29.03.2024, Juma

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta`minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ−3182-sonli qarori ijrosi to`g`risida.

Assalomu alaykum, Hurmatli teletomoshabinlar!

Hurmatli yurtdoshlar!

 

Muhtaram Prezidentimizning 2017 yil 8 avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta`minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ−3182-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining (2017 yil 26 avgustdagi 216-sonli Prezidium qarori) qarori bilan, Nukus shahri va 15 ta tumanlar
4 ta sektor rahbarlariga biriktirib berildi.

Xususan:

I sektor rahbari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, ya`ni o`zimga - 5 ta tuman (Mo`ynoq, Qo`ng`irot, Sho`manoy, Qonliko`l va Amudaryo tumanlari) biriktirib berildi;

Shuningdek, mazur qaror bilan harbir sektorga 30 ga yaqin vazirlik, idora va tashkilotlarining vakillaridan iborat Ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi.

Bugungi kunda barcha sektor rahbarlari va sektor a`zolari imzolangan va ip o`tkazib muhrlangan uyma-uy yurishni hisobga olish daftari hamda “Hudud” axborot tizimi o`rnatilgan planshet qurilmalari bilan ta`minlandi.

Shu bilan birga, Sektor rahbarlarining o`ziga biriktirilgan har bir hududlarda kunlik ish natijalarini sarhisob qilish va muammolarni hal etish maqsadida Shtab tashkil etildi.

Ushbu shtablarda doimiy ravishda ish faoliyatini tashkil etish, fuqarolar va korxonalarni qabul qilish hamda sektor a`zolarining hisobotlarini tinglash uchun etarli sharoitlar yaratildi va barcha zarur jihozlar bilan ta`minlandi (komp`yuter, printer, faks, telefon).

Bugungi kunda har bir sektor rahbarlari tomonidan o`ziga biriktirilgan hududlardagi xonadonlar kirish grafigi tasdiqlanib, barcha sektor rahbarlari va sektor a`zolari tomonidan tasdiqlangan grafiklar asosida uyma-uy yurish va muammolarni aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Hurmatli yurtdoshlar!

Bugungi kunda o`zimga biriktirilgan Amudaryo, Mo`ynoq, Qo`ng`irot, Sho`manoy va Qonliko`l tumanlarida mavjud 79 160 ta xonadonlarda
90 mingdan ortiq oilalar istiqomat qiladi (aholi soni 454,1 ming kishi).

2017 yil davomida men, tumanlardagi 4 ta sektor rahbarlari va ishchi guruh a`zolari bilan birgalikda mavjud xonadonlarni to`liq (100%) o`rganib chiqdik.

O`rganish natijasi bo`yicha ushbu xonadonlarda 4 356 ta muammolar aniqlanib, ularning asosiy qismi ya`ni 4 158 tasi (95,5 %) joyida bartaraf qilindi.

Qolgan 197 ta muammolarni bartaraf qilish bo`yicha  tuman (shahar) “Yo`l xaritalari”ga kiritildi.

Joriy yilning yanvar oyi hamda fevral oyining o`tgan 10 kun davomida o`zimga biriktirilgan Amudaryo, Mo`ynoq, Qo`ng`irot, Sho`manoy va Qonliko`l tumanlarida 20626 ta xonadonlarni o`rganib chiqidik.

O`rganish davomida ushbu xonadonlarda 1 120 ta muammolar aniqlanib, ularning asosiy qismi ya`ni 1 083 tasi (96,7 %) joyida bartaraf qilindi.

Qolgan 37 ta muammolarni bartaraf qilish bo`yicha tuman (shahar) “Yo`l xaritalari”ga kiritildi.

Tuman (shahar) miqyosida hal qilib bo`lmaydigan muammolar har tomonlama chuqur tahlil qilgan holda Qoraqalpog`iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha  “yo`l xaritasi” ishlab chiqildi va Jo`qorg`i Kengesi Raisi tomonidan            tasdiqlandi.

Mazkur “Yo`l haritasi”da umumiy qiymati 365,8 mlrd so`mlik  160 ta band iborat 745 ta tadbirlar belgilab olindi.

Ma`lumot uchun: jumladan, I sektor bo`yicha 89,8 mlrd so`mlik 211 ta, II sektor bo`yicha 77,8 mlrd so`mlik 138 ta, III sektor bo`yicha 58,7 mlrd so`mlik
149 ta va IV sektor bo`yicha 139,5 mlrd so`mlik 247 ta tadbirlar.

