19.03.2024, Tuesday

Terms of use

Ma'lumotdan foydalanish shartlari

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Hukumat portalida (keyinchalik Portal) joylashtirilgan ma'lumotlardan nusxa olish (ommaviy axborot vositalarida u yoki bu ma'lumotlardan yoki xabarlardan tsitata keltirish) ushbu ma'lumotning manbasi ko'rsatilgan holda ruxsat etiladi.

Bevosita Portalda joylashtirilgan ma'lumotlar, agar axborotlar, axborotlashtirish va axborotni saqlash bo'yicha qabul qilingan qonun hujjatlari bilan boshqa shartlar o'rnatilmagan bo'lsa, Qoraqalpog'iston Respublikasining davlat mulki hisoblanadi. Ko'rsatib o'tilgan ma'lumotlar ochiq holda berilishi mumkin bo'lgan ma'lumotlar turiga kirib, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq himoya qilinadi. Shu bilan birga, ko'rsatib o'tilgan ma'lumotlarni tijorat maqsadida foydalaniladigan ob’ekt sifatida qarash mumkin emas.

Portaldan tashqaridagi axborot resurslarining giperhavolalariga o'tilganda, internet-foydalanuvchi Portaldan chiqib ketadi. Portal, tashqi axborot resurslarida joylashtirilgan ma'lumotlarning haqqoniyligi va dolzarbligiga, ularning tarkibidagi ma'lumotlarni yangilash davriyligiga javob bermaydi.
O'zlarining axborot resurslarida Portalga (shu jumladan, katalog elementlari, bo'limlar, grafik bannerlar va b.) o'tadigan giperhavolani joylashtirish istagida bo'lgan jismoniy va yuridik shaxslar, majburiy ravishda O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi UZINFOCOM Markazining Qoraqalpog'iston Respublikasining Hukumat portalini axborot bilan ta'minlash va rivojlantirish guruhining roziligini olishlari lozim.

O'zlarining axborot resurslarida Portalga o'tadigan giperhavolani joylashtirgan axborot resurslarining egalari:

Hukumat portaliga o'tadigan giperhavola berish bilan bog'liq nohaqqoniy ma'lumotlarni berishlari;
Portalga o'tadigan giperhavola berilgan resurslarida Portalning maqsadi va ish faoliyati tamoyillariga mos kelmaydigan ma'lumotlarni joylashtirishlari mumkin emas.

Portalda joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish yoki ushbu xabarnomaning shartlari bilan bog'liq savollaringizni Qoraqalpog'iston Respublikasining Hukumat portalini axborot bilan ta'minlash va rivojlantirish guruhiga yuborishingiz mumkin.



Telefon: +99861-222-92-72, 
E-mail: pressa.rk@exat.uz