07.07.2020, Seshanba

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 iyuldagi «O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek ayrim hujjatlarini o'z kuchini yo'qotgan dep topish to'g'risida»gi PF-5483-sonli Farmoni haqida


 (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5392-sonli Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi “O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi PQ-3646-sonli qarori)

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5392-sonli Farmoniga va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi “O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi PQ-3646-sonli qaroriga muvofiq Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 iyuldagi «O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek ayrim hujjatlarini o'z kuchini yo'qotgan dep topish to'g'risida»gi PF-5483-sonli Farmoni ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida ko'rsatilgan Farmoni bilan:

a) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilganligi;

b) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o'z kuchini yo'qotgan deb topilganligi;

v)  vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy  hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiqlashtirish topshirilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilsin.

4. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq o'z kuchini yo'qotgan deb topilsin.

5. Vazirliklar va idoralar o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy  hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.I.Nagmetov va Qoraqalpog'iston Respublikasi qurilish vaziri J.S.Embergenov zimmasiga yuklansin.



Qoraqalpog'iston Respublikasi  Vazirlar Kengashining Raisi  Q.Sariev