Ushbu tadbirlarning ijrosini barcha hududlar bo`yicha Vazirlar Kengashining Raisi sifatida shaxsan o`zim doimiy nazoratga olganman va ijrosi yuzasidan har haftada tegishli vazirlik, idora va korxonalar rahbarlari bilan birgalikda muhokama qilib, mavjud muammolarni bartaraf qilish choralarini ko`rmoqdamiz.

O`tgan yilning IV choragida «yo`l xaritaga» kiritilgan 278 ta (37,3%) muammolar bartaraf etildi. Qolgan 467 ta tadbirlar 2018 yil “yo`l xaritasi”ga kiritildi.

Xususan, hududimizda eng og`ir masalalardan biri aholini ish bilan ta`minlash maslasiga alohida e`tibor berib, o`tgan yilning
IV choragida «yo`l xaritaga» kiritilgan tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 
jami 5051 nafarfuqarolar, shundan o`zimga biriktirilgan 5 ta tumanda 1532 nafar fuqarolar ish bilan ta`minlandi.

Shuningdek, aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, bolalar maydonchalarini qurish, toza ichimlik suv, gaz va elektr ta`minoti masalalarini kunlik nazoratga olib, bu borada ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, tumanlar bo`yicha qisqa aytib o`tadigan bo`lsak:

1. Amudaryo tumani bo`yicha: Ko`p xonadonli uy joylarning    13,2 ming kv.m tom qismlari hamda ulardagi 33 ta pod`ezdlarga ta`mirlash ishlari olib borildi. Bundan tashqari ushbu ko`p xonadonli uy joylarning 2 tasida ichki muhandislik tarmoqlari, 28 tasida esa fasad qismini ta`mirlash ishlari bajarildi.

Tumandagi ko`p qavatli uy-joylar hududlarida 5 ta bolalar maydonchalari yangidan qurildi va ta`mirlash ishlari olib borildi.

Ichki yo`llar, qishloqlar va ovullar ko`chalarida qiymati 1 mlrd 439,5 mln.so`mlik 9,0 km yo`llar kapital va joriy ta`mirlandi.

Tumandagi 2 ta mahallada 11,6 km elektr uzatish tarmoqlari hamda 2 dona transformatorlar modernizatsiya qilindi.

Ichimlik suv ta`minotini yaxshilash maqsadida 9,5 km suv tarmoqlari yangidan tortildi.

2. Qonliko`l tumani bo`yicha: Ko`p xonadonli uy joylarning 4,1 ming kv.m tom qismlari hamda ulardagi 15 ta pod`ezdlarga ta`mirlash ishlari olib borildi. Bundan tashqari ushbu ko`p xonadonli uy joylarning 1 tasida ichki muhandislik tarmoqlari, 5 tasida esa fasad qismini ta`mirlash ishlari bajarildi.

Ichki yo`llar, qishloqlar va ovullar ko`chalarida qiymati 849,3 mln.so`mlik 5,4 km yo`llar kapital va joriy ta`mirlandi.

Ichimlik suv ta`minoti yaxshilash maqsadida 7,1 km suv tarmoqlari yangidan tortildi.

3. Qo`ng`irot tumani bo`yicha: Ko`p xonadonli uy joylarning  34,7 ming kv.m tom qismlari hamda ulardagi 120 ta pod`ezdlarga ta`mirlash ishlari olib borildi. Bundan tashqari, ushbu ko`p xonadonli uy joylarning 13 tasida ichki muhandislik tarmoqlari,
26 tasida esa fasad qismini ta`mirlash ishlari bajarildi.

Tumandagi ko`p qavatli uy-joylar hududlarida 28 ta bolalar maydonchalari yangidan qurildi va ta`mirlash ishlari olib borildi.

Ichki yo`llar, qishloqlar va ovullar ko`chalarida qiymati 1 mlrd 149,9 mln.so`mlik 7,8 km yo`llar kapital va joriy ta`mirlandi.

Tumandagi 2 ta mahallada 6,3 km elektr uzatish tarmoqlari hamda  2 dona transformatorlar modernizatsiya qilindi.

Ichimlik suv ta`minoti yaxshilash maqsadida 7,0 km suv tarmoqlari yangidan tortildi.

4. Mo`ynoq tumani bo`yicha: Ko`p xonadonli uy joylarning  6,8 ming kv.m tom qismlari hamda ulardagi 62 ta pod`ezdlarga ta`mirlash ishlari olib borildi. Bundan tashqari, ushbu ko`p xonadonli uy joylarning 6 tasida ichki muhandislik tarmoqlari,
19 tasida esa fasad qismini ta`mirlash ishlari bajarildi.

