28.03.2024, Payshanba

O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga er to'g'risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida


O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga  er to'g'risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga  qaratilgan o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida

O'zbekiston Respublikasi Qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 26 iyunda
qabul qilingan
Senat tomonidan 2018 yil 28 iyunda 
ma'qullangan

1-modda. O'zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-odda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda) quyidagi qo'shimcha va o'zgartishlar kiritilsin:

1) 65-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to'ldirilsin:

«Erga egalik qiluvchilar, erdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan bir gektargacha maydonga ega er uchastkasida sug'oriladigan erlarni yaxshilash hamda muhofaza qilish, shu jumladan erlardan maqsadli, oqilona foydalanilishini, tuproqning qayta tiklanishini va hosildorligi oshirilishini ta'minlash bo'yicha majburiyatlarning bajarilmasligi, –

fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan etti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Erga egalik qiluvchilar, erdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan bir gektardan ortiq maydonga ega er uchastkasida sug'oriladigan erlarni yaxshilash hamda muhofaza qilish, shu jumladan erlardan maqsadli, oqilona foydalanilishini, tuproqning qayta tiklanishini va hosildorligi oshirilishini ta'minlash bo'yicha majburiyatlarning bajarilmasligi, –

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan etti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – etti baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi»;

ikkinchi qismi to'rtinchi qism deb hisoblansin;

2) 261-moddaning birinchi qismidagi«65-moddasining ikkinchi qismida» degan so'zlar «65-moddasining to'rtinchi qismida» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

3) 2661-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya 
va davlat kadastri davlat qo'mitasining organlari nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga va jarima solish tariqasida ma'muriy jazo choralarini qo'llashga O'zbekiston Respublikasi erlardan foydalanish va ularning muhofaza etilishini nazorat qilish bosh davlat inspektori hamda uning o'rinbosarlari, Qoraqalpog'iston Respublikasining, viloyatlarning, Toshkent shahrining va tumanlarning (shaharlarning) erlardan foydalanish va ularning muhofaza etilishini nazorat qilish bosh davlat inspektorlari haqlidir».

2-modda. O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 598–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Er kodeksiga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 5–6, 82-modda; 2003 yil, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, 
№ 12, 608-modda; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011 yil, № 1, 
1-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda) quyidagi o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin:

1) 12-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 

«Er tuzish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, mahalliy davlat hokimiyati organining topshirig'iga yoki yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasining organlari tomonidan amalga oshiriladi»;

to'qqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 

«Ichki xo'jalik er tuzish turi qishloq xo'jaligi korxonalarining, muassasalarining va tashkilotlarining hududini ichki xo'jalik negizida belgilab olishni, qishloq xo'jalik ekinlarini va ko'p yillik dov-daraxtlarni joylashtirishni, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy qilishni, barcha qishloq xo'jalik erlarini (pichanzorlar, yaylovlar, bog'lar, tokzorlar va boshqalarni) joylashtirishni, tuproq eroziyasiga qarshi kurashish tadbirlarini ishlab chiqishni, shuningdek sug'oriladigan erlarni kompleks rekonstruktsiya qilishni o'z ichiga oladi»;

2) 13-moddaning beshinchi qismidagi«er tuzish xizmati organlari» degan so'zlar «O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi organlari» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

3) 15-moddaning oltinchi qismidagi«davlat kadastri va er tuzish xizmati organlari» degan so'zlar «O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi organlari» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

4) 19-moddaning uchinchi va to'rtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Fuqarolarning er uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi er uchastkasiga bo'lgan huquqni davlat ro'yxatiga olish to'g'risidagi guvohnoma bilan tasdiqlanadi.

Er uchastkasiga bo'lgan huquqni davlat ro'yxatiga olish to'g'risidagi guvohnomaning shakli, ushbu guvohnomani ro'yxatga olish va berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi»;

5) 20-moddaning:

beshinchi va oltinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: 

«Er uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqlari er uchastkasiga bo'lgan huquqni davlat ro'yxatiga olish to'g'risidagi guvohnoma berilgan holda davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim. 

