29.03.2024, Juma

E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auktsion savdolari davom etmoqda


Joriy yilning 11 oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki ob’ektlarini va er uchastkalariga bo'lgan huquqlarni tadbirkorlik sub’ektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 5552-son Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki ob’ektlari – Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan o'z vakolatlari doirasida aniqlangan ko'chmas mulk ob’ektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda - 1 so'mga teng qiymatdagi boshlang'ich narxda sotilishi belgilandi.

Shuningdek, boshqa ko'chmas mulk ob’ektlari bo'yicha – qayta baholanmasdan, ularni o'tkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga o'tkaziladi va savdoga chiqariladi. 

Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auktsion o'tkazmasdan, investor bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda er uchastkalarini berish va bo'sh turgan davlat ko'chmas mulk ob’ektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tug'ildi. 

Unga ko'ra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki ob’ektlari va er uchastkalariga bo'lgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish bo'yicha eksperiment tartibi belgilandi.

Eksperiment tartibi bilan davlat mulki ob’ektlari va er uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi. 

“Elektron onlayn-auktsion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auktsion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 5000 ta bo'sh er uchastkalari,           1 trl. 707 mlrd. 854 mln. so'm investitsiya kiritish, 26603 ta yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan 90 mlrd. 970 mln. 200 ming so'm miqdordagi mol-mulklar auktsion savdolariga chiqarildi.

 Bugungi kunga qadar "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auktsion savdolarida 2259 ta bo'sh er uchastkalari  645 mlrd. 31 mln. so'm investitsiya kiritish, 8508 dan ortiq yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan 15 mlrd. 226 mln.  800 ming so'mga sotildi.

Hozirda ya’ni 2019 yil 4 yanvar holatiga "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auktsion savdolarida 2741 ta bo'sh er uchastkalari 86 mlrd. 619 mln. 500 ming so'm miqdordagi auktsion savdolariga chiqarildi.

Misol uchun, elektron onlayn-auktsion savdolariga bugungi kunda birgina, Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat raqobat  boshqarmasi tomonidan 21 ta bo'sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang'ich bahosi 1 so'm miqdorida, 140 yangi ish o'rinlarini yaratish hamda 5 mlrd. 500 mln. so'm investitsiya kiritish sharti bilan auktsion savdolariga chiqarildi.

Bugungi kunga qadar "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auktsion savdolarida 287 ta bo'sh turgan davlat mulki ob’ektlari 3022 ta yangi ish o'rinlarini yaratish hamda 135 mlrd. 950 mln. so'm investitsiya kiritish sharti bilan                                   10 mlrd. 728 mln. 287 so'm miqdorga sotildi.

Bugungi kunda "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auktsion savdolarida jami 114 ta bo'sh turgan davlat mulki ob’ektlari 1432 ta yangi ish o'rinlarini yaratish hamda 94 mlrd. 710 mln. so'm investitsiya kiritish sharti bilan auktsion savdolarida mavjud.

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat raqobat  boshqarmasi tomonidan 9 ta bo'sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang'ich bahosi 1 so'm miqdorida, 94 yangi ish o'rinlarini yaratish hamda 2 mlrd. 800 mln. so'm investitsiya kiritish sharti bilan auktsion savdolarida mavjud.

 

Tadbirkor va investorlar o'zlariga ma'qul bo'lgan er uchastkalarini hamda bo'sh turgan davlat mulki ob’ektlarini onlayn-auktsion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud. 

AUKTsIONDAGI IShTIROKINGIZ YuRT RAVNAQI  HAMDA BIZNESINGIZ TARAQQIYoTIGA ULKAN HISSA QO'ShADI