29.03.2024, Juma

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 iyundagi “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish va shifoxona ichki infektsiyalarini profilaktika qilish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-3800-sonli qarori haqida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 iyundagi “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish va shifoxona ichki infektsiyalarini profilaktika qilish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-3800-sonli qarori haqida

OIV-infektsiyasini o'z vaqtida profilaktika va diagnostika qilish, uni davolash bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish, bemorlarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish sifatini oshirish, ularni statsionarda davolash ko'lamini kengaytirish, shifoxona ichki infektsiyalari bilan kasallanish holatlarini kamaytirish hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 iyundagi PQ-3800-sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 iyundagi  “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish va shifoxona ichki infektsiyalarini profilaktika qilish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 
PQ-3800-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:
a) Quyidagilar OIV-infektsiyasini profilaktika va diagnostika qilish, uni davolash bo'yicha aholiga ko'rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordamni yanada takomillashtirish va kengaytirishning asosiy yo'nalishlari etib belgilanganligi:
qon orqali yuqadigan infektsiyalarni profilaktika qilish sohasidagi davolash-profilaktika muassasalarining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
epidemiologik nazoratni, respublikada OIV-infektsiyasi tarqalishi va shifoxona ichki infektsiyalarining profilaktikasi nazorat qilinishini kuchaytirish;
tibbiy asboblarni sterilizatsiya qilish va tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish funktsiyalarini xususiy tuzilmalarga berish orqali davlat tibbiyot muassasalarida davlat-xususiy sheriklikni bosqichma-bosqich joriy etish;
davolash-profilaktika muassasalarini test-tizimlar va retrovirusga qarshi preparatlar bilan uzluksiz ta'minlash, shuningdek, respublikada  OIV-infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo'yicha tadbirlarni barqaror moliyalashtirish maqsadida byudjetdan ajratiladigan mablag'lar miqdorini bosqichma-bosqich ko'paytirish;
OIV-infektsiyasini davolash va shifoxona ichki infektsiyalarini profilaktika qilishda fan va texnikaning eng yangi yutuqlariga asoslangan innovatsion yondashuvlarni keng qo'llash;
OIVni yuqtirib olgan shaxslarni kompleks tibbiy-psixologik       qo'llab-quvvatlash ishlarini tashkil etish;
OIV-infektsiyasini profilaktika va diagnostika qilish, uni davolash bo'yicha tibbiyot xodimlarining kasbiy bilimlari darajasini oshirish;
davlat tibbiyot muassasalarining OIV-infektsiyasini profilaktika va diagnostika qilish, uni davolash bilan shug'ullanuvchi tibbiyot xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish;
OITSga qarshi kurashish markazlari va OIV-infektsiyasi diagnostikasi bo'yicha tumanlararo laboratoriyalarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy diagnostika va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash;
xorijiy sohaviy muassasalar bilan yaqin aloqalarni yo'lga qo'yish va hamkorlikni yanada rivojlantirish;
b)  OIV-infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va shifoxona ichki infektsiyalarini profilaktika qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligini oshirish bo'yicha kompleks qo'shimcha 
chora-tadbirlar (keyingi o'rinlarda – Kompleks chora-tadbirlar) ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Kompleks                          chora-tadbirlarda nazarda tutilgan tadbirlarning o'z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi bo'yicha vazirliklar, idoralar, hokimliklar va boshqa tashkilotlarning faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini hamda ularning o'zaro hamkorligini ta'minlash topshirilganligi;
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligiga Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borilishini ta'minlash hamda bajarilgan ishlar to'g'risida har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etish belgilab qo'yilganliligi;
v)  Kompleks chora-tadbirlarda ko'rsatilgan muassasalarni qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta'mirlash ishlarini moliyalashtirish O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hamda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari ta'lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi belgilab qo'yilganligi;
Moliya vazirligiga har yili O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda Kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablag'larni nazarda tutish topshirilganligi;
 g)   O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligiga:
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda dastlabki bosqichda sog'liqni saqlashning birlamchi bo'g'inida tajriba loyihalarini joriy etishni, keyinchalik ijobiy tajribani respublikaning barcha mintaqalariga tarqatishni nazarda tutgan holda, tibbiy asboblarni sterilizatsiya qilish va tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish sohasida davlat-xususiy sheriklikni bosqichma-bosqich joriy etish bo'yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish;
Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligiga, “O'zbekenergo” AJ, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda 
davolash-profilaktika muassasalari, jumladan, sterilizatsiya bo'linmalari va operatsiya bloklarining suv, gaz va elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlanganligi holatini o'rganib chiqish hamda rivojlanish davlat dasturlariga birinchi navbatda ularni kiritish yuzasidan har bir hudud kesimida takliflar tayyorlash;
Moliya vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda respublika hududlarida OIVni yuqtirib olgan shaxslarning statsionar davolash bilan qamrab olinishini kengaytirishga hamda davolash-profilaktika muassasalarini ko'p marta va bir marta ishlatiladigan tibbiy asboblar, tibbiyot buyumlari va sarflash materiallari bilan to'liq va o'z vaqtida ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ko'rish;
 Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tegishli hududda va umuman respublika bo'yicha OIV-infektsiyasi va shifoxona ichki infektsiyalari tarqalishi profilaktikasining holatini doimiy ravishda kompleks baholashni ta'minlasin, ularning holati yomonlashishiga munosabat bildirish yuzasidan aniq tadbirlarni ishlab chiqish topshirilganligi;
d) O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga Sog'liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda jazoni ijro etish muassasalarida, shuningdek, ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalarida epidemiologik nazorat hamda OIV-infektsiyasi va shifoxona ichki infektsiyalari tarqalishi ustidan nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash topshirilganligi;
e) O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligiga, Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita, Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha respublika kengashi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi, O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda OIVni yuqtirib olgan shaxslarni ijtimoiy, huquqiy, ma'naviy va tibbiy-psixologik qo'llab-quvvatlash, yoshlar o'rtasida, ayniqsa, OIV-infektsiyasi tarqalishi masalalari bo'yicha keng tushuntirish va tarbiyaviy tadbirlar o'tkazish, jamiyatda oila va ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash ishlarini kuchaytirish topshirilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. OIV-infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va shifoxona ichki infektsiyalarini profilaktika qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligini oshirish bo'yicha kompleks qo'shimcha 
chora-tadbirlar (keyingi o'rinlarda – Kompleks chora-tadbirlar) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari kompleks chora-tadbirlarda nazarda tutilgan tadbirlarning o'z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi bo'yicha vazirliklar, idoralar, hokimliklar va boshqa tashkilotlarning faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini hamda ularning o'zaro hamkorligini ta'minlasin.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda Kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borilishini ta'minlasin hamda bajarilgan ishlar to'g'risida har chorakda Vazirlar Kengashiga axborot taqdim etsin.
4. Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi:
a) Quyidagilarni OIV-infektsiyasini profilaktika va diagnostika qilish, uni davolash bo'yicha aholiga ko'rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordamni yanada takomillashtirish va kengaytirishning asosiy yo'nalishlari etib belgilasin:
epidemiologik nazoratni, respublikada OIV-infektsiyasi tarqalishi va shifoxona ichki infektsiyalarining profilaktikasi nazorat qilinishini kuchaytirish;
davolash-profilaktika muassasalarini test-tizimlar va retrovirusga qarshi preparatlar bilan uzluksiz ta'minlash, shuningdek, respublikada 
OIV-infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo'yicha tadbirlarni barqaror moliyalashtirish maqsadida byudjetdan ajratiladigan mablag'lar miqdorini bosqichma-bosqich ko'paytirish;
OIV-infektsiyasini davolash va shifoxona ichki infektsiyalarini profilaktika qilishda fan va texnikaning eng yangi yutuqlariga asoslangan innovatsion yondashuvlarni keng qo'llash;
OIVni yuqtirib olgan shaxslarni kompleks tibbiy-psixologik 
qo'llab-quvvatlash ishlarini tashkil etish;
OIV-infektsiyasini profilaktika va diagnostika qilish, uni davolash bo'yicha tibbiyot xodimlarining kasbiy bilimlari darajasini oshirish;
davlat tibbiyot muassasalarining OIV-infektsiyasini profilaktika va diagnostika qilish, uni davolash bilan shug'ullanuvchi tibbiyot xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish;
OITSga qarshi kurashish markazi va OIV-infektsiyasi diagnostikasi bo'yicha tumanlararo laboratoriyalarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy diagnostika va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash;
xorijiy sohaviy muassasalar bilan yaqin aloqalarni yo'lga qo'yish va hamkorlikni yanada rivojlantirish;
b) Qoraqalpog'iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi, “Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda 
davolash-profilaktika muassasalari, jumladan, sterilizatsiya bo'linmalari va operatsiya bloklarining suv, gaz va elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlanganligi holatini o'rganib chiqsin hamda rivojlanish davlat dasturlariga birinchi navbatda ularni kiritish yuzasidan takliflar tayyorlasin;
v) Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligi, shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda respublika hududlarida OIVni yuqtirib olgan shaxslarning statsionar davolash bilan qamrab olinishini kengaytirishga hamda davolash-profilaktika muassasalarini ko'p marta va bir marta ishlatiladigan tibbiy asboblar, tibbiyot buyumlari va sarflash materiallari bilan to'liq va o'z vaqtida ta'minlashga qaratilgan 
chora-tadbirlarni ko'rsin;
g) Shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda tegishli hududda va umuman respublika bo'yicha OIV-infektsiyasi va shifoxona ichki infektsiyalari tarqalishi profilaktikasining holatini doimiy ravishda kompleks baholashni ta'minlasin, ularning holati yomonlashishiga munosabat bildirish yuzasidan aniq tadbirlarni ishlab chiqsin.
5. Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi kengashi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog'iston Respublikasi kengashi, Qoraqalpog'iston Xotin-qizlar qo'mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda OIVni yuqtirib olgan shaxslarni ijtimoiy, huquqiy, ma'naviy va tibbiy-psixologik qo'llab-quvvatlash, yoshlar o'rtasida, ayniqsa, OIV-infektsiyasi tarqalishi masalalari bo'yicha keng tushuntirish va tarbiyaviy tadbirlar o'tkazish, jamiyatda oila va ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash ishlarini kuchaytirsin.
6. Qoraqalpog'iston teleradiokompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi, Axborot agentligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda mavzuga oid maqolalar, turkum teleko'rsatuv va radioeshittirishlar tashkil etish orqali aholi o'rtasida OIV-infektsiyasiga qarshi kurashishning dolzarb masalalarini muntazam va keng yoritish tavsiya etilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari M.A.Jumanov zimmasiga yuklansin.

Qoraqalpog'iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashining Raisi                                     Q.Sariev