Er uchastkasiga bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish va er uchastkasiga bo'lgan huquqni davlat ro'yxatiga olish to'g'risidagi guvohnomani berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi»;

ettinchi qismi chiqarib tashlansin;

sakkizinchi va to'qqizinchi qismlari tegishincha ettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin; 

6) 21-moddadagi«er uchastkalariga doimiy egalik qilish huquqini yoki undan doimiy foydalanish huquqini tasdiqlovchi davlat hujjatlarida» degan so'zlar «ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarning va ularga doir bitimlarning davlat reestrida» degan so'zlar bilan almashtirilsin; 

7) 22-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Korxonaga, binoga, inshootga yoki boshqa ko'chmas mol-mulkka bo'lgan mulk huquqi, xo'jalik yuritish huquqi yoki operativ boshqarish huquqi boshqa shaxsga o'tgan taqdirda, ushbu ob’ektlar bilan birgalikda mazkur ob’ektlar joylashgan hamda ulardan foydalanish uchun zarur bo'lgan er uchastkasiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqi ham o'tadi.

Uy-joyga, chorbog'ga bo'lgan mulk huquqi (sotib olish, hadya yoki meros bo'yicha olish va boshqa hollarda) jismoniy shaxslarga o'tgan taqdirda, ushbu imoratlarga mulk huquqi bilan birgalikda mazkur imoratlar joylashgan barcha er uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi ham o'tadi.

Korxona, bino, inshoot yoki boshqa ko'chmas mol-mulk joylashgan er uchastkasiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqining boshqa shaxsga o'tishi mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan organlar hamda shaxslarning tegishli shartnomalari, qarorlari asosida tuman, shahar er-kadastr daftariga erning yangi egasi yoki erdan yangi foydalanuvchi to'g'risidagi ma'lumotlarni kiritish va ularga er uchastkasiga doimiy egalik qilish, undan doimiy foydalanish yoki er uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro'yxatiga olish to'g'risidagi guvohnomani topshirish yo'li bilan rasmiylashtiriladi.

Korxonaning, binoning, inshootning yoki boshqa ko'chmas mol-mulkning bir qismiga bo'lgan mulk huquqi, xo'jalik yuritish huquqi, operativ boshqarish huquqi yangi mulkdorga yoki boshqa ashyoviy huquqlarning egasiga o'tgan taqdirda, unga er uchastkasining korxonaning, binoning, inshootning yoki boshqa ko'chmas mol-mulkning ulushiga mutanosib bo'lgan qismiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqi ham o'tadi, er uchastkasini bunday ajratish mumkin bo'lmagan hollarda, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan nizolashilgan taqdirda esa er uchastkasining bo'linishi O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi organlari tomonidan amalga oshirilib, tuman, shahar hokimining qarori bilan tasdiqlanadi va shundan keyin er uchastkasiga egalik qilish hamda undan doimiy foydalanish huquqi davlat ro'yxatiga olinib, davlat ro'yxatiga olish to'g'risidagi tegishli guvohnomalar beriladi»;

8) 23-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Berilgan (realizatsiya qilingan) er uchastkasining chegaralari O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi organlari tomonidan naturada (joyning o'zida) belgilanguniga hamda er uchastkasiga bo'lgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar berilguniga qadar mazkur er uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanishga kirishish taqiqlanadi»;

9) 27-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har bir oilaga 0,06 gektargacha er uchastkalari beriladi»;

10) 32-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Er uchastkasining planini va tavsifini tuzish, joyning o'zida uning chegaralarini belgilash ishlari O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi organlari tomonidan bajariladi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi»;

11) 33-moddaningmatni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Er uchastkasiga bo'lgan huquqni davlat ro'yxatiga olish to'g'risidagi guvohnoma er uchastkasiga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatdir. 

Er uchastkasiga bo'lgan huquqni davlat ro'yxatiga olish to'g'risidagi guvohnomamahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik va jismoniy shaxslarga er uchastkasi berish (ajratish) to'g'risidagi qaroriga yoki ijara, oldi-sotdi shartnomasiga hamda er uchastkasini o'zga shaxsga o'tkazishning boshqa turlariga, er uchastkasiga bo'lgan mulk huquqini beruvchi davlat orderiga, mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan shaxslarning qaroriga asosan beriladi.

