29.03.2024, Juma

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining

f a r m o n i

Mamlakatimizda demokratik qadriyatlar, so'z va matbuot erkinligini rivojlantirish, xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlash, aholiga xolis va haqqoniy axborot etkazish, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, modernizatsiya jarayonlarini aholi o'rtasida keng targ'ib etish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi munosib xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon va ordenlar bilan taqdirlansin:

“O'zbekiston Respublikasi san’at arbobi”

Rashidov Asil – O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, tarjimon, publitsist 

“O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan jurnalist”

Jalilov Norqobil Qodirovich – “XXI asr” gazetasi bosh muharriri

Mahmudov Farhodjon Shavkatovich – O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” telekanali bosh muharriri 

“O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi”

Rahmonov Vahob – Adabiyotshunos, muharrir-noshir

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Abduxalikov Firdavs Fridunovich – O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi

Alixonov Bobir Botirovich – O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi direktori

Vakilov Sherpulot Jo'raboevich – “Ovozi tojik” gazetasi bosh muharriri

Qo'chqorov Yunusali – Namangan tumani “Istiqlol” gazetasi muharriri

Haydarov Uyg'un To'ychievich – Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi bosh muhandisi

“Do'stlik” ordeni bilan

Abdijamilova Umit Saparbaevna – “Qoraqalpog'iston” telekanali Ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar bosh muharririyati katta muharriri

Azimov Alisher To'xtasinovich – “Daryo.uz” veb-sayti bosh muharriri

Badalov Alisher Normatovich – O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi diktori

G'ulomov Shamshodbek Hamidovich – O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi o'rinbosari – bosh direktor

Leshinskaya Tatyana Vladislavovna – “Sharq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi qirquv dastgohlari mashinisti

Mahmudova Go'zal Qoraboevna – O'zbekiston Milliy axborot agentligi Tarjima tahririyati etakchi tarjimoni

Muhammadxonov Nodirxon Bahodirovich – O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” telekanali diktori

Nurmetova Zulayxa – Ellikqal’a tumani “Davr ko'zgusi” gazetasi bosh muharriri, Qoraqalpog'iston Respublikasi

Hosilova Marusa Atoqulovna – “Tabiat va hayot” gazetasi muharriri, Navoiy viloyati


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ijtimoiy-siyosiy islohotlar, yangilanish va innovatsiya jarayonlaridagi faol ishtiroki, ko'p yillik samarali mehnati, yosh avlodni ona yurtimizga muhabbat va sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Shuhrat” medali bilan

Bagramov Stanislav Vladimirovich – O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” telekanali sharhlovchisi

Yomg'urova Guljahon Egamovna – Bo'ka tumani “Xalq ovozi” gazetasi bosh muharriri, Toshkent viloyati

Jo'raeva Barchinoy Musallamovna – O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali Madaniy-ma'rifiy va badiiy dam olish dasturlari bosh muharririyati bosh muharriri o'rinbosari

Jo'raev Nosirjon Jamoliddinovich – O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir

Musaev Janibek Jambulovich – “UzReport” axborot agentligining “UzReport.news” veb-sayti muharriri

Ochilov Ahror Shukurullaevich – “Vatanparvar” gazetasi bo'lim mudiri 

Samadov G'ulomjon Xursandovich – “Xalqaro Press-klub” nodavlat-notijorat tashkiloti bosh prodyuseri

Sulaymonov Asroljon G'afurovich – “O'zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi mas’ul kotibi

Tojialiev Davronbek Rustamovich – “ziyouz.uz” veb-sayti bosh muharriri

To'ychieva Dono Oqilovna – G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi korrektori

Tursunov Zafar Rixsiboevich – “Radio Poytaxt” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh muharriri

Umarova Nargiza Bahodirovna – “Yoshlar ovozi” gazetasi bosh muharriri o'rinbosari

Sharopov Abdullajon Turg'unovich – “Akademnashr NMM” nashriyoti bosh muharriri

Ermatov Azizjon G'anievich – Uchko'prik tumani “Yangi Farg'ona” gazetasi muharriri, Farg'ona viloyati

Yunusov Bahodir Maxsutovich – O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi bosh muharriri

Hasanov G'olib Matlabovich – “Zarafshon” – “Samarkandskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri o'rinbosari 



O'zbekiston Respublikasi Prezidenti                               Sh.MIRZIYoEV

Toshkent shahri,
2018 yil 27 iyun