13.11.2019, Chorshanba

Hurmatli tadbirkor va investorlar diqqatga!


Joriy yilning 11 oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki ob’ektlarini va er uchastkalariga bo'lgan huquqlarni tadbirkorlik sub’ektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 5552-son Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki ob’ektlari – Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan o'z vakolatlari doirasida aniqlangan ko'chmas mulk ob’ektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda - 1 so'mga teng qiymatdagi boshlang'ich narxda sotilishi belgilandi.

Shuningdek, boshqa ko'chmas mulk ob’ektlari bo'yicha – qayta baholanmasdan, ularni o'tkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga o'tkaziladi va savdoga chiqariladi. 

Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auktsion o'tkazmasdan, investor bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda er uchastkalarini berish va bo'sh turgan davlat ko'chmas mulk ob’ektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tug'ildi. 

Unga ko'ra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki ob’ektlari va er uchastkalariga bo'lgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish bo'yicha eksperiment tartibi belgilandi.

Eksperiment tartibi bilan davlat mulki ob’ektlari va er uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi. 

“Elektron onlayn-auktsion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auktsion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 5220 ta bo'sh er uchastkalari,           1 trl. 770 mlrd. 793 mln. so'm investitsiya kiritish, 27421 ta yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan 95 mlrd. 888 mln. 800 ming so'm miqdordagi mol-mulklar auktsion savdolariga chiqarildi. 

 Bugungi kunga qadar "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auktsion savdolarida 2504 ta bo'sh er uchastkalari                725 mlrd. 701 mln. so'm investitsiya kiritish, 9873 dan ortiq yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan 17 mlrd. 145 mln.  600 ming so'mga sotildi. .

Hozirda "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auktsion savdolarida 2716 ta bo'sh er uchastkalari 90 mlrd. 356 mln. 500 ming so'm miqdordagi auktsion savdolariga chiqarildi.

Misol uchun, elektron onlayn-auktsion savdolariga bugungi kunda birgina, Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat raqobat  boshqarmasi tomonidan 15 ta bo'sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang'ich bahosi 1 so'm miqdorida, 89 yangi ish o'rinlarini yaratish hamda 3 mlrd. 500 mln. so'm investitsiya kiritish sharti bilan auktsion savdolariga chiqarildi.

Bugungi kunga qadar "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auktsion savdolarida 301 ta bo'sh turgan davlat mulki ob’ektlari 3343 ta yangi ish o'rinlarini yaratish hamda 157 mlrd. 540 mln. so'm investitsiya kiritish sharti bilan                                   10 mlrd. 661 mln. 301 so'm miqdorga sotildi.

Bugungi kunda "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auktsion savdolarida jami 80 ta bo'sh turgan davlat mulki ob’ektlari 916 ta yangi ish o'rinlarini yaratish hamda 64 mlrd. 635 mln. so'm investitsiya kiritish sharti bilan auktsion savdolarida mavjud.


Tadbirkor va investorlar o'zlariga ma'qul bo'lgan er uchastkalarini hamda bo'sh turgan davlat mulki ob’ektlarini onlayn-auktsion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.  

AUKTsIONDAGI IShTIROKINGIZ YuRT RAVNAQI  HAMDA BIZNESINGIZ TARAQQIYoTIGA ULKAN HISSA QO'ShADI.