Er uchastkasiga bo'lgan huquq ushbu huquq belgilangan tartibda davlat ro'yxatiga olinganidan keyin kuchga kiradi»;

12) 40-modda quyidagi mazmundagi 10 va 11-bandlar bilan to'ldirilsin: 

«10) er uchastkasiga bo'lgan huquqlar majburiy tartibda bekor qilingan taqdirda, er to'g'risidagi qonun hujjatlarining buzilishi natijasida etkazilgan zararning o'rnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplash;

11) erlarni o'zboshimchalik bilan egallashga va (yoki) o'zboshimchalik bilan qilingan qurilishga yo'l qo'ymaslik, shuningdek o'zboshimchalik bilan egallangan er uchastkasidagi qonunga xilof qurilishni to'xtatib turish bo'yicha choralar ko'rish»; 

13) 44-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Sug'oriladigan erlar maxsus muhofaza qilinishi lozim. Bunday erlarni sug'orilmaydigan erlar sirasiga o'tkazish alohida hollarda, tuproq-meliorativ va iqtisodiy sharoitlar, erlarning suv bilan ta'minlanganligi, ulardagi mavjud suv resurslari hamda bu suvlarga belgilangan limitlar inobatga olinib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligining, O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligining hamda O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasining xulosasiga muvofiq viloyat hokimi qaroriga binoan amalga oshiriladi»;

14) 49-modda oltinchi qismininguchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Er uchastkalarini olgan qishloq xo'jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga er uchastkasiga bo'lgan huquq davlat ro'yxatiga olinganligi to'g'risidagi guvohnoma belgilangan tartibda beriladi»;

15) 79-moddaning to'rtinchi qismi quyidagi mazmundagi to'qqizinchi xatboshi bilan to'ldirilsin:

«erlarni o'zboshimchalik bilan egallashga va (yoki) o'zboshimchalik bilan qilingan qurilishga yo'l qo'ymaslik, shuningdek o'zboshimchalik bilan egallangan er uchastkasidagi qonunga xilof qurilishni to'xtatib turish bo'yicha choralar ko'radi»;

16) 80-moddaning beshinchi qismidagi«er tuzish» degan so'zlar «O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi organlari» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

17) 87-moddaning:

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qishloq xo'jaligi va o'rmon xo'jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o'rni quyidagi hollarda qoplanmaydi:

er uchastkalari yakka tartibdagi va ko'p kvartirali uylar qurish hamda ularni obodonlashtirish uchun olib qo'yilganda;

er uchastkalari dafn etish joylarini tashkil qilish uchun, davlat ta'lim va davolash muassasalari, internatlar, bolalar uylari qurish uchun olib qo'yilganda;

er uchastkalari suv xo'jaligiga meliorativ ob’ektlar va gidrotexnik inshootlar qurilishi uchun ajratilganda;

er uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish uchun berilganda;

er uchastkalari mudofaa ehtiyojlari uchun olib qo'yilganda;

er uchastkalari O'zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini jihozlash ehtiyojlari uchun olib qo'yilganda»;

to'rtinchi qismidagi «Qonunlarda» degan so'z «Qonunlarda va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida» degan so'zlar bilan almashtirilsin;

18) 88-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o'rnini qoplash tartibida tushadigan mablag'lardan quyidagi mo'ljallangan maqsadga ko'ra foydalaniladi:

yangi erlarni o'zlashtirish va sug'oriladigan erlarni kompleks rekonstruktsiya qilish;

tuproq hosildorligini oshirish, qishloq xo'jalik erlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo'yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish; 

kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va qayta qurish, sug'oriladigan erlarni kapital rejalashtirish hamda ularning suv bilan ta'minlanish darajasini oshirish;

pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaxshilash;

er tuzish, er kadastri, er monitoringi va tuproq jihatidan izlanishlar olib borish bo'yicha loyiha hujjatlarini hamda boshqa hujjatlarni tayyorlash yoki tuzatish;

avtomatlashtirilgan er-axborot tizimlarini yaratish.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan mablag'lardan viloyat hokimining qaroriga binoan qishloq xo'jaligi mahsuloti etishtirishni ko'paytirishga, qishloq xo'jalik erlaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilishga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda ham foydalanilishi mumkin.

O'rmon xo'jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o'rnini qoplash tartibida tushadigan mablag'lar alohida hisobga olib bori ladi hamda ulardan o'rmonlar va o'rmon mevali daraxtzorlarni barpo etish va tiklash, qumlierlar, suv havzalari hamda daryolarning qirg'oq bo'yi mintaqalarida daraxtzorlar barpo etish, shuningdek, o'rmon er lari holatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi». 