Tumandagi ko`p qavatli uy-joylar hududlarida 9 ta bolalar maydonchalari yangidan qurildi va ta`mirlash ishlari olib borildi.

Ichki yo`llar, qishloqlar va ovullar ko`chalarida qiymati 985,7 mln.so`mlik 6,8 km yo`llar kapital va joriy ta`mirlandi.

Ichimlik suv ta`minotini yaxshilash maqsadida 96,4 km suv quvurlari hamda 9,0 km suv tarmoqlari yangidan tortildi.

5. Sho`manoy tumani bo`yicha: Ko`p xonadonli uy joylarning  5,9 ming kv.m tom qismlari hamda ulardagi 24 ta pod`ezdlarga ta`mirlash ishlari olib borildi. Bundan tashqari, ushbu ko`p xonadonli uy joylarning 2 tasida ichki muhandislik tarmoqlari,
3 tasida esa fasad qismini ta`mirlash ishlari bajarildi.

Tumandagi ko`p qavatli uy-joylar hududlarida 3 ta bolalar maydonchalari yangidan qurildi.

Ichki yo`llar, qishloqlar va ovullar ko`chalarida qiymati 867,7 mln.so`mlik 6,9 km yo`llar kapital va joriy ta`mirlandi.

Tumandagi 2 ta mahallada 1,3 km elektr uzatish tarmoqlari va 1 dona transformator yangidan qurilgan bo`lsa, 1,3 km elektr uzatish tarmoqlari hamda 1 dona transformator modernizatsiya qilindi.

Ichimlik suv ta`minotini yaxshilash maqsadida 12,9 km suv tarmoqlari yangidan tortildi.

Aziz do`stlar!

2018 yilda sektorlar ishini yanada jonlantirish, sektorlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida yanvar oyida Vazirlar Kengashida barcha shahar va tumanlar 4 ta sektor rahbarlari, mas`ul xodimlari ishtirokida 2 marotaba seminar o`tkazildi.

Seminarda ayrim hududlarda sektor rahbarlari va ishchi guruh a`zolari tomonidan yo`l qo`yilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, nazorat tizimini etarlicha tashkil etishda har bir sektor rahbari o`zining tushunchasidan kelib chiqqan holda ish yuritimaslik maqsadida namunaviy shakllar (jadvallar) asosida sektorlarning ish yuritish yagona tizimi joriy etildi.

Hukumatimiz tomonidan berilgan planshet qurilmalariga o`rnatilgan “Hudud” axborot tizimining samarali ishlashini hamda tegishli ma`lumotlarni to`liq kiritib borish bo`yicha topshiriqlar berildi.

Hududlarda uyma-uy yurish davomida har bir xonadon bo`yicha belgilangan savolnoma asosida o`rganib chiqish, aniqlangan muammolarni birinchi navbatda joyida bartaraf etish choralarini ko`rish, joyida xal qilinmagan muammolarni tuman (shahar), respublika “yo`l xaritalari”ga kiritish tartibi belgilab berildi.

Hozirda aholining dard-u tashvishlarini o`rganish hamda ularning echimini topish bo`yicha tizimli ishlar davom etmoqda.

Hurmatli yurtdoshlar!

Barchangizni xabaringiz bor, Muhtaram Prezidentimiz 2017 yilda Qoraqalpog`iston Respublikasiga 2 marotaba tashrif buyurib, tashrif yakuni bilan qabul qilingan bayon topshiriqlari  bilan aholini qiynayotgan muammolar o`z echimini topmoqda.

Hududlarda olib borilayotgan aholi bilan uchrashuvlarimizda ushbu ijobiy o`zgarishlardan aholining mamnun ekanligi va Muhtaram Prezidentimizga o`z minnatdorchiliklarini bildirib kelmoqda.

Misol tariqasida aytadigan bo`lsak, Muhtaram Prezidentimizning 2017 yil yanvar oyida tashrifi davomida qabul qilingan bayon asosida Hududimizda:

- loyiha qiymati 100 mlrd.so`mga yaqin hudud uchun muhim bo`lgan
8 ta sanoat korxonalari ishga tushirilib, ushbu korxonalarda 500 dan ortiq yangi ish o`rinlari yaratildi;

511 ta ko`p qavatli uylarda 16 mlrd.so`mlik ta`mirlash ishlari amalga oshirildi;

- 22,8 mlrd.so`m mablag`lar evaziga 12 ta madaniyat va dam olish istirohat bog`lari barpo qilindi hamda zamonaviy attraktsionlar bilan jihozlandi.

Investitsiya dasturiga 1,5-2 barobar ko`p Ijtimoiy soha ob`ektlari kiritildi. Jumladan:

 - 40 ta maktabda 41,6 mlrd.so`mlik (3 ta yangi kurilish, 22 ta rekonstruktsiya, 15 ta kapital ta`mirlash);

- 20 ta maktabgacha ta`lim muassasalarida 19,4 mlrd.so`mlik
(5 ta rekonstruktsiya, 15 ta kapital ta`mirlash);

- 9 ta sog`likni saqlash ob`ektlarida 25,8 mlrd.so`mlik (1 ta yangi qurilish, 8 ta rekonstruktsiya);

- 3 ta bolalar sporti ob`ektlarida 8,1 mlrd.so`mlik qurilish va rekonstruktsiya ishlari amalga oshirildi.

 Shuningdek, aholini arzon o`y-joylar bilan ta`minlash maqsadida 315 ta xonadonli 7 ta ko`p qavatli uylar hamda qishloq joylarda
1145 ta yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi.

Ushbu ishlarimizni davom ettirgan holda, 2018 yil Investitsiya dasturi asosida bir qator ijtimoiy soha ob`ektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish rejalashtirilgan.

Xususan:

Birinchidan, 40 ta maktabda 62,9 mlrd.so`mlik qurilish, rekonstruktsiya va kapital ta`mirlash ishlari;

Shundan:

- 2 ta yangi qurilish - Nukus shahri va To`rtko`lda 1 tadan;

- 21 ta rekonstruktsiya - Nukus shahrida 4 ta, Amudaryoda 1 ta, Beruniyda
1 ta, Qorauzakta 1 ta, Qanliko`lda 1 ta, Kegeylida 1 ta, Qo`ng`irotda 1 ta, Mo`ynoqta 1 ta, Nukus tumanida 1 ta, Taxtako`pirda 2 ta, To`rtko`lda 2 ta, Taxiatashda 2 ta, Sho`manoyda 1 ta, Ellikqa`lada 1 ta va Xo`jaylida 1 ta);

- 17 ta kapital ta`mirlash - Nukus shahrida 2 ta, Amudaryoda 1 ta, Beruniyda 1 ta, Qorauzakta 1 ta, Qanliko`lda 1 ta, Kegeylida 1 ta, Qo`ng`irotda 1 ta, Nukus tumanida 1 ta, Taxtako`pirda 1 ta, To`rtko`lda 1 ta, Taxiatashta 1 ta, Sho`manoyda 1 ta, Ellikqa`lada 2 ta va Chimboyda 2 ta;

Ikkinchidan, 50 ta maktabgacha ta`lim muassasalarida 89,4 mlrd.so`mlik qurilish, rekonstruktsiya va kapital ta`mirlash ishlari;

- 6 ta yangi qurilish - Nukus shahri, Mo`ynoq, Taxtako`pir, To`rtko`l, Taxiatosh va Qonliko`lda 1 tadan;

- 23 ta rekonstruktsiya - Nukus shahrida 2 ta, Amudaryoda 2 ta, Beruniyda
3 ta, Kegeylida 1 ta, Qo`ng`irotda 1 ta, Qonliko`lda 1 ta, Mo`ynoqta 1 ta, Nukus tumanida 1 ta, Chimboyda 2 ta, To`rtko`lda 2 ta, Taxiatashda 1 ta, Sho`manoyda 1 ta, Ellikqa`lada 3 ta va Xo`jaylida 2 ta);

- 21 ta kapital ta`mirlash - Nukus shahrida 1 ta, Amudaryoda 1 ta, Beruniyda
2 ta, Qorauzakta 1 ta, Qanliko`lda 1 ta, Kegeylida 1 ta, Qo`ng`irotda 2 ta, Nukus tumanida 1 ta, Mo`ynoqda 1 ta, Taxtako`pirda 2 ta, To`rtko`lda 1 ta, Taxiatashta 1 ta, Sho`manoyda 1 ta, Ellikqa`lada 1 ta, Xo`jaylida 1 ta va Chimboyda 3 ta;

 

Uchinchidan, 26 ta sog`likni saqlash ob`ektlarida 55,9 mlrd. so`mlik qurilish va rekonstruktsiya ishlari;

Shundan:- 9 ta yangi qurilish - Nukus shahri 2 ta, Nukus tumani 1 ta, Qonliko`lda 3 ta, Mo`ynoqda 1 ta, Beruniy 1 ta, Ellikqal`ada 1 tadan;

- 17 ta rekonstruktsiya - Nukus shahrida 4 ta, Amudaryoda 1 ta, Qorauzakda
1 ta, Kegeylida 1 ta, Qo`ng`irotda 1 ta, Mo`ynoqta 2 ta, Nukus tumanida 1 ta, Taxtako`pirda 1 ta, Chimboyda 1 ta, To`rtko`lda 1 ta, Taxiatashda 1 ta, Sho`manoy 1 ta va Xo`jayli 1 ta);

 

To`rtinchidan, 2 ta yangi musiqa maktabida 8,8 mlrd.so`mlik qurilish ishlari (Nukus shahri va Xo`jayli tumani);

Beshinchidan, 2ta oliy ta`lim muassasalarida 19,5 mlrd.so`mlik qurilish va rekonstruktsiya ishlari (Nukus pedogogika instituti, Nukus tibbiyot instituti);

Oltinchidan, 5ta bolalar sporti ob`ektlarida 16,7 mlrd.so`mlik qurilish va rekonstruktsiya ishlari (yangi qurilish 3 ta - Amudaryo, Qorauzyak, Chimboy tumanlari; rekonstruktsiya 1 ta – Ellikqa`la; kapital ta`mirlash 1 ta - Nukus shahri);

Hurmatli yurtdoshlar!

Hududlardagi mavjud muammolarni bartaraf qilishda Muhtaram Prezidentimizning tashabbusi Orolbo`yi mintaqasini rivojlantirish bo`yicha alohida Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun tashkil qilingan JAMG`ARMA alohida ahamiyatga ega.

Ushbu jamg`arma hisobidan 2017 yilda Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalardan tashqari Qoraqalpog`iston Respublikasiga
53,8 mlrd so`mlik mablag` ajratildi. Mazkur mablag`lar hisobidan aholini ichimlik suv ta`minotini yaxshilash ishlariga 11,5 mlrd so`m (57 km), aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, 240 ta ko`p qavatli uylarni ta`mirlash va sport maydonchalarini qurish ishlariga
18,6 mlrd so`m mablag`lar yo`naltirildi.

Ma`lumot uchun 2017 yilda: Nukus shahriga – 18,7 mlrd.so`m, Amudaryo tumaniga 0,77 mlrd.so`m, Beruniyga – 4,6 mlrd.so`m, Qonliko`lga – 0,2 mlrd.so`m, Qorauzakga – 0,2 mlrd.so`m, Kegeyliga – 2,6 mlrd.so`m, Qo`ng`irotga – 2,1 mlrd.so`m, Mo`ynoqga – 1,7 mlrd.so`m, Nukus tumaniga – 0,4 mlrd.so`m, Taxtako`pirga –
1,1 mlrd.so`m, Taxiatoshga – 3,0 mlrd.so`m, To`rtko`lga – 2,9 mlrd.so`m, Xo`jayliga – 4,8 mlrd.so`m, Chimboyga – 5,5 mlrd.so`m, Sho`manoyga – 1,2 mlrd.so`m, Ellikqal`aga – 2,3 mlrd.so`m ajratilgan.

2018 yilda esa mazkur jamg`arma hisobidan Qoraqalpog`iston uchun 224 ta ob`ektga 150 mlrd so`m mablag` ajratilmoqda.

Jumaladan, 77 ta ko`p qavatli uylarni ta`minlash, atrofini obodonlashtirish va bolalar maydonchalarini qurish uchun
55,5 mlrd.so`m 
(2017 yilga nisbatan 3 barobar ko`p), aholini ichimlik suv ta`minotini yaxshilash ishlariga 29,6 mlrd so`m (2017 yilga nisbatan 2,5 barobar ko`p ) mablag` yo`naltiriladi.

Ma`lumot uchun 2018 yil: Nukus shahriga – 31,7 mlrd.so`m, Amudaryo tumaniga – 9,1 mlrd.so`m, Beruniyga – 12,1 mlrd.so`m, Qonliko`lga – 7,7 mlrd.so`m, Qorauzakga – 4,1 mlrd.so`m, Kegeyliga – 3,3 mlrd.so`m, Qo`ng`irotga – 5,8 mlrd.so`m, Mo`ynoqga –
5,2 mlrd.so`m, Nukus tumaniga – 10,2 mlrd.so`m, Taxtako`pirga – 2,9 mlrd.so`m, Taxiatoshga – 9,3 mlrd.so`m, To`rtko`lga – 5,0 mlrd.so`m, Xo`jayliga – 4,4 mlrd.so`m, Chimboyga – 5,4 mlrd.so`m, Sho`manoyga – 5,0 mlrd.so`m, Ellikqal`aga – 4,7 mlrd.so`m ajratilgan.

