21.09.2019, Shanba

S.Xojametovning - 2017 yil 3 mart kungi “baliqchilik tarmog`ini rivojlantirish hamda baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko`paytirish” to`g`risida

Keyingi yillarda respublikada oziq-ovqat havfsizligini ta`minlash, mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, bozorlarni arzon va sifatli baliq mahsulotlari bilan to`ldirib borish hamda mahsulotlar narx-navolarini barqarorligini saqlashga qaratilgan bir qator maqsadli dasturlar qabul qilinib, uning ijrosi samarali ta`minlanmoqdaligini.

Buning natijasida, 2016 yilda 878 gektar sun`iy suv havza maydonlari barpo etilib, 77 ta yangidan baliqchilik loyihalari ishga tushirildi. Sohada faoliyat ko`rsatayotgan tadbirkorlik sub`ektlarini moliyaviy qullab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan 10,9 mlrd. so`m kredit mablag`alari ajratilganligini.

Lekin, baliqchilik sohasini rivojlantirish, tabiiy va sun`iy suv havzalari hamda suv omborlaridagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar etarlicha emas. Misol uchun, o`tgan yilda aholi jon boshiga atiga 2.4 kilogrammdan (extiyojga nisbatan 20 foiz) baliq ovlangan, xolos.

Oziq-ovqat havfsizligini ta`minlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hisobiga baliq etishtirish hajmlarini keskin oshirish hamda aholi iste`moli uchun ichki bozorlarga arzon va sifatli baliq mahsulotlarini etkazib berish, intensiv usulda baliq etishtirishni ko`paytirish bo`yicha zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish hamda sohadagi mavjud muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha topshiriqlar berdi.

 

   Mazkur komissiya tomonidan hududimizdagi bo`sh turgan tabiiy suv havzalarini baliq ovlash korxonalariga ijaraga berish bo`yicha doimiy tanlovlar o`tkazilib turiladi. Bugungi kunga 46 ta ko`l tanlovga quyilib, 13 ta ko`l tanlov asosida baliqchilik xo`jaliklariga ijaraga berildi