ta;

investitsiya loyihalari va avval xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish  “yo'l xarita”larini amalga oshirishda hisobidan 360 ta;

qishloq joylarda arzon uy-joylar, ko'p qavatli turar-joylar va yo'l-muhandislik infratuzilma qurilishi hisobidan 1 ming 845 ta;

ijtimoiy soha infratuzilmasini rivojlantirish hisobidan 724 ta;  

 kichik korxona va mikrofirmalarni tashkil qilish rivojlantirish hisobidan 

5 ming 475 ta, shundan milliy hunarmandchilikni rivojlantirish hisobidan 1 ming 

221 ta yangi ish o'rinlarini tashkil etish ko'zda tutilgan.   

Shu bilan birga, Nukus shahar va tumanlardagi bandlikka ko'maklashish markazlari tomonidan 1 ming 239 nafar ishsizlarni kasbga qayta o'qitish, 7 ming nafardan ortiq fuqarolarni haq to'lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish bandligini ta'minlash va 355 nafar ishsiz fuqarolarga ishsizlik nafaqasini tayinlash belgilangan.

Bugungi kunda, Nukus shahar va tumanlardagi jami 1857 ta korxonalar, tashkilot va muassasalarida 2207 ta bo'sh ish joylari mavjud bo'lib.

Shundan:

1750 ta korxonalar, tashkilot va muassasalarida 1806 ta;

107 ta xususiy korxonalar va jamiyatlarda 401 ta oliy, o'rta maxsus va boshqa ma'lumotlilar uchun bo'sh ish joylari mavjud.

E’tiborlaringiz uchun rahmat!