 

Aziz do`stlar!

Muhtaram Prezidentimizning o`tgan dekabr oyining 15-16 kunlari Qoraqalpog`iston Respublikasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari va kengaytirilgan tarzda o`tkazilgan majlis bayoni bilan hududlarini ijtimoiy iqtisodiy rivojalantirish, aholining turmush darajasini yanada oshirish maqsadida bir qator vazifalar belgilab berildi.

Xususan, o`tgan yili ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi asosida 1 trln. so`mdan oshiq loyihalar belgilab olingan bo`lsa, joriy yilning dasturida esa 4 karra ko`p investitsiyalar jalb qilinishi, ya`ni 4 trln. so`mdan oshiq 367 ta yirik loyihalar amalga oshirilishi belgilab olindi.

 

Biz bu topshiriqlarning ijrosini sifatli va o`z muddatlarida ta`minlash maqsadida Vazirlar Kengashining qarori bilan har bir topshiriq bo`yicha mas`ullar biriktirilib, amalga oshirilayotgan ishlar har haftada 2 marta muhokama qilinmoqda.

Bulardan tashqari, Bayon bilan alohida Qoraqalpog`iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf qilishga qaratilgan jami 13 ta me`yoriy hujjatlarni (qarorlar, farmon) ishlab chiqish belgilangan.

Shundan, 2 tasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan bo`lib, 7 tasi bo`yicha tegishli idoralari tomonidan loyiha hujjatlari kelishilib tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.

Qolgan 4 tasi bo`yicha tegishli me`yoriy hujjatlar (qarorlar, farmon) loyihalari ishlab chiqilmoqda.

Ushbu xujjatlarning qabul qilinishi albatta o`z ijobiy natijasini beradi.

Hurmatli yurtdoshlar!

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan oldimizdagi vazifalarni to`liq va sifatli ijrosini ta`minlashning qat`iy zarur choralarini ko`ramiz.

 

E`tiboringiz uchun rahmat!


 

 

 

QO`ShIMChA MA`LUMOT UChUN:

Mo`ynoq tumanida bo`yicha:

- “Tik uzak” OFY hududida yashovchi fuqaro Abduxanov Qidirbay,
3-sonli MFY yashovchi Arziev Turdimuratlar ish so`rab murojat qildi.

Ushbu murojat egalariga amaliy yordam ko`rsatilib, Q.Abduxanov – Tabiatni muhofaza qilish inspektsiyasiga, T.Arziev – tuman uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish bo`limiga ishga joylashtirildi.

- “Jayhun” MFY yashovchi fuqaro P.Aymanova va boshqalar 4-sonli maktabgacha ta`lim muassasasidagi bolalar maydonchasini ta`mirlab berishda amaliy yordam so`rab murojaat qildi. Ushbu bog`chaga mahalliy byudjetdan zarur mablag` ajratib, to`liq ta`mirlandi.

Qonliko`l tumani bo`yicha:

- “G`arezsizlik” ko`chasi 6 uy, 17-xonadonda yashovchi Allanova Sulio`xan va boshqa fuqarolar ushbu ko`chada joylashgan ko`p qavatli uylar oldida sport maydonchasini qurib berish, “Madaniyat” MFY hududida yashovchi Aralbaev Nasritdin Qoraqalpog`iston ko`chasida bo`sh turgan joyga bolalar maydonchasini qurib berishni so`ragan.

Bugungi kunda ushbu 2 ta joyga sport maydonchasi qurib bitkazildi.

Amudaryo tumani bo`yicha:

- “Oybek” MFY hududidagi Sholiko`l, Alpomish, Istiqlol, Fitrat, Gulshan, Muqumiy, Chorvoq, Uchkun ko`chalari xonadon egalari uy oldilariga ariq suv chiqmasligi muammosi bilan murojaat qildi.

Ushbu ko`chalarga 200 metrlik ariq qazilib, muammo to`liq bartaraf qilindi.

- “Gulzor” MFY hududidagi 37, 39 va 40-sonli qo`p qavatli o`ylarda yashovchi fuqarolar uy oldidagi bolalar maydonchasini, hojatxona va chiqindi tashlash punktlarini ta`mirlab berishda amaliy yordam so`raldi. Bugungi kunda mazkur ob`ektlar to`liq ta`mirlandi.

Sho`manoy tumani bo`yicha:

- “Madeniyat” MFY hududida yashovchi aholisi ushbu hududdagi transformator punktining talab darajasida ishlamasligidan shikoyat qilgan. Bugungi kunda mazkur transformator punkti ta`mirlandi.

- “Bekjap” OFY “Ko`k-suv” aholi punkti turg`inlari un, o`simlik yog`i dislokatsiyasini ovulga yaqin joydagi do`konga o`zgartirib berishni so`ragan. Ushbu masala ham ijobiy hal qilinib, sentyabr oyidan boshlab dislokatsiyaga tegishli o`zgartirishlar kiritildi.

Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikga qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, mavjud muammolar va kelgusidagi ustuvor vazifalar to`g`risida.

 

Muhturam Prezidentimiz rahbarligida 2017 yil 15 noyabr` kuni o`tkazilgan yig`ilishda berilgan topshiriqlar hamda Oliy Majlisi Senati Kengashining 2017 yil 18 noyabr` kunidagi “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi KQ-261-III-sonli qarori ijro uchun qabul qilindi.

Senat qaroriga asosan, Qoraqalpog`iston Respublikasi hududida Jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish respublika komissiyasi faoliyat ko`rsata boshladi.

Jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasida olib borilayotgan ishlarni samaradorligini oshirish maqsadida profilaktika inspektorlari muntazam ravishda mahallada bo`lib har bir xonadonni o`rganib borishi hamda barcha bo`g`indagi ichki ishlar organlari rahbarlarning aholi oldida muntazam ravishda hisobot berish tartibi yo`lga qo`yildi. Hududlarda tuzilgan sektorlarda ishlarni samarali tashkil etish, aholi muammolarini joyida hal qilish evaziga jamoatchilik imkoniyatlaridan ko`proq foydalanish natijasida respublika hududida jinoyatlarning kamayishiga erishildi.

Xususan, 2017 yil yakuni bilan:

- umumiy jinoyatchilik -17,2 foizga (3456 ta – 2861 ta);

- jinoyat qidiruv sohasidagi jinoyatlar -14,4 foizga (1967 ta-1684 ta);

- juda og`ir jinoyat soni -44,4 foizga (135 ta – 75 ta);

- muqaddam sudlanganlar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar -
6,4 foizga (376 ta – 352 ta);

- gurux bo`lib sodir etilgan jinoyatlar -4,3 foizga (422 ta -404 ta);

- mas holatdagilar tomonidan -9,8 foizga (174 ta – 157 ta) kamayishiga erishilgan.

Jinoyatchilikning turlari bo`yicha aytadigan bo`lsak qotillik
-
63 foizga (35-13), bosqinchilik -81,8 foizga (11-2), talonchilik
-
40 foizga (20-12), bezorilik -50 foizga (166-83), ug`irlik
-
15,3 foizga (652-552) kamayib, hisobot davrida 107 ta mahalla fuqarolar yig`inlarida bironta jinoyatning yuz berishiga yo`l quyilmadi (jami mahallalar soni 405 ta).

Qoraqalpog`iston Respublikasi hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, sodir etilganlarini “issiq izidan” fosh etish, huquqni muhofaza qiluvchi va o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlik samaradorligini yanada oshirish maqsadida 4 ta sektor rahbarlari tomonidan 2018 yilning 1-choragi davomida amalga oshiriladigan  ishlar yuzasidan “YO`L  XARITASI” tasdiqlandi.

 Tasdiqlangan “yo`l xaritalari” asosida bugungi kunda:

Birinchidan, 4 ta sektor rahbarlari tomonidan mahallalarda yashovchi fuqarolar bilan har haftada bir marotaba uchrashuvlar hamda “Profilaktika kuni” tadbirlari o`tkazilmoqda;

Xususan, joriy yilning yanvar` oyida 1576 ta targ`ibot-tashviqot ishlari (shundan 470 ta ta`lim muassasalarida, 110 ta korxona va tashkilotlarda, 956 ta mahallalarda)1677 nafar profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan suhbatlar o`tkazildi, 979 ta joylarda “davomat” tadbirlari o`tkazildi (shundan 615 ta maktablarida, 166 ta kollej va litseylarda, 198 ta boshqa joylarda (bozor, komp`yuter xonalari, o`yingoh va h.k)). Ushbu tadbirlarda 1800 dan ortiq xodimlar qatnashishi ta`minlandi xamda 40 tadan ortiq ommaviy axborot vositalarida yoritildi.  

Shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan 100 dan ortiq aholi gavjum joylarda bannerlar joylashtirildi hamda 10 mingdan ortiq bukletlar tarqatildi (ug`rilik, firibgarlik, yo`l transport xodisalarining oldini olish bo`yicha).

Ikkinchidan, Fuqarolarni o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda har kuni 10 tadan aholi qatlamini toifalarga ajratgan holda xonadonlarga kirib, ularning muammolarini hal etilishida har tomonlama ko`maklashib kelinmoqda.

Misol uchun, o`zimga biriktirilgan Qonliko`l tumanida Ichki ishlar bo`limida profilaktik xisobda turgan 6 nafar voyaga etmaganlar bilan uchrashib, ularning har biriga ijtimoiy faol tashabbuskor faxriylar biriktirildi va natijada ularni profilaktik xisobdan chiqarishga erishilgan.

Uchinchidan, Har bir hudadda jinoyatlarini sodir etishi mumkin bo`lgan shaxslar ro`yxati shakllantirilib, ya`ni spirtli ichimlikka ruju quygan, oldin shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarini sodir etgan, oilaviy janjalkashlar, kam ta`minlangan oilalar, shuningdek, ko`p farzandli va hech biri ishlamaydigan oilalar bilan alohida ishlab, ularning muammolarini bartaraf qilish choralari ko`rilmoqda;

Jumladan, uyma-uy yurish davomida profilaktik hisobda turgan 48 nafar diniy ekstremistik a`zolari, 934 nafar muqaddam sudlanganlar va 695 nafar boshqa toifdagi shaxslarning oilaviy sharoitlari o`rganilib, o`zlari bilan profilaktik suhbatlar o`tkazildi.

Bundan tashqari, Muhtaram Prezidentimizning mahkumlarni avf etish to`g`risidagi Farmani asosida jazoni utash muassasalaridan ozod etilgan 34 nafar fuqarolarning ijtimoiy hayotga ko`niktirig va jamiyatda o`z o`rnini topishga kumaklashish yuzasidan amalga oshirilgan tadbirlar natijasidan ularning 28 nafari ish bilan ta`minlandi hamda qolgan 6 nafariga mehnatga layoqatsizligi sababli, nogironlik nafaqasi tayinlandi hamda moddiy yordam ko`rsatildi.

To`rtinchidan, Profilaktik tadbirlarni amalga oshirishda hududlarda o`tkaziladigan mehnat yarmarkalariga aynan shu toifadagi oilalarni jalb etilmoqda.

Xususan, 2018 yil davomida 104 marotaba «Bo`sh ish o`rinlari mehnat yarmarkalari»ni o`tkazilishi rejalashtirilib, bugun 15 fevral kuni Nukus shahrida 1-sonli bolalar o`smirlar sport maktabida (manej) mehnat yarmarkasi o`tkazilmoqda.

Ushbu yarmarkaga 100 ga yaqin korxona va tashkilotlardan 469 ta bo`sh ish o`rinlari va vakant lavozimlari bilan qatnashmoqda.

Beshinchidan,

 

Ushbu amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida joriy yilning yanvar oyida:

- umumiy jinoyatchilik -17,2 foizga (3456 ta – 2861 ta);

- jinoyat qidiruv sohasidagi jinoyatlar -14,4 foizga (1967 ta-1684 ta);

- juda og`ir jinoyat soni -44,4 foizga (135 ta – 75 ta);

- muqaddam sudlanganlar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar -
6,4 foizga (376 ta – 352 ta);

- gurux bo`lib sodir etilgan jinoyatlar -4,3 foizga (422 ta -404 ta);

- mas holatdagilar tomonidan -9,8 foizga (174 ta – 157 ta) kamayishiga erishilgan.

Jinoyatchilikning turlari bo`yicha aytadigan bo`lsak qotillik
-
63 foizga (35-13), bosqinchilik -81,8 foizga (11-2), talonchilik
-
40 foizga (20-12), bezorilik -50 foizga (166-83), ug`irlik
-
15,3 foizga (652-552) kamayib, hisobot davrida 107 ta mahalla fuqarolar yig`inlarida bironta jinoyatning yuz berishiga yo`l quyilmadi (jami mahallalar soni 405 ta).



Ko'rib chiqildi: 414