3-modda. O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 28 avgustda qabul qilingan «Davlat er kadastri to'g'risida»gi 666–I-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, 
№ 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda) quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:

1) 10-moddabirinchi qisminingikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasining tegishli bo'linmalari tomonidan bajariladigan aerokosmik suratlar olishni, topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproqshunoslik, agroximiya, geobotanikaga oid va boshqa izlanishlarni hamda tadqiqotlarni amalga oshirish, erlarni inventarizatsiyadan o'tkazish, erlarni miqdor va sifat jihatdan hisobga olish hamda baholash, yuridik va jismoniy shaxslarning er uchastkalariga bo'lgan huquqlarini davlat ro'yxatiga olish»;

2) 13-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Er uchastkalariga egalik qilish, ulardan foydalanish huquqlarini, er uchastkalarini ijaraga olish huquqini, shuningdek er uchastkalariga bo'lgan mulk huquqini, shu jumladan servitutlar to'g'risidagi bitimlarni va boshqa cheklovlarni hamda bu huquqlarning bekor qilinishini davlat ro'yxatiga olish Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarning va ularga doir bitimlarning davlat reestriga tegishli ma'lumotlarni kiritish orqali er uchastkasi joylashgan erda amalga oshiriladi.

Er uchastkalariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi, ularni ijaraga olgan, shuningdek mulk qilib olgan yuridik va jismoniy shaxslar er uchastkalariga bo'lgan o'z huquqini belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazishi shart.

Er uchastkasiga bo'lgan huquqlarning yuzaga kelishi, o'zgaga o'tishi, cheklanishi va bekor qilinishi davlat ro'yxatiga olinishi lozim. Er uchastkalariga bo'lgan huquqlarni ro'yxatga olganlik uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ro'yxatga olish yig'imi undiriladi.

Er uchastkalariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatiga olish belgilangan tartibda yuridik yoki jismoniy shaxsning er uchastkalariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatiga olish ishlarini amalga oshiruvchi organga bergan arizasiga asosan amalga oshiriladi.

Yuridik va jismoniy shaxslarning er uchastkalariga bo'lgan huquqlarini davlat ro'yxatiga olish er uchastkalariga bo'lgan huquqlar to'g'risidagi zarur hujjatlar ilova etilgan ariza kelib tushgan paytdan e’tiboran ikki kunlik muddatda tegishli vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. 

Er uchastkasiga bo'lgan huquqlarning yuzaga kelishi va boshqa shaxsga o'tishi davlat ro'yxatiga olinganligi haqida davlat ro'yxatiga olinganlik to'g'risidagi guvohnoma beriladi, unda ro'yxatga olish sanasi va tartib raqami ko'rsatiladi.

Er uchastkasiga bo'lgan, belgilangan tartibda yuzaga kelgan huquq ushbu huquq davlat ro'yxatiga olinganidan keyin kuchga kiradi»;

3) 19-moddaning ikkinchi qismidagi«erlarni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yishda yo'l qo'yilgan nobudgarchilik va ko'rilgan zararlarni qoplash» degan so'zlar chiqarib tashlansin.

4-modda.O'zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrda qabul qilingan «Davlat kadastrlari to'g'risida»gi 171–II-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 1–2, 19-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda; 2018 yil, № 4, 224-modda) quyidagi qo'shimcha va o'zgartishlar kiritilsin:

1) 5-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi«texnogen» degan so'zdan keyin «mineral» degan so'z bilan to'ldirilsin;

2) 13-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ko'chmas mulk hisoblangan kadastr ob’ektlariga bo'lgan huquqlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim. 

Kadastr ob’ektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr ob’ektlariga bo'lgan huquqlari davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda tasdiqlanishining yuridik hujjatidir.

Kadastr ob’ektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni davlat reestrlariga kiritish yo'li bilan amalga oshiriladi.

Ko'chmas mulk hisoblangan kadastr ob’ektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish kadastr ob’ektlarining barcha mulkdorlari va kadastr ob’ektlariga doir boshqa huquqlarning egalari uchun majburiydir»;

3) 14-moddadagi «idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining» degan so'zlar«idoralarning» degan so'z bilan almashtirilsin.

5-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumatqarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo'lgan o'z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko'rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga etkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o'rtasida tushuntirilishini ta'minlasin.

6-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o'tgach kuchga kiradi.




O'zbekiston Respublikasining 
Prezidenti                                                                  Sh. Mirziyoev