21.09.2019, Shanba

Shanxay hamkorlik tashkilotining Ekstremizmga qarshi kurashish Konventsiyasini (Ostona, 2017 yil 9 iyun) ratifikatsiya qilish to'g'risida O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI



Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 15 martda
qabul qilingan
Senat tomonidan 2018 yil 29 martda
ma'qullangan

Shanxay hamkorlik tashkilotining Ekstremizmga qarshi kurashish Konventsiyasi (Ostona, 2017 yil 9 iyun) quyidagi bildirish va shart bilan ratifikatsiya qilinsin: 

1) Konventsiyaning 6-moddasi 2-bandi bo'yicha: «O'zbekiston Respublikasi shuni bildiradiki, O'zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturasi Konventsiyani bajarish uchun mas’ul bo'lgan vakolatli organlar etib belgilangan»; 

2) Konventsiya qoidalarining O'zbekiston Respublikasida jinoiy jazo sifatida yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini musodara qilishni qo'llash mumkinligiga taalluqli qismi milliy qonunchilikka mos kelmaganligi uchun qo'llanilmaydi. 



O'zbekiston Respublikasining Prezidenti                         Sh. MIRZIYoEV 

Toshkent shahri, 2018 yil 3 aprel

№ O'